• Metilsellyuloza
  • Tvinlar va spanlar
  • Amfoter xususiyatli emulgatorlar
  • Jelatoza — (Gelatosa)
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet183/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Sellyuloza va uning hosilasi
    Sellyulozaning molekula -atori kraxmalga o‘xshash bo‘lib, glyukoza qoldiqlaridan 
    tuzilgan, ammo xalkada joylashishi jixatidan farqlanadi. Sellyulozaning tarkibida gidroksil 
    guruhi borligi eterifikatsiya natijasida, stabillash kobiliyati yuqori bo‘lgan birikmalar olish 
    imkonini beradi.
    Metilsellyuloza — sellyulozaning metil efiri, suvda eriydi.
    Karboksimetilsellyuloza — sellyuloza bilan glikol kislotasidan hosil bo‘lgan efir.
    Karboksimetilsellyuloza suvda erimaganligi uchun natriyli tuzi ishlatiladi. Metilsellyuloza va 
    natriy karboksimetilsellyulozani, emulsiya tayyorlashda 1-2%li eritmasi qo‘llaniladi.
    Tvinlar va spanlar
    Sorbitalning sintetik
    hosilalari,
    emulsiya
    hajmining
    5-10%
    hisobida
    ishlatiladi.
    Farmakologik jixatdan ular organizmga zararsiz.
    EMULGATOR T-2. Diefir triglitserin.
    Mumga o‘xshash qattiq och jigar rang. Glitserinni 16-18 uglerod atomli moy kislotalari 
    bilan 200°S da eterifikatsiya qilinishi natijasida olinadi. Ionogen bo‘lmagan SFM ning afzalligi 
    emulgirlash xususiyatini o‘ziga xosligida. Emulgatorning balanslangan molekulasi birorta 
    fazada erigan holda bo‘lmasdan fazalararo sathda tarqalgan bo‘ladi. Emulgator T-2 
    molekulasini yaxshi balanslangan deyish mumkin, chunki 100 ml turg‘un 10% emulsiyaga fa-
    atgina 1,5 g. T-2 sarflanadi. Ionogen emulgatorlar uchun ham balanslanganlik koidasini tatbik 
    kilish mumkin. Balanslanish birinchidan, uglerod qatorining o‘zunligiga, ikkinchidan, ionogen 
    guruhining suvga o‘xshashligiga qarab aniqlanadi.
    Amfoter xususiyatli emulgatorlar


    Bu guruh emulgatorlari oksil moddalardan hosil bo‘lgan. SHuning uchun ular pHi muxit 
    xususiyatiga qarab nordon va ishqoriy turlariga bo‘linadi.
    Jelatoza — (Gelatosa) — jelatinani suv bilan 1:2 nisbatda, avtoklavda 2 soat davomida 
    2 atm. bosimida to‘liqsiz gidroliz natijasida hosil bo‘lgan modda. Jelatinani shu usul bilan 
    ishlanganda elimlash xususiyati yo‘kolib, emulgirlanish xossasi qoladi. Jelatozaning yaxshi 
    navi arab elimiga tenglashadi. Jelatoza 1931 yilda M. G. Volpe tomonidan taklif qilingan.
    Kazein, kazeinat natriy, quruq sutdan tayyorlangan emulsiya mikroorganizmlar uchun 
    yaxshi muxit bo‘lgani sababli, ayniqsa yoz kunlarda tez buziladi. quruq sut tarkibidagi 
    kazeinogen, albumin va globulinlar emulgirlash xususiyati bo‘lgan moddalar hisoblanib, uni 
    emulgator sifatida ishlatish mumkin. Amfoter emulgatorlar asosan o‘simlik va xayvonlardan 
    olingan bo‘lib, ular tarkibida fosfatidlar ko‘p. Bu sifat emulgatorlar nafaqat farmatsevtika, balki 
    oziq-ovqat sanoatida ham keng qo‘llaniladi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish