kelindiki, emulgatorning alkil radikalidagi uglerod soni S
10
dan S
16
oshgan sari hamda
konsentratsiyasi 2,2% dan 6% gacha oshirilganda emulsiyaning -inetik turg‘unligi ortadi.
Dorixonada emulsiyalarni tayyorlashda emulgator sifatida yuqori molekulali birikmalar
ishlatiladi. YUMB tarkib jihatdan gidrofil va gidrofob guruhlarga ega bo‘lib, ana shu
guruhlarni u yoki bu suyuqlikda oson tarqalishi hisobiga ikki suyuqlik chegarasida turg‘un
ximoya qavati hosil qilib, tomchilarni bir-biriga qo‘shilib ketishiga yo‘l ko‘ymaydi.
Emulsiyaning barkarorligi qo‘shilgan emulgatorning miqdoriga ham bog‘liqdir.
Emulgator kam qo‘shilganda ma‘lum qismdagi sirt taranglikni kamaytiradi va buning natijasida
yirik zarrachali emulsiya hosil bo‘ladi. Bunday emulsiyalarning barqarorligi to‘la
ta‘minlanmaydi. Bunda hosil bo‘lgan yog‘ tomchilari yiriklashib, tomchini qoplagan ximoya
pardasi uzilib ketadi. Shuning uchun har bir emulgatorni va yog‘ emulsiyasini tayyorlashda
kerakli miqdorini hisoblab olish emulsiyalarning dispers darajasini va turg‘unligini ta‘minlaydi.