Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/106
Sana28.05.2024
Hajmi8,92 Mb.
#256153
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bimetall termometrlar
- ishlash prinsipi turli kengayish koeffitsiyentlariga ega 
bо‘lgan (bimetall) metallardan tayyorlangan ikki plastinalarning temperatura 
о‘zgarishiga bog‘liq tarzda bukilishiga asoslangan termometrlar. 
Qarshilik termometri
- tarkibiga elektr qarshilikni temperaturaga bog‘liqligi 
asosida ishlovchi termoо‘zgartirgich va о‘lchanayotgan qarshilikdan kelib chiqqan 
holda 
temperaturaning 
qiymatini 
kо‘rsatuvchi 
ikkilamchi 
asboblarni 
mujassamlashtirgan temperatura о‘lchash komplekti. 
Texnologik signalizatorlar
- nazorat qilinadigan parametrlarni belgilangan 
qiymatdan og‘ishini bildiruvchi (signal beruvchi) va pozitsiyali rostlash (ulash, 
uzish) ga mo`ljallagan avtomatik elementlar. Signalizatorlarni o`lchash 
asboblaridan farqi ko`rsatish shkalalarini bo`lmasligi va ularning o`rniga kontaktlar 
o`rnatilishi bilan izohlanadi. Signalizatorlarda ishga tushish diapazonini rostlash 
mexanizmlari bo`lib, ular ishlash diapazonini o`zgartirish imkonini beradi. 
Simobli signalizatorlar - 
tuzilishi bo`yicha simobli termometrlarga 
o`xshaydigan, kapillyariga elektrik kontaklar kavsharlangan asbob. Bunda 


235 
temperatura oshsa simob kontaklar bilan ulanadi. TK tipidagi simobli 
signalizatorlar -5
o
C dan to +300
o
C gacha bo`lgan oraliqdagi temperaturani nazorat 
qilish uchun qo`llaniladi. 
Manometrik signalizatorlar
- suyuqlik va gazlarni temperaturasini nazorat 
qilish uchun qo`llaniladigan asboblar. 
Bimetall signalizatorlar
- modifikatsiyasiga bog‘liq holda –30 
o
С dan to 
+250 ˚С gacha bo`lgan oraliqlarda ishlaydigan, temperaturaga bog‘liq holda har xil 
chiziqli kengayish koeffisiyentiga ega bo`lgan ikkita metall qotishmasi (bimetall) 
dan iborat sezgir elementga ega bo‘lgan asbob. 
Dilatometrik signalizatorlar
- suyuqliklar temperaturaini o`lchashda hamda 
temperaturani ma`lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va 
signalizatsiyada qo`llaniladigan asbob.
Termistorli signalizatorlar 
-
 
temperaturani –30 
o
C dan to +100 
o
C gacha 
bo`lgan oraliqda rostlash uchun foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda datchik 
sifatida termoqarshiliklar – termistorlar qo`llaniladi. 
Manometr
– mutloq (absolyut) va ortiqcha bosimni o‘lchaydigan o‘lchash 
asbobi. 
Barometr
– atmosfera bosimini o‘lchaydigan o‘lchash asbobi. 
Vakuummetr
– berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini 
o‘lchaydigan o‘lchash asbobi.
Manovakuummetr
– ortiqcha bosim va bosim siyraklanishini o‘lchaydigan 
o‘lchash asbobi. 
Naporometr
– kichik qiymatli (50 m suv ust. dan katta bo‘lmagan) ortiqcha 
bosimni o‘lchaydigan o‘lchash asbobi. 
Tyagometr
– kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydigan o‘lchash asbobi. 
Tyagonaporometr
- kichik qiymatli bosim va siyraklanishni o‘lchaydigan 
o‘lchash asbobi. 
Differensial manometr 
– ikki bosim ayirmasini (bosim farqini) o‘lchaydigan 
o‘lchash asbobi. 


236 
Bosim signalizatorlari
- boshqarish obyektlarini yuqori bosimdan himoyalash, 
ortiqcha bosimni “chiqarib yuborish” yoki texnologik jarayonni to‘xtatishga 
mo‘ljallangan signalizatorlar. 
Sarf o‘lchagichlar
– suyuqliklar va gazlar sarfni o‘lchash uchun ishlatiladigan 
o‘lchash asboblari. 
Sath
- texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jism 
bilan to‘ldirish balandligi. 
Sath o‘lchagichlari
- sathni o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari. 
Sath signalizatori
- releli sath o‘lchagichlar bo‘lib, moddaning sathi ma’lum 
balandlikka yetganda ishlay boshlaydi, ular signalizatsiya maqsadida ishlatiladi. 
Analizatorlar
- moddalarning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari haqidagi 
o‘lchov axborotini olish uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari. 
Qovushoqlik
- suyuqliklarning sirpanish yoki siljishga qarshilik ko‘rsatish 
xususiyati. 
Psixrometr
– havoning namligini o‘lchash uchun mo‘ljallangan, o‘lchash 
prinsipi suv bug‘ining elastikligi hamda quruq va nam termometrlarning 
ko‘rsatishlari o‘rtasidagi bog‘lanishga asoslangan o‘lchash asbobi. 
O‘lchash mashinasi
– bu buyumni tavsiflovchi, kattaliklarni aniq o‘lchashga 
mo‘ljallangan yirik o‘lchamli o‘lchash uskunasidir. 
Elektromexanik analog o‘lchash asboblari
 -
o‘lchanayotgan fizik kattalikning 
uzluksiz funksiyasi bo‘lgan kuzatuvchi uchun qulay shakldagi informatsion 
o‘lchash signalini hosil qiluvchi elktr o‘lchash vositalari. 
O‘lchash xatoligi
– o‘lchash natijasining chinakam (haqiqiy) qiymatdan 
chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni. 
Absolyut xatolik
– bu o‘lchanayotgan kattalikning o‘lchash asbobi yordamida 
o‘lchangan qiymati bilan shu kattalikning haqiqiy qiymati orasidagi algebraik farq. 
Tuzatma
- absolyut xatolikni teskari ishora bilan olingan qiymati. 
Keltirilgan xatolik
– absolyut xatolikning asbobning eng yuqori o‘lchash 
chegarasi qiymatiga nisbati orqali aniqlanadigan va nisbiy xatolikka teng kattalik. 
Nisbiy xatolik
– absolyut xatolikni o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy 
qiymatiga nisbatini bildiradigan va foizlarda ifodalanadigan xatolik. 


237 
Statik xatoliklar
– vaqt mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq 
bo‘lmagan xatoliklar. 
Dinamik xatoliklar
– o‘lchanayotgan kattalikning vaqt mobaynida 
o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan xatoliklar. 
Asosiy xatolik 
- normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarida 
hosil bo‘ladigan xatolik. 
Qo‘shimcha xatolik
– o‘lchash asbobi normal (graduirovka) sharoitdan farqli 
bo‘lgan tashqi sharoitda ishlatilganda hosil bo‘ladigan xatolik. 
 
Additiv xatolik
- o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq 
bo‘lmagan o‘lchash vositasining xatoligi.
Multiplikativ
xatolik 
- o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishiga mutanosib 
ravishda o‘zgaradigan xatolik.
Muntazam xatolik
- umumiy xatolikning takroriy o‘lchashlar mobaynida 
muayyan qonuniyat asosida hosil bo‘ladigan, saqlanadigan yoki o‘zgaradigan 
tashkil etuvchisi. 
Uslubiy xatolik
- o‘lchash usulining nazariy jihatdan aniq assolanmaganligi 
natijasida kelib chiqadigan xatolik. 
Asbobiy xatolik
- o‘lchash vositalarining konstruktiv kamchiliklari tufayli 
kelib chiqadigan xatolik. 
 
Sub’ektiv xatolik
– kuzatuvchining aybi bilan chiqadigan xatolik. 
O‘lchashlar noaniqligi
– o‘lchash natijalari bilan bog‘liq bo‘lgan va 
o‘lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan 
qiymatlar tarqoqligini (sochilishini) tavsiflovchi parametr. 
Standart noaniqlik
– standart og‘ish sifatida ifoda etilgan o‘lchash 
natijasining noaniqligi. 
To‘liq noaniqlik
– chegarasida o‘lchanayotgan kattalikka yetarli asos bilan 
qo‘shib yozilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar taqsimotining katta qismi joylashgan 
o‘lchash natijasi atrofidagi oraliqni aniqlovchi kattalik. 
Kattalik bahosining standart noaniqligi

Download 8,92 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8,92 Mb.
Pdf ko'rish