|
Murakkab emulsiyalarda fazalarning almashinuvi Pdf ko'rish
|
bet | 179/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya Murakkab emulsiyalarda fazalarning almashinuvi
Emulsiya turlarining o‘zgarishi, ya‘ni moyning suvdagi, suvning moydagi emulsiya
turlarini bir-biriga almashinishini amaliyotda kuzatish mumkin. Bu holat asosan emulsiya
tarkibiga biron-bir modda qo‘shilishi asosida yoki bu emulsiyalar saqlash sharoitining
o‘zgarishi natijasida ro‘y beradigan holatdir.
Misol: moyning suvdagi emulsiya turlari yog‘ kislotalaridan oleat natriy tuzi bilan
turg‘unlashtirilgan.
Emulgator sifatida olingan oleat natriy suvda yaxshi eriganligi tufayli to‘gri turdagi
emulsiyaning turg‘unligini sa-laydi. Agar shu emulsiyaga biron-bir og‘ir metall tuzlaridan ta‘sir
ettirilsa, faza almashish xodisasi, ya‘ni emulsiya moyni suvdagi turidan suvni moydagi turiga
aylanadi. Bu xodisaning ro‘y berishiga sabab — oleat natriyni og‘ir metal tuzlari bilan hosil
bo‘lgan tuz suvda erimay moyda yaxshi erishi fazaning o‘zgartirilishiga, ya‘ni moyni muxitga
va suvni fazaga aylantiradi. Qarama-qarshi emulgator qo‘shilganda fazalar o‘zgarishi tez
bo‘lmaydi. Oldin emulsiyaning ikki turi hosil bo‘lib, keyin bitta turg‘unrok turini, ya‘ni
emulgator yaxshi eriydigan muxit barkarorlashadi. Emulsiyalar turlarining o‘zgarishiga
olinadigan moddalarning nisbati ham sababchi bo‘ladi. Ko‘pincha murakkab emulsiyada moyni
suvdagi va suvning moydagi aralashmasi turlari yuzaga keladi.
Emulgatorlar
Emulgatorlar emulsiya tayyorlash uchun zarur komponent hisoblanadi. Ularning dispers
faza zarrachalari maydalik darajasini oshirish kobiliyati va shu mayda zarracha atrofida
mustaxkam parda hosil kilish xususiyatlari emulgator kimmatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar
hisoblanadi.
Bundan tashkari, emulsiya hosil kilish uchun emulgatordan ketadigan miqdor hamda
uning bor-yo‘qligi, qiymati, biofarmatsevtik xususiyatlari hisobga olinmogi shart.
Emulgatorlar farmakologik jixatdan ta‘sir etmaydigan, ayniqsa, salbiy ta‘sir
ko‘rsatmaydigan modda bo‘lishi kerak. Dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalarning
ko‘pchiligi ichish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, moyning suvdagi emulsiyasi shaklida bo‘ladi.
Emulgator sifatida yu-ori molekulali moddalar ishlatiladi. Emulgatorlarning ko‘pchiligi tabiiy
moddalardir. Elimlar, shilimshiqlar, oksil modda va boshqalar.
Sintetik va yarim sintetik moddalardan iborat ba‘zi bir emulgatorlar yu-ori molekulali
moddalar bo‘lib, ularga tvinlar, spanlar va ularning hosilalari kiradi. Hamma emulgatorlar
ionlanish xossasiga -arab 3 guruhga bo‘linadi. 1. Ionogen emulgatorlar. 2. Ionogen bo‘lmagan
emulgatorlar. 3. Amfoter xususiyatiga ega emulgatorlar.
|
| |