• Texnologiyasi
  • Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet171/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash. gidrofob moddalar:
    kuchli gidrofob xossasiga ega
    kuchsiz gidrofob xossasiga ega moddalardir.
    Gidrofob moddalardan turg‘un suspenziyalar tayyorlash uchun ularga stabilizator 
    qo‘shish kerak. Stabilizatorning turi va miqdori stabillanayotgan dorivor moddaning xususiyati 
    va gidrofoblik darajasiga bog‘liqdir. Gidrofil moddalar kuchsiz gidrofob xususiyatli 
    (terpengidrat, fenilsalitsilat, streptotsid, norsulfazol, sulfodimezin, sulfodimetoksin) va kuchli 
    gidrofob xususiyatli (kamfora, mentol, timol, sera) bo‘ladi. Suspenziyalarni tayyorlashda 
    zarrachalarning yiriklashishi – agregatsiya xolatini -aytarish hamda uning bar-arorligini 
    oshirish maqsadida stabilizatorlar qo‘shiladi. Bunda gidrofil kolloid xosil -iluvchi jelatoza, 
    elimlar, shilimshiq, 1%li MS, natriy KMS va shunga o‘xshash moddalar -o‘llaniladi. Bular 
    odatda gidrofob moddalarning yarmi yoki barobar miqdorda olinadi. Kamfora, mentol spirtda 
    yaxshi erigani uchun ulardan suspenziyalar tayyorlashda spirtning 90 % ligi bilan (kerakli 
    miqdor da) xovonchada eziladi, so‘ngra kamfora mentolga barobar miqdorda elim yoki jelatoza 
    va bq. emulgatorlar qo‘shilib, aralashtiriladi va suv bilan yuvib, beriladigan shisha idishga 
    o‘tkaziladi, so‘ngra jihozlanadi.
    Endi kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan terpingidrat suspenziyani tayyorlashni ko‘rib 
    chiqamiz.
    Oling: Terpengidrat 2.0
    Natriy gidrokarbonat 2.0
    Tozalangan suv 100 ml
    A.B.B. 1 des. - 3 maxal ichilsin.
    Hisoblash: Terpengidrat 2.0 g
    Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20) – 40ml
    Tozalangan suv – 60 ml
    Jelatoza 1.0 g
    Umumiy hajm 100 ml
    60 ml tozalangan suv va 40 ml 5% li natriy gidrokarbonatni o‘lchab olamiz. Hovonchaga 
    2.0 g terpengidrat olib, 1 g jelatoza va 1.5 ml natriy gidrokarbonat eritmasidan (terpengidrat va 
    jelatozaning yarmicha miqdorda) olib, bir xildagi massa xosil bo‘lguncha aralashtiramiz. Xosil 
    bo‘lgan ―pulpa‖ning ustiga oz-ozdan natriy gidrokarbonat eritmasidan quyib, bemorga 
    beriladigan idishga o‘tkazamiz. ―Ichishdan oldin chayqatilsin‖ yorlig‘i bilan jixozlab, bemorga 
    beriladi.
    Endi kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan kamfora suspenziyani tayyorlashni ko‘rib 
    chiqamiz.
    Oling: Kamfora 1.0
    Tozalangan suv 100 ml
    A.B.B. 1 osh q. kuniga 3 maxal ichilsin.
    Texnologiyasi: Xovonchada 1.0 g kamfora 1 ml 90 % li spirtda maydalaniladi. Ustiga 
    1.0 g jelatoza va 0.5 ml suv qo‘shib , yaxshilab eziladi va oz-ozdan suv bilan bemorga 
    beriladigan shisha idishga yuvib o‘tkaziladi. Tiqin bilan yopib, kerakli etiketkalar 
    yopishtiriladi.


    Oltingugurt kuchli gidrofob xususiyatga ega bo‘lgan moddadir. Lekin bunga aloxida 
    stabilizator qo‘shiladi. CHunki xamma ishlatiladigan stabilizatorlar uning farmakologik 
    xususiyatini pasaytiradi. 1 g oltingugurtga 0.1-0.2 g kaliyli sovun qo‘shiladi. Kalili sovun 
    kislotalar, og‘ir metallar tuzlari bilan erimaydigan tuzlar xosil qiladi, shuning uchun agar 
    retseptda oltingugurt bilan birga shunday moddalar yozilgan bo‘lsa, kaliyli sovun miqdori ikki 
    barobar oshiriladi.(1 g ga 0.2-0.4 g stabilizator).
    Oling: Oltingugurt 2.0
    Glitserin 5.0
    Tozalangan suv 100 ml
    A.B.B. Sirtga -o‘llash uchun
    Texnologiyasi: Xovonchada 2.0g oltingugurtni 1.0 g glitserin bilan eziladi va qolgan
    glitserinni solib aralashtiriladi. Aralashmani oz-ozdan suv bilan yuvib, beriladigan idishga 
    to‘liq o‘tkaziladi, so‘ngra 0.2-0.4 g meditsina sovuni qo‘shiladi va chayqatiladi. Tiqin bilan 
    berkitilib, ―Sirtga qo‘llash uchun‖ va ―qo‘llashdan oldin chayqatilsin‖ kabi yorliqlar bilan 
    jihozlab, bemorga beriladi
    Suspenziyalarni kondensatsion usulda tayyorlash.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish