Elektr-pnevmatik va pnevmo-elektro‘zgartkichlar




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/100
Sana15.05.2023
Hajmi8.92 Mb.
#60022
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Bog'liq
texnologik o\'lchashlar va asboblar
Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish, СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ БИОЛОГИИ, Mavzu Jahonning rivojlangan mamlakatlarida tarbiyaviy jarayonla, maktabgacha-yoshdagi-bolalarning-oiladagi-shaxslararo-munosabatlarini-o-rganish, Toshkent farmatsevtika instituti
Elektr-pnevmatik va pnevmo-elektro‘zgartkichlar. Avtomatik nazorat
sozlash va boshqarishning kombinatsiyalangan elektr-pnevmatik tizimlarni 
yaratishda elektr va pnevmatik chiqish signallariga ega bo‘lgan asboblar 
qo‘llaniladi. O‘lchash tizimining elektr va pnevmatik shoxobchalarini 
moslashtirish uchun elektr-pnevmatik va pnevmo-elektr o‘zgartkichlar chiqariladi. 
Elektr-pnevmatik o‘zgartkich 0-5 mA o‘zgarmas tokning uzluksiz elektr 
signalini bir xillashtirilgan 20-100 kPa qiymatidagi pnevmatik signalga 
o‘zgartirishga mo‘ljallangan. EPP turidagi elektr-pnevmatik o‘zgartkichning 
prinsipial sxemasi 32-rasmda tasvirlangan. O‘zgartkich ishi kuch kompensatsiyasi 
prinsipiga asoslangan. O‘zgartkichdan nazorat va sozlash tizimlarida elektr analog 
asboblar bilan pnevmatik asboblar hamda tizimlar orasida bog‘lanish o‘rnatishda 
foydalaniladi. 
32-rasm. Elektr-pnevmatik o‘zgartkichning o‘zgartkichning prinsipial sxemasi.


69 
Asbob 
vazifasi 
turlicha 
ikki 
blok: 
elektr-mexanik 
o‘zgartkich 
(magnitoelektrik mexanizm va richaglar tizim majmuasi) va pnevmatik kuchay-
tirgichdan tuzilgan.
Elektr kirish signali (I =0-5mA) elektromagnit 5 ning g‘altaklari 6 ga 
beriladi. Bunda magnit o‘tkazgichida yakor ning siljishiga olib keladigan magnit 
oqimi paydo bo‘ladi. Yakordagi kuch tok miqdoriga to‘g‘ri mutanosib. Shu kuch 
ta’sirida richag ning siljishi soplo aloqasida bosim o‘zgarishiga olib keladi. Bu 
bosim pnevmatik kuchaytirgich 7 bilan kuchaytiriladi va pnevmoaloqalar bo‘ylab 
o‘zgartkich chiqishiga va teskari aloqa silfoni 3 ga beriladi. Chiqish bosimi 
ta’sirida silfonda paydo bo‘ladigan kuch yakorda kirish signalidan hosil bo‘lgan 
kuch bilan kuch richagi orqali muvo-zanatlashtiriladi. Aniqlik sinfi 0,5; 1,0. 
Pnevmo-elektr o‘zgartkich 20-100 kPa qiymatdagi uzluksiz pnevmatik 
signalni 0-5 mA o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan elektr signaliga o‘zgartirish 
uchun mo‘ljallangan. 
Uzluksiz kirish va chiqish signallari uchun pnevmo-elektr o‘zgartkichlar 
ham, to‘g‘ri ta’sir etuvchi o‘zgartkich ham qo‘shimcha energiya manbayidan 
foydalanadigan kompensatsion turdagi o‘zgartkich tarzida chiqarilishi mumkin. 

Download 8.92 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr-pnevmatik va pnevmo-elektro‘zgartkichlar

Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish