Shamcha asoslari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Xona haroratida qattiq bo’lib, tana haroratida erishi yoki suyulishi.
2. Shamcha tarkibidagi dori modda bilan yaxshi aralashishi, ular bilan reaksiyaga
kirishmasligi.
3.Shilimshiq qatlam va dorivor moddalararo ta’sirini maksimal ta’minlash uchun eriydi yoki
(tana haroratida suyuqlanadi).
4. Orqa teshik og’zini berkituvchi muskullar qarshiligini yengish uchun shamlar, sharcha va
tayoqchalar kiritish chog’ida yetarlicha elastiklik, qattiq holda bo’lishi, boshqacha qilib aytganda,
asos yumshoq — surtma ko’rinishidagi bosqichni chetlab o’tib qattiq holatdan birdan suyuq
holatga o’tish xususiyatiga ega bo’lishi lozim.
5. Tarkibidagi yordamchi dori moddalarni qabul qilishi.
6. Dorivor moddalarning farmakologik ta’sirga egaligi.
7. Organizmga nisbatan indifferent bo’lishi.
8. Havo va yorug’lik ta’siriga chidamli va barqaror bo’lishi.
9. Imkon boricha arzon va oson olinadigan bo’lishi kerak.
1
Aytib o’tilgan talablarga javob beruvchi asoslar anchaginadir.Ular o’z xususiyatlariga qarab
guruhga bo’linadilar:
1. Gidrofob asoslar.
2. Gidrofil asoslar.
Dorixona va korxona sharoitida ishlab chiqariladigan shamdorilar uchun ishlatiladigan
asoslar ikki guruhga: — lipofil va gidrofil moddalarga bo’linishi mumkin.