• Suvda erimaydigan, asosda eriydigan moddalar
  • Suvda eriydigan, asosda erimaydigan moddalar.
  • Asosga dori moddalarni kiritish usullari




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet213/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Asosga dori moddalarni kiritish usullari:
    Gidrofob asosda shamchalarni tayyorlash quyidagicha olib boriladi: 1) massa tayyorlash, 2) 
    shamcha, sharcha va tayoqchalarni shakllantirish. Massa tayyorlash uchun har xil dori moddalar 
    kiritish lozim. Asosga dori moddalarni kiritish ularning tarkibi, xossasi va eruvchanligiga bog’liq.
    Suvda erimaydigan, asosda eriydigan moddalar.
    Asosda eriydigan moddalarga kamfora, xloralgidrat, fenol va boshqa moddalar kiritishimiz 
    mumkin. Bu moddalarni bir qism asosda yoki suyultirilgan asosda eritiladi. Agar bu moddalar 
    eritilishi natijasida asos bilan dori modda aralashmasining erish harorati pasayib ketsa, u holda 
    evtektik birikma hosil bo’ladi. Xloralgidrat, kamfora, fenol kabi dori moddalari bilan asos 
    aralashtirilganda aralashma erish harorati keskin pasayib — evtektik birikma hosil qiladi. Bunday 
    hollarda aralashma tarkibiga uni erish haroratini oshiruvchi yoki tarkibini qattiqlashtiruvchi 
    (qotiruvchi) moddalar (mum, parafin) qo’shish lozim. Evtektik birikmalar hosil bo’lish 
    muammolari yaxshi o’rganib chiqilmaganligi sababli, qotiruvchi moddaning qo’shiladigan 
    miqdori va turi har gal tajriba yo’li bilan alohida aniqlanadi.
    Suvda eriydigan, asosda erimaydigan moddalar.
    Bunday moddalarga alkaloid tuzlari, novokain, etakridin laktat va boshqalar kiradi.
    Ular yog’li asoslarga eritma ko’rinishida kiritiladi, ya’ni emulgirlangan bo’lishi kerak. 
    Emulgator sifatida lanolin va setil spirti ishlatilishi mumkin. Buning uchun eritmaning miqdori 
    iloji boricha oz bo’lishi kerak, aks holda bu massaning yumshoqligini oshiradi. Suvli eritmaning 
    massaga emulgatorsiz kiritilishi aralashmani uqalanib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Shunday 
    qilib, lanolin bunday aralashmalarda qotgan yog’ kristallarining bir-biriga yopishishini 
    ta’minlaydigan yupqa parda — plastifiqator rolini o’ynaydi. Erituvchi sifatida nafaqat suv, balki 
    suyultirilgan spirt, suv — glitserin — spirt aralashmasi va boshqa dorivor moddalarni yaxshi 
    eritadigan suyuqlik olinishi mumkin. Eritmalar esa chin eritma yoki kolloid eritma bo’lishi 
    mumkin.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish