• Gidrofil bukuvchi moddalardan suspenziya tayyorlash.
  • Dispergirlash usulida suspenziyalar tayyorlash




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet167/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Dispergirlash usulida suspenziyalar tayyorlash.
    Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan suspenziya tayyorlash.
    Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan (vismut nitrat asosi, rux oksidi, magniy oksidi
    magniy karbonat, oq gil, kraxmal, talk) suspenziyalar tayyorlashda ularni professor Deryagin 
    qoidasiga ko‘ra maydalanadi. Bunda 1 g modda 0,4-0,6 ml suyuklik bilan dispergirlanadi. Hosil 
    bulgan butqaga 10-20 barobar kup suyuqlik qushib yaxshilab xavoncha dastasi bilan 
    aralashtiriladi. Aralashma 2-3 daqiqa tindiriladi. Ustki kismi idishga solinadi .Cho‘kmasi esa 
    yana maydalanib ustiga yana 10-20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shiladi va yuqoridagi jarayon 
    takrorlanadi. Dispersion usul bilan mikstura suspenziyalar juda kup tayyorlanadi va ularni 
    chayqatiladigan miksturalar deb ataladi.
    Misol: Rp.:Zinci oxydi 1.5
    Hexametylentetramini 1.0
    Aqua puripicatae 120 ml


    M.D.SSirtga kullash uchun
    Texnologiyasi: Rux oksidi miqdor i 3% dan kam bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik –
    hajm usulida tayyorlanadi. Dastlab yordamchi idishga 110 ml tozalangan suv 10 ml 
    geksametilentetramin eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. Havonchada 1,5 g rux oksidi 
    solib 0,75 ml eritma bilan aralashtirib maydalanadi (Deryagin qoidasiga ko‘ra). Sungra 15 ml 
    (10 barobar ko‘p) eritma qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. 2-3 dakika tindirilib, ustki qismi 
    idishga solinadi. CHukma yana maydalanib , ustiga 15 ml eritma qo‘shib yaxshilab 
    aralashtiriladi. Yana 2-3 dakikaga qoldirilib, ustki qismi idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi 
    kolmagaguncha takrorlanadi.
    Suspenziyalarni bu usulda tayyorlash ―qiynash‖ usuli deb ataladi. Suspenziyaga 
    ―Ishlatishdan oldin chayqatilsin‖, ―Sirtga qullash uchun‖ deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
    Gidrofil bukuvchi moddalardan suspenziya tayyorlash.
    Misol: Rp.: Tannalbyni 4.0
    Sirupi simplicis 15ml
    A-ua puripicatae 180 ml
    M.D.S. Ichish uchun
    Texnologiyasi: Tannalbin gidrafil bukuvchi modda –tanninni oqsil bilan birikmasi. Bu
    retseptni tayyorlash uchun 4,0 tannalbin quruq holda yaxshilab maydalanadi. Ustiga 15 ml qand 
    sharbati qo‘shib aralashtiriladi. So‘ng oz-ozdan tozalangan suv qo‘shib yana aralashtiriladi va 
    shisha idishga chayib solinadi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dispergirlash usulida suspenziyalar tayyorlash

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish