1-rasm. Rektal shamdorilar shakli Rektal shamdorilar o’rtasi yo’g’on — sigara yoki konus shaklida, uchi o’tkirlangan silindr
shaklida bo’lib, ularning og’irligi 1,1-4 g.gacha bo’lishi mumkin. Agar retseptda ularning og’irligi
ko’rsatilmagan bo’lsa,demak ular DF X ko’rsatmalariga binoan 3 grammli qilib tayyorlanadi.
Bolalar uchun mo’ljallangan shamlarning og’irligi dorixatda ko’rsatilgan bo’lmog’i lozim.
Shamchalar uzunligi 2,5-4 sm atrofida bo’lib, ularning eng yo’g’on qismi 1,5 sm dan ortiq
bo’lmasligi zarur. Shamchalarning eng maq’bul ko’rinishlari sigara yoki torpeda shaklida
bo’lishidir.
Suppozitoriy to’g’ri ichakka kiritilganda orqa chiqaruv yo’li sfinkterlari qarshiligini yengishi
kerak. Suppozitoriy tanasi konussimon bo’lganda kundalangiga oshib borgan sayin mushaklar
tomonidan qarshilik kuchayadi va suppozitoriy batamom kirganida maksimumiga, ya’ni eng
yuqori darajasiga yetadi. Bunda, ayniqsa muvaffaqiyatsiz chiqqan massalarda shamcha
deformatsiyaga uchrab bu — dorini kiritishga halaqit beradi. Snaryadsimon shaklida
suppozitoriyning katta bo’lgan konussimon uchi kiritilishi hamono mushaklar tomonidan bo’ladi-
gan qarshilik kiritiladigan tananing boshidan oxirigacha doimiy bo’lib qoladi. Tarpedosimon yoki
sigarasimon shaklida suppozitoriy yarmigacha kirishi bilan ko’ndalangiga kichraya boshlaydi va
suppozitoriy inertsiya kuchi tufayli to’g’ri ichakka osongina kiradi.
Vaginal shamdorilar va sferik sharchalar (globuli) oval (ovuli) yoki tilsimon (pessaria)
shaklga ega. Agar vaginal shamdorilarning og’irligi dorixatda ko’rsatilmasa, u holda farmakopeya
ko’rsatmasiga muvofiq 4,0 g hisobida tayyorlanadi. Umuman ularning og’irligi 1,5 dan 6 gacha
o’zgarib turadi. Vaginal shamdori shakllaridan ko’proq maqsadga muvofig’i pessariylar, chunki
ular katta sirtga ega va ko’proq gigiyena qoidalariga muvofiq keladi.
Tayoqchalar o’tkir uchli silindr shaklida bo’lib, o’zunligi 10 sm gacha, eni 2-5 mm gacha
bo’ladi. Shunday qilib, ularning og’irligi dorixatda ko’rsatilganidek uzunligi va diametriga bog’liq
bo’ladi.
Tayoqchalar uchi o’tkirlangan silindr shaklida tayyorlanib, ularning og’irligi esa 0,5 dan 1 g
gacha bo’ladi (2- rasm).
2-rasm. Tayoqchalar
XI Davlat farmakopiyasida suppozitoriylar uchun berilgan umumiy maqola talablariga
binoan, shamdori massasi bir xil tusda, shakli aniq bo’lib qo’llanishda mos keladigan qattiqlikka
ega bo’lishi kerak. Massani bir xilligi ko’ndalang kesilganda oddiy ko’z bilan kuzatish asosida
tekshiriladi.