• Tayanch iboralar
  • III-bob bo‘yicha umumiy xulosalar




    Download 8,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/106
    Sana28.05.2024
    Hajmi8,92 Mb.
    #256153
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106
    III-bob bo‘yicha umumiy xulosalar 
    Hozirgi zamonaviy fan-texnika sohasi va ishlab chiqarish sanoatida
    qo‘llaniladigan o‘lchash asboblarining ko‘plab turlari mavjud. O‘lchash asboblari 
    o‘lchash ma’lumoti signalini kuzatuvchi, ya’ni o‘lchashlarni amalga oshirayotgan 
    shaxs – operator tushunadigan va bevosita o‘qiy oladigan tarzda hosil qilib 
    beradigan o‘lchash vositalaridir. O‘lchash asboblari qo‘llanilish sohasi, vazifasi, 
    tuzilishi, ishlash prinsipi, o‘lchash ma’lumoti signalini qayd etish usuli va boshqa 
    xususiyatlariga qarab guruhlarga va turlarga ajratiladi. Biz ushbu bobda o‘lchash 
    asboblarining turlari va ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, qo‘llanilish sohasi, 
    aniqlik klasslari haqida ma’lumotlarni berib o‘tishga harakat qildik. 
    Ushbu bobda turli fizik kattaliklarni, jumladan, uzunlik, massa, temperatura, 
    bosim, elektr kattaliklarni va boshqa kattaliklarni o‘lchash uchun qo‘llaniladigan 
    turli o‘lchash asboblari haqida qisqacha tushunchalar berib o‘tilgan.
    Tayanch iboralar: 
    O‘lchash vositalarning aniqlik klassi, universal o‘lchash 
    vositalari, shtangenasboblar, shtangensirkul, shtangenchuqurlik o‘lchagichlar, 
    shtangenreysmas, mikrometr, mikrometrik chuqurlik o‘lchagichi, pishangli 
    (richagli) mikrometr, sanash qurilmali skobalar, raqamli elktron mikrometr, o‘lchash 
    kallaklari, pishang-tishli indikatorlar, ko‘p aylanishli kallaklar, prujinali o‘lchash 
    kallaklari, mikrokator, optikator, mikator, minikator, ich o‘lchagich, milli sanash 
    kallakli ich o‘lchagichi, soqqali ich o‘lchagichlari, optik-mexanikaviy o‘lchash 
    vositalari, optimetr, universal o‘lchash mikroskoplari, tarozi, mexanik tarozilar,
    laboratoriya tarozilari, texnologik tarozilar, termometr, pirometr, kengayish 
    termometrlari, manometrik termometrlar, termoelektr termometrlar, qarshilik 
    termometrlari, nurlanish termometrlari, bimetall termometrlar, dilatometrik 
    termometrlar, elektron termometrlar, temperatura signalizatorlari, manometr, 


    224 
    barometr, 
    vakuummetr, 
    manovakuummetr, 
    naporometr, 
    tyagometr, 
    tyagonaporometr, differensial manometr, deformatsion manometrlar, elektr 
    manometrlar, 
    sig‘imli 
    manometr, qarshilik manometrlari, pezoelektrik 
    manometrlar, bosim signalizatorlari, sarf o‘lchagichlar, sath o‘lchagichlar, sath 
    signalizatori, analizator, zichlik o‘lchagichlar, kapillyar viskozimetrlar, psixrometr,
    o‘lchash mashinasi, elektromexanik analog o‘lchash asboblari, magnitoelektrik 
    o‘lchash asboblari, elektromagnit o‘lchash asboblari, elektrostarik o‘lchash 
    asboblari, elektrodinamik o‘lchash asboblari, ferrodinamik o‘lchash asboblari,
    induksion o‘lchash asboblari. 

    Download 8,92 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   106




    Download 8,92 Mb.
    Pdf ko'rish