229
O‘lchash o‘zgartkichi
- o‘lchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartish, ishlov
berish va saqlash uchun qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi
mumkin bo‘lmaydigan shakldagi signalni ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi.
Parametrik o‘zgartkichlar -
kirish va chiqish kattaliklari turlicha bo‘ladigan
o‘lchash o‘zgartkichlari. Masalan, temperaturaning turmoelektrik o‘zgartkichi
(termopara).
Masshtabli o‘lchash o‘zgartkichi
- kattalikni berilgan marta o‘lchash uchun
mo‘ljallangan o‘zgartkich.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi
- o‘lchash o‘zgartkichi ishining birinchi
bosqichi bo‘lib, unda o‘lchanayotgan fizik kattalik qiymati boshqa fizik kattalik
qiymatiga o‘zgartiriladi, masalan, deformatsion manometrning naysimon prujinasi.
Birlamchi o‘lchash o‘zgartkichi yordamida o‘lchanadigan kattalik yoki
o‘zgartiriladigan fizik kattalik boshqa o‘zgartkichga yoki o‘lchash asbobiga
uzatilishi mumkin.