Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/106
Sana28.05.2024
Hajmi8,92 Mb.
#256153
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106
O‘lchash vositalarning aniqlik klassi
– o‘lchash vositalarining 
umumlashtirilgan tavsifi bo‘lib, ularning odatda, asosiy va qo‘shimcha joiz 
xatoliklarning chegaralari, shuningdek aniqlikka ta’sir etuvchi boshqa tavsiflar 
bilan ifodalanadigan aniqlik darajasini aks ettiradi. 
Shtangenasboblar
- o‘lchash va belgi qo‘yish uchun mo‘ljallangan 
asboblarning katta guruhidir. Bu asboblarni boshqa asboblardan farqlovchi 
xususiyati shuki, bularda har bir 1 mm da bo‘linmalari bor shkalali lineyka 
(shtanga) qo‘llanadi, millimetrini o‘nli va yuzli qismlari esa asosiy shkaladan 
yordamchi (qo‘shimcha) - nonius shkalasi yordamida o‘qiladi. 
Shtangensirkul
- qo‘zg‘almas va harakatlanuvchi o‘lchash jag‘lar bilan 
jihozlangan, har bir millimetrda shkala chizig‘i bor metall lineykaga va nonius 
shkalasiga ega bo‘lgan, geometrik o‘lchamlarni o‘lchashga mo‘ljallangan o‘lchash 
asbobi. 
Shtangenchuqurlik o‘lchagichlar – 
shtangenasboblarning bir turi bo‘lib, 
mashinasozlikda ba boshqa sohalarda ishlatiladigan detallar va turli buyumlarda 
mavjud chuqurliklarni o‘lchashga mo‘ljallangan o‘lchash asbobi. 
Shtangenreysmas

konstruksiyasi asboblar va belgi qo‘yiluvchi 
(o‘lchanuvchi) detallar o‘rnatilgan yassi yuzadan o‘lchash va belgi qo‘yish uchun 
moslashtirilgan shtangenasbob. 
Mikrometr
- ikki nuqtali o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan, nuqtalardan biri 
rezbali juftlik (murvat va gayka) yordamida siljiydigan, korpusi skoba shaklidagi 
o‘lchash vositasidir. 
Pishangli (richagli) mikrometr
- korpusi skoba shaklida, ikkita nuqtali 
o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan va bitta nuqtasi rezbali juftligi yordami bilan, 
ikkinchisi esa milli sanash qurilmasi orqali joriy etiluvchi mikrometrik o‘lchash 
vositasidir. 


232 
Sanash qurilmali skoba
- bu ikki nuqtali o‘lchash sxemasiga ega bo‘lgan 
skoba shaklidagi va bitta nuqtasining siljishi strelkali sanash qurilmasi orqali joriy 
etiluvchi o‘lchash vositasidir. 
Raqamli elktron mikrometr – 
konstruksiyasida raqamli qayd etish qurilmasi 
mavjud bo‘lgan mikrometr. 
O‘lchash kallaklari
- siljishlar o‘qib olinadigan shkalali, o‘lchash 
uchligining kichik siljishlarini milning katta siljishlariga aylantiruvchi mexanik 
sanash qurilmalaridir. 
Pishang-tishli indikatorlar
- uzatish mexanizmi bir yoki ikki tishli 
juffliklardan tarkib topgan, buning ustiga o‘lchash uchligi bevosita pishangli 
uzatmaning kichik yelkasida (birinchi yelkasida) joylashgan o‘lchash kallaklari.
Prujinali o‘lchash kallaklari
- uzatish mexanizmi sifatida yassi yoki 
buralgan prujina va uning elastikligidan foydalanuvchi asboblardir. Prujinali 
kallaklarda qalinligi 0,004 - 0,008 mm, eni 0,08 - 0,12 mm bo‘lgan bronza 
tasmachalar qo‘llanadi. U ikki uchi qo‘zg‘almas holda bo‘lib, o‘rtasidan eshiladi. 
O‘rta eshilgan qismiga shisha mil kavsharlanadi. 
Optikator
- uzatish mexanizmi buralgan tasma shaklida, ko‘rsatkichi esa 
shu’la fonida ingichka chiziq shaklida bajarilgan prujinali o‘lchash kallagidir. 
Mikator
- uzatuvchi mexanizmi buralgan tasma shaklida bajarilgan, 
qo‘shiluvchi silindri esa 8 mm ga teng (mikrokator va optikatorlarda 28 mm) 
bo‘lgan prujinali o‘lchash kallagidir. 
Minikator
- uzatuvchi mexanizmi buralgan tasma shaklida bajarilgan, 
uzatish esa tasmaning bir uchidagi pishang yordamida amalga oshirilgan prujinali 
o‘lchash kallagidir. 
Soqqali ich o‘lchagichlari
- o‘lchovchi uzeli o‘ziga xos sxemaga ega bo‘lib,
bu ich o‘lchagichlarida ponali uzatma prinsipi qo‘llanadi. 

Download 8,92 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish