|
Yog’larni termik fraksiyalash mahsulotlari Pdf ko'rish
|
bet | 210/436 | Sana | 01.02.2024 | Hajmi | 7,28 Mb. | | #149752 |
Bog'liq farmatsevtik texnologiya Yog’larni termik fraksiyalash mahsulotlari. Uning asosini tabiiy gidrogenlangan
yog’lardan temperatura belgisiga ko’ra o’z xossalari bo’yicha kakao moyiga yaqin tor glitserid
fraksiyalarini ajratib olish tashqil qiladi.
Shunday tipdagi birinchi mahsulot sebuvinol (Sebuvinolum) hisoblanadi, u 36-37
0
da
suyuqlanadigan buqa yog’i fraksiyasidan iborat. Uni Ukraina Markaziy ilmiy-tadqiqot dorixona
laboratoriyasi (1948) taklif etgan.Uning quyish usuli bo’yicha olinadigan shamchalar va vaginal
suppozitoriylar olish uchungina yaroqliligi ma’lum bo’ldi. Konservantsiz tezda buziladi.
V.P.Ilinskiy, R.S.Gershensvit va F.O.Dragnya (1959) suppozitoriy asoslari uchun
suyuqlanish nuqtasi 30,2—36,8
0
va taxminga ko’ra asosan dioleosterin va dioleopalmitindan
tashqil topgan, kit salomasi, paxta va araxis moylari gidrogenizatlaridan olingan termik
fraksiyalash mahsulotlarini taklif etganlar.
Gidrogenlangan yog’larning atsetonda eruvchan fraksiyalari. I.S.Ajgixin (1968)
suppozitoriy asoslari sifatida mol yog’i va palma yadrosi moyi gidrogenizatlarining atsetonda
eriydigan fraksiyalarini taklif etgan. Atseton chiqarib yuborilgandan keyin uy haroratida ta’msiz
va hidsiz, oq rangli, anchagina qattiq va mo’rt mahsulot olinadi. Mol yog’i gidrogenizati asosan
stearin kislota, palmitin va olein kislotalardan tashkil topgan va o’z tarkibi bo’yicha kakao moyiga
yaqin. Palma yadrosi moyi gidrogenizati asosan laurin va miristin kislotani saqlaydi va o’z
tarkibiga ko’ra xorijiy asos (imxauzen) ga yaqin.
Mualliflar sirt-aktiv moddalar qo’shish yo’li bilan taklif etilgan asoslarning plastik va boshqa
xossalarini yaxshilashga muvaffaq bo’ldilar. Sirt-aktiv moddalar sifatida ular emulgator T
2
,
saxaroglitseridlar (SG), saxaroza distearati (DSS) va propilenglikolmonostearat (PGMS) dan
foydalandilar.
Gidrofil asoslar
|
| |