• Tayanch atama va iboralar
  • Hozirgi kunda turli xil shamchalar mavjud: 1. Hollow-type shamchalari.
  • Shamchalarga dorixat yozish
  • - Ma’ruza Mavzu 2. Shamchalarning xususiy texnologiyasi: jo’valash, quyish usullari. Ularga dori




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet212/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    2- Ma’ruza
    Mavzu 2. Shamchalarning xususiy texnologiyasi: jo’valash, quyish usullari. Ularga dori 
    moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baholash.
    Ma’ruza maqsadi: Shamchalarning xususiy texnologiyasi: jo’valash, quyish usullari. Ularga dori 
    moddalarni qo‘shish qoidalari, sifatini baholash bo’yicha nazariy ma’lumotlarni berish
    Tayanch atama va iboralar:
    Oleum Cacao- kakao moyi
    Ut.fiat suppisitorium –shamcha hosil bo’lsin
    Ut.fiat globuli- sharcha hosil bo’lsin
    Divide in partes aequalis- teng qismga bo’linsin
    O’rin olish koeffitsiyenti- 1 gramm kakao moyi egallagan hajmga qancha miqdor modda 
    sig’ishini ko’rsatuvchi ko’rsatkich.
    Reja:
    1.
    Jo’valash usulida shamchalar tayyorlash.
    2.
    Quyish usulida shamchalar tayyorlash.
    3.
    Shamchalarga dori moddalarni qo’shish.
    4.
    Shamchalarni sifatini baholash.
    Hozirgi kunda turli xil shamchalar mavjud:
    1.
    Hollow-type shamchalari. Morfin sulfat tuzi bilan olingan shamchalar ta’siri 
    o’zaytirilgan bo’lib, og’riqsizlantirish jarayonini uzaytirish uchun ishlab chiqilgan.
    2.
    Gidrogellar asosida shamchalar tayyorlash. Bu asoslar tayyorlangan shamchalar 
    ham ta’siri uzaytirilgan.
    3.
    Qavatlangan shamchalar dori moddasining ta’siri uzaytirish uchun muljallangan 
    bo’lib, dori moddasi qavatlar erishi bilan ajralishi boshlanadi.
    4.
    Sellyuloza asosida ta’siri uzaytirilgan shamchalar qatoriga kiradi.
    5.
    Pishillidigan shamchalar. Limon kislota va nartriy bikarbonat saqlovchi dori 
    moddani asosdan tez va oson ajralishini ta’minlaydi.
    6.
    Termoreversion shamchalar. Mukoadgeziv xususiyatga ega moddalar bilan 
    (gidrooksipropilsellyuloza, polivilpirrolidon, karbopol, polikarbofil, natriyalginat) tayyorlangan.
    Shamchalarga dorixat yozish
    Shamcha va sharcha shaklidagi sham dorilarga dorixat ikki xil yo’l bilan yoziladi.
    1) dorixatda umumiy ingrediyentlar miqdori va shamchalar soni ko’rsatiladi.
    Rp.: Chlorali hydrati 3,0
    Cerae flavae 3,0
    Olei Cacao 10,0
    Misce fiat suppositoria rectalia.
    Dividi in partes aequales N 5.
    Da.Signa.
    2) Dorixatda ingrediyentlar miqdori har bir shamdori uchun alohida ko’rsatilib, shunday 
    shamdorilar nechta tayyorlanishi kerakligi yoziladi.
    Rp.: Ichthyoli 0,2
    Massae gelatinosae. 4,0
    M.f. supp. vaginalia
    Dentur tales doses N 10.


    Signa.
    2
    Tayoqcha shaklidagi shamdorilar dorixatda yozilganda, ularning uzunligi hamda diametri va 
    soni ko’rsatiladi.
    Rp.: Iodoformii 0,2
    Ol.Cacao q.s.,
    ut f.bacillus longitudinae 5 sm et diametro 4 mm
    D.t.d.N.6.
    S. Bir kunda 2 ta tayoqchadan siydik yo’liga.
    Shuni esda tutish kerakki, dorivor moddalar bilan birga zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi 
    moddalar to’g’ri ichakning shilliq qavatida so’riladi. 
    Shu sababli dorivor moddalarni rektal yuborish peroralga qaraganda kuchli ta’sir qiladi. 
    Zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi dori moddalar dozasi DF X bo’yicha tekshirilishi shart.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - Ma’ruza Mavzu 2. Shamchalarning xususiy texnologiyasi: jo’valash, quyish usullari. Ularga dori

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish