kaysi molekulalaridan tuzilganligini aniqlaydi, shu alohida guruhlarni suv bilan birikib
kirishishini shartli son darajasiga ko‘taradi. har xil sirt-faol moddalarning GLB soni,
molekuladagi guruhlarni son yigindisi kerakli formula bo‘yicha hisoblanadi yoki tajriba orqali
aniqlanadi.
Sirt-faol moddalarning molekulasida gidrofob qismga nisbatan gidrofil qism qancha ko‘p
bo‘lsa, GLB soni shuncha yuqori bo‘ladi. GLB soni hamma tabiatda uchraydigan sirt-faol
moddalar uchun ko‘rsatkichi 1 dan 40 gacha bo‘lish mumkin. 10 soni faol moddaning lipofil va
gidrofil moddalarning o‘rtasidagi chegara hisoblanadi. Emulgator yog‘da erisa suvning
moydagi emulsiyasini hosil qiladi. Bunda GLB soni 10 dan past bo‘ladi. GLB soni qancha
yuqori bo‘lsa, bunday emulgator moyning suvdagi emulsiyasini hosil kilishga moyil bo‘ladi.
GLB ko‘rsatkichi asosan emulgatorlarni tanlashda xizmat qiladi va sirt-faol modda GLB ci —
1-3 bo‘lsa,ko‘pik so‘ndiruvchi, 3 dan 6 gacha suvni yog‘dagi emulgatori, 7-8 yuvuvchi
moddalar, 8-13 gacha moyning suvdagi emulsiyasini hosil qiluvchi emulgatorlar, 13-15
detergent, 15 dan yuqori bo‘lsa, solyubilizator eruvchanlikni oshiruvchi moddalar sifatida
ishlatilishga tavsiya etiladi.
Ionogen emulgatorlar
Ionogen emulgatorlar deb, anionli yoki kationli sirt-faol moddalarga aytiladi. Birinchisi
suvda parchalanib, manfiy zaryadga, ikkinchisi esa musbat zaryadga ionlashadi. Bu
guruhlarning oddiy emulgatorlari sovun (anionli SFM) va ammoniy asosi hosilalariga (kationli
SFM) — linimentlar va surtma dorilar bo‘limlarida kengrok to‘xtab o‘tiladi.
Elimlar dorixonadagi emulsiyalarni tayyorlashda juda keng qo‘llaniladi. Shilimshiq va
pektin moddalar ham ishlatiladi. Bular o‘z xossasi bilan poliarabin kislotasi tuzi va poliuron
kislotasi bo‘lgani sababli anion faol emulgatorlarga kirishi kerak edi, ammo bu moddalarning
yu-ori emulgirlash xususiyati bo‘lishi, zarrachalarning ustki qismida ximoya parda hosil kilishi,
ikki qavatli elektr katlamining bo‘lishi ionlanadigan guruhlarga kirishini isbotlaydi.