Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/100
Sana15.05.2023
Hajmi8.92 Mb.
#60022
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100
Bog'liq
texnologik o\'lchashlar va asboblar
Kirish3., Elektron tijorat platformasi, Toshaliyeva S 1057-1061, UML qisqartmasi U, Ne\'matjonov Javlonbek tashkil etish
Pnevmtik o‘gartkichlar. O‘lchanayotgan kattalikni pnevmatik chiqish 
signaliga o‘zgartirish va ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun qo‘llaniladigan 
pnevmatik o‘zgartkichlar ichida kuch kompensatsiyali va siljish kompensatsiyali 
o‘zgartkichlar yong‘in va portlash xavfi bor korxonalarda keng ishlatiladi. 
 
Kuch kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkichlar o‘lchash blokidan sezgir 
elementining kuchini 20-100 kPa (0,2-1 kgk/sm
2
) qiymatda bir xillashtirilgan 
pnevmatik chiqish signalni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. 
Pnevmatik kuch o‘zgartkichlarining ishlash prinsipi pnevmatik kuch 
kompensatsiyasidan foydalanishga asoslangan. 
Kuch kompensatsiyasiga ega pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi 
30-rasmda ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan parametr o‘lchash blokining sezgir 
elementiga ta’sir ko‘rsatadi va F mutanosib kuchga aylanadi. F kuch ta’sir 
qilayotgan richag 1 orqali to‘siq 2 soplo 3 ga nisbatan siljiydi. Soplo
1
va to‘siq 
orasidagi tirqishning o‘zgarishi natijasida o‘zgarmas kesimli drossel
2
7 orqali 
keladigan havo bosimi o‘zgaradi. Shu bilan birga, kuchaytirish pnevmorelesining 
kamerasidagi bosim ta’sirida membranalar va ning egilishi natijasida kirish 10 
1
Soplo – konus naycha (masalan, havo chiqadigan soplo – konus nay). 
2
Drossel – yonilg‘i, gaz, bug‘ o‘tishini tartibga solib turuvchi klapan.


66 
va chiqish 11 soqqali klapanlarning holati o‘zgaradi. Natijada b va с kameralarda 
bosim o‘zgaradi. To‘siq 2 silfon 4 ta’sirida soploga nisbatan shunday holatni 
egallaydiki, silfondagi kuch o‘lchash blokining F kuchiga tenglashib, b va с 
kameralardagi bosim shunga qarab o‘zgaradi. O‘zgartkich berilgan o‘lchash 
chegarasiga silfonni richag 5 bo‘ylab siljitish orqali sozlanadi. O‘zgartkichning 
chiqish signali 20 kPa (0,2 kGk/sm
2
) – boshlang‘ich bosim nol korrektorning 
prujinasi 6 yordamida o‘rnatiladi. O‘zgartkich chang, nam va yog‘dan tozalangan 
havo bilan ta’minlanadi. Havoning nominal bosimi 140±14 kPa. Chiqish signalini 
300 metr masofaga uzatish mumkin. O‘zgartkichning aniqlik sinfi 1,0. 
30-rasm. Kuchkompensatsiyali pnematik o‘zgartkich sxemasi. 
Siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar o‘lchash bloki sezgir elementining 
siljishini 20-100 kPa qiymatda pnevmatik chiqish signaliga o‘zgartirish uchun 
mo‘ljallangan. 
31-rasmda siljish kompensatsiyali sxema bo‘yicha ishlaydigan pnevmatik 
o‘zgartkichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Ta’minlovchi havo bosimi hamda 
o‘zgartkich chiqishidagi havo bosimi M
1
va M
2
 
manometrlar orqali nazorat 
qilinadi. Birlamchi rele tarkibiga o‘zgarmas kesimli drossel 7, soplo va o‘lchash 
bloki ning sezgir elementi bilan bog‘langan to‘siq kiradi. Kuchaytirgich ikkita 
ketma-ket ulangan drossel va silfon turidagi yuritmadan iborat. Drossel tizimi 


67 
soplo 9 va 11 larni o‘z ichiga oladi. Birinchi soplodan P
0
bosimli siqilgan havo 
kuchaytirgichga keladi, ikkinchi soplo orqali esa havo kuchaytirgichdan 
atmosferaga chiqadi. Soplolarning teshiklari orasida likobchasimon klapan 
mavjud. Uning holatiga ikkala drossel havo oqimlari kesimlarining yuzi, binobarin, 
drossel qarshiliklari ham bog‘liq. Kuchaytirgich yuritmasi kamera 5 ichiga 
joylashgan, bir-biriga nisbatan konsentrik o‘rnatilgan silfonlar 6 va 8 dan iborat. 
Likobchasimon klapan silfonlarning harakatchan tagi bilan shtok 13 orqali, 
kuchaytirgich esa birlamchi rele va ikkilamchi asbob bilan naychalar va 15 orqali 
bog‘langan. Silfon yuritmasiga P
1
va P
2
bosimlardan o‘zaro muvozanatlashgan 
ikkita kuch ta'sir qiladi. 
31-rasm. Siljish kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkich sxemasi.
To‘siqning siljishi birlamchi asbob sezgir elementining holatiga yoki 
tekshirilayotgan parametr qiymatiga bog‘liq. To‘siq soploni bekitganda silfonga 
ta’sir qiladigan P
1
bosim ko‘payadi, silfonlar siqiladi, likobchasimon klapan 10 
soplo teshigini ochib, soplo teshigi 11 ni bekitadi; P
2
 bosim oshadi va soplo 11 
batamom bekilganda, P
2
bosim o‘zining maksimal qiymatiga erishadi. To‘siq 
soplodan chetlashganida teskari hodisa yuz beradi, ya’ni soplo 9 teshigi bekilib, 
soplo 11 teshigi ochiladi. Havoning atmosferaga chiqishidagi qarshilik kamayadi, 


68 
shuning uchun P
2
bosim pasayadi va u soplo 11 ning to‘liq ochilishida nolga 
tenglashadi. 
Havo bosimining va o‘lchanayotgan parametrning o‘zgarishi quyidagicha 
bo‘ladi. P
2
bosim oshganda, silfon 17 siqiladi va shtok 14 orqali to‘siqni soplo
dan chetga suradi hamda soploning batamom bekilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Pnevmatik tizimlardagi ikkilamchi asbob sifatida har qanday bosim o‘lchagichlar 
ishlatilishi mumkin. 

Download 8.92 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   100




Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarining barchasida bugungi kunda texnologik jarayonlarning

Download 8.92 Mb.
Pdf ko'rish