Antibiotiklar bilan surtmalar tayyorlash Dermatologiya va ko’z kasalliklarini davolashda tarkibiga antibiotik kiritilgan surtmalar
ko’p ishlatiladi.
Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash. Surtma dorilar antibiotiklar bilan aseptik
sharoitda surtma dorilar tayyorlash texnologiyasi koidalariga asoslanib tayyorlanadi. Asos
dorixatda ko’rsatilmagan bo’lsa, unda 60 qism vazelin va 40 qism suvsiz lanolin aralashmasi
ishlatiladi. Asosni tayyorlash uchun vazelin va suvsiz lanolin eritilib, 150°C haroratda 1 soat
mobaynida sterillanadi. Antibiotiklar suvli sharoitda tez inaktivatsiyaga uchraydi, shu sababli
ularni asosga suspenziya holatida qo’shish kerak. Buning uchun ularni sterillangan vazelin moyi
yoki eritilgan asos bilan eziladi.
Oling:Natriy benzilpenitsillin tuzi 100000 TB.
Suvsiz lanolin 4,0
Vazelin 6,0
Aralashtiring, surtma dori hosil bo’lsin.
Bering. Belgilang. Ko’zga surtish uchun.
Pasport:Natriy benzilpenitsillin tuzi 100000 TB. (0,06g)
Vazelin 6,0
Suvsiz lanolin 4,0
Umumiy og’irligi 10,06 g
Aseptik sharoitda steril havonchada 0,06 g natriy benzilpenitsillin tuzini 2-3 tomchi vazelin
moyi bilan eziladi. Ustiga vazelin va suvsiz lanolin qo’shib, bir xil qorishma hosil bo’lguncha
aralashtiriladi. Tayyor massani steril bankaga o’tkazib qopqoq bilan yopiladi, yorliq yopishtiriladi.
Tarkibida antibiotik bo’lgan surtma dorilar aseptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida
lanolin va vazelin (4: 6) aralashmasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Chunki penitsillin va
boshqa antibiotiklar toza vazelindagi aralashmada teriga qiyin so’riladi. Asoslar steril holatda
ishlatiladi.
Rp: Unguenti Benzylpenicillini — natrii
Unguenti Erythromycini ana 10,0
Misce. Da. Signa. Kuz surtmasi.
Steril havonchaga 50000 TB (0,03 g) penitsillin (1 g surtma doriga 5000 TB to’g’ri keladi)
va 100000 TB (0,11 g) eritromitsin (1 g surtma doriga 10000 TB to’g’ri keladi) o’lchab olinadi,
unga sterillangan asosdan oz-ozdan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.
Tayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq
yopishtiriladi.
Tetratsiklin gidroxlorid, streptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori
yuqorida keltirilgandek tayyorlanadi.
Antibiotiklarning ko’pchiligi yorug’lik ta’siriga chidamsiz bo’ladi. Shuning uchun ularni
og’zi mahkam berkiladigan chinni yoki shisha idishga solib berish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga»
va qo’shimcha «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.