|
Sanoat oqova suvlarini og'ir metallardan tozalash usullari xolboyeva Muyassar Boboyorovna, Abduvaliyeva Muqaddam JumanazarovnaBog'liq Xolboyeva Muyassar 128-132 JUSRSanoat oqova suvlari manbalari
Og’ir metallardan o'z ichiga olgan metallurgiya, kimyo, farmatsevtika va boshqa
sanoat korxonalari oqova suvlari tozalashning eng asosiy ob’ekti hisoblanadi. Metall
sirtini qoplash va tozalash jarayonlari turli xil og'ir metallar (kadmiy, rux, qo'rg'oshin,
xrom, nikel, mis, vanadiy, platina, kumush va titan) katta miqdordagi oqova suvlarni
ifloslaydi. Bularga elektroqoplama, metall yotqizish, ruxlash, anodlash, frezalash va
qirqish kabi jarayonlar ham kiradi. Qalay, qo'rg'oshin va nikel metall listlari eng ko'p
ishlatiladigan chidamli qoplamalardir. Metall chiqindilarining boshqa manbalariga
quyidagilar kiradi; xromlangan mis-mishyakli yog'ochni qayta ishlash sanoati; xrom
birikmalari va kadmiy sulfidini o'z ichiga olgan bo’yoq pigmentlarni ishlab chiqarish;
nikel, vanadiy va xrom bilan ifloslangan katalizatorlarni hosil qiluvchi neftni qayta
ishlash; kumush va ferrosiyanidning yuqori konsentratsiyasi bo'lgan plyonkalarni
ishlab chiqarish va hokazo [4].
Oqova suvlarni tozalashning an’anaviy usullari
Oqova suvlarni og’ir metallardan tozalashning an'anaviy usullari biologik,
kimyoviy, flotatsiya, adsorbsiya, ion almashinuvi va elektrokimyoviy cho'kma
usullarni o'z ichiga oladi. Kimyoviy usul noorganik oqova suvlarni og’ir metallardan
tozalash uchun eng ko'p qo'llaniladi. Kimyoviy usul bilan oqova suvlarni og’ir
metallardan tozalashning mexanizmi quyidagi tenglamada keltirilgan:
M
2+
+2(OH
-
)↔M(OH)
2
↓
Bu erda M
2+
va OH
-
mos ravishda erigan metall ionlari va cho'kmani ifodalaydi,
M (OH)
2
esa erimaydigan metall gidroksiddir. pH ni (9-11) oraliqda ushlash oqrali
kimyoviy usul bilan og’ir metallardan tozalashni sezilarli darajada yaxshilaydigan
asosiy usuldir (1-rasm).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Sanoat oqova suvlarini og'ir metallardan tozalash usullari xolboyeva Muyassar Boboyorovna, Abduvaliyeva Muqaddam Jumanazarovna
|