|
Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi Pdf ko'rish
|
bet | 155/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya Tushuntirish matni
SIRTGA MO‟LJALLANGAN TOMCHILAR.
(GUTTAE AD USUM EXTERNUM)
Tomchilar, asosan, ko‗z, burun va quloq kasalliklarida ishlatiladi. Kam hollarda tish
og’rig’ini qoldiradigan retseptlar ham uchraydi. quloq va burun tomchilarini tayyorlashda
erituvchi sifatida suv, etanol, glitserin va moy qo‗llaniladi.
Rp.: Solutionis Dicaini 0,25 %—10 ml
Solutionis Adrenalini hydrochloridi 1:1000 gtt XX
M.D.S. 5 tomchidan kuniga 2 mahal burun- ning ikki tomoniga
Dikainning eruvchanligi 1:10. Avval 10 % dikain eritmasi tayyorlanadi, so‗ngra unga 20
tomchi adrenalin gidroxlorid eritmasi qo‗shiladi. Bu tayyor dori turida «Zaharli» ro‗yxatidagi
modda (dikain) bo‗lganligi uchun muhrlanadi. Shishachaga «Ehtiyotlik bilan ishlatilsin»
yorlig‗i yopish tiriladi. Signatura yoziladi.
Rp.: Solutionis Collargoli 1%-15 ml
D.S. 2 tomchidan kuniga 3 mahal burunga
Kolloid eritmaga misol. Tayyorlanishi retseptda izohlangan. Ker ak bo’lganda suziladi.
Rp.: Streptocidi solubilis 0,5
Spiritus aethylici
Solutionis Hydrogeni peroxydi aa 7,5 ml
M.D.S. 2 tomchidan kuniga 3 mahal chap quloqqa
Streptotsid 90 % li etanolda eritiladi, kerak bo‗lsa bir bo‗lak paxtada suziladi, paxta etanolda
namlangan bo‗lishi kerak, so‗ngra 3 % vodorod peroksid qo‗shiladi
45
.
Rp.: Natrii hydrocarbonatis 0,4
Glycerini 10,0
M.D.S. 3 tomchidan kuniga 2 mahal o‗ng quloqqa
Natriy gidrokarbonatning glitserindagi eruvchanligi 1:25. Natriy gidrokarbonatni to‗li -
eritish uchun hovonchada uni glitserin bilan ezg‗ilanadi. Suzilmaydi.
Rp.: Phenoli puri 0,5
Glycerini 10,0
M.D.S. 5 tomchidan kuniga 3 mahal iliq holda chap quloqqa
Kristall fenolni bemorga beriladigan shishacha glitserin bilan solib, qizdirilgan holda eritiladi
(issiq suvli idishga solinadi). Yaxshi eriydi. Suzilmaydi. Fenol ishlatishda ehtiyotkorlik talab
qilinadi.
Rp.:Mentholi 0,05
Phenylii salicylatis 0,25
Solutionis Adrenalini hydrochloridi 1:1000 gtt XX
Olei Vaselini 10,0
Mentholi 0,05
M.D.S. Burun tomchisi
Mentol va fenilsalitsilat iliq moyda (40—50°C) birin- ketin eritiladi. So‗ngra adrenalin
gidroxlorid eritmasi qo‗shiladi. Suzilmaydigan mayin suspenziya hosil bo‗ladi
Rp.: Chlorali hydrati
Camphorae aa 3,0
Mentholi 0,3
M.D.S. Tish tomchisi
Bu retsept tish tomchisi sifatida keng qo‗llaniladi. Uni shishacha komponentlarni bir - birida
qizdirib, aralashtirish yo‗li bilan olinadi (shishacha issiq suvga solinadi). Bu dori turi evtetik
aralashma hisoblanadi.
|
| |