Yordamchi idishga 70
ml tozalangan suv olib, ustiga 3,0 ml (1:10)
natriy benzoatning
eritmasidan qo‘shamiz. Havonchada 0,5 kalsiy karbonat quruq holda, keyin 0,5ml tayyor eritma
bilanquyuq massa hosil bo‘lguncha qiynab eziladi. Mayda tepa
qismini beriladigan idishga
quyiladi va shu
jarayon bir necha takrorlanib, modda to‘liq o‘tgunga
qadar qaytariladi, so‘ng
ustiga 5
ml Qand sharbati quyamiz, jihozlanadi va bemorga beriladi. Retseptda xatolik bormi?
Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
1.Dispers sistemalar sifatida suspenziyalarning uziga xosligi nimalardan iborat?
2.Qanday hollarda suspenziyalar hosil bo‘lishi mumkin?
3.Suspenziyalar qanday xossaga ega?
4.Suspenziyalar tayyorlashning qanday usullari mavjud? Ular bir- biridan qanday farqlanadi?
5.Gidrofil bukmaydigan moddalardan suspenziyalar qanday tayyorlanadi?
6. Gidrofil bukuvchi moddalardan suspenziyalar qanday tayyorlanadi?
7.Zaharli va kuchli ta‘sir etuvchi moddalardan suspenziya tayyorlash qoidasini ayting?
8.Suspenziyalar qanday beriladi va jihozlanadi?