• Texnologiyasi
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet186/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Pasporti: Shaftoli moyidan 20,0
    Jelatozadan 10,0
    Birlamchi suv (20-10):2=15 g
    Ikkilamchi suv 200-(20-10-15)=155 ml
    Umumiy og‘irlik 200 g
    Texnologiyasi: Hovonchada 10 g jelatoza 15 ml suv bilan aralashtiriladi. So‘ng unga oz-
    ozdan 20 g shaftoli moyi (bodom moyi, zig‘ir moyi) qo‘shib bir tomonga qarab aralashtiriladi. 
    Bunda o‘ziga xos chirsillagan tovush chiqishi kerak. Bu birlamchi emulsiya hosil bo‘lganini 
    bildiradi. Emulsiyaga bir tomchi suv tomizilsa, u idish devorida oq iz qoldirib oqadi. So‘ng oz-
    ozdan qolgan 155 ml suv aralashtiriladi. Tayyor emulsiya dokadan suzilib belgilangan qo‘ng‘ir 
    idishga solinadi.
    Shaftoli yog‘idan har xil emulgatorlardan foydalanib tayyorlangan emulsiyalarni 
    baholash katta kizikish uygotadi. Keltirilgan ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki, o‘rik elimidan 
    tayyorlangan emulsiya har tomonlama yuqori sifatli. Emulgator T-2 ham undan yaxshi natijasi 
    bilan kolishmaydi.
    Emulsiyalarning parchalanishi (yogning ajralib chiqishi) termostatda 50°S va 
    sentrifugalash 1500 (aylanma) minutiga tezlik bilan aniqlangan. Tvinlar bilan emulsiyalarni 
    tayyorlash usuli, e‘tiborni o‘ziga jalb qiladi.
    Rp.: Olei Ricini 10,0
    A-. purif. ad 100,0
    Misce ut fiat emulsum
    D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
    Emulgator sifatida 10% li kraxmal kleysterini ishlating.
    Pasport.: Kraxmaldan 5,0
    Sovuq suvdan 10 ml
    Issiq suvdan 35 ml
    Kanakunjut moyidan 10,0
    Tozalangan suvdan 40 ml
    Umumiy og‘irlik 100 g
    Texnologiyasi: Dastlab 50 g kraxmal eritmasi tayyorlab olinadi, so‘ng uni sovitib
    hovonchaga solinadi. Ustiga oz-ozdan 10 g kanakunjut moyi qo‘shib emulgirlanadi. Birlamchi 
    emulsiya hosil bo‘lgach, 40 ml suv qo‘shiladi.
    Rp: Olei Ricini 10,0


    Tvini - 80. 4,0
    Ag. purificatae 100,0
    M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta.
    Oldin Tvin-80 eritmasi tayyorlanadi, buning uchun u teng miqdor dagi suvda eritiladi. 
    Undan keyin hovoncha dastasini to‘xtovsiz ravishda harakatlantirib kunjut yog‘ini oxirigacha 
    emulgirlanadi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish