• Tayanch atama va iboralar
  • Ma’ruza 18  MAVZU 18. Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet295/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Ma’ruza 18 
    MAVZU 18. Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan 
    qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari.
    Ma’ruza maqsadi: Dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan 
    qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullariga oid nazariy ma’lumotlarni berish
    Tayanch atama va iboralar: nomutanosiblik, qiyinchilik tug’diradigan dorixatlar
    Reja.
    1. Dori shakllarida uchraydigan nomutanosibliklar
    2. Bir-biriga qo’shibbo’lmaydigan dorilar aralashmalari
    3. Qiyinchilik tug’diradigan dorixatlar
    4. Bir-biriga qo’shib bo’lmaydigan dori aralashmalari
    5. Qiyinchiliklarni bartaraf etish usullari
    Ayrim shifokorlar dorixatdagi yozilgan dori turini tayyorlab berishni farmatsevtlarning ishi 
    deb hisoblaydi. Bu noto’g’ri, albatta, lekin shifokorlar murakkab dorixatlarga kiradigan hamma 
    dorilarning fizik va kimyoviy xususiyatlarini bilmay, ba’zan xato qilib qo’yishlari mumkin. 
    Bunday xatolarning oldini olish farmatsevtlarning muhim vazifasidir. Shifokor tomonidan yo’l 
    qo’yilgan xatoga beparvolik yoki moddalar xossalarini bilmaslik natijasida xatoni sezmay 
    tayyorlab berilgan dorilar uchun shifokor bilan birga farmatsevt ham javobgardir. Hozirgi zamon 
    farmatsiyasining tibbiyot, kimyo va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’langanligi hamda 
    ularning kundan-kunga rivojlanishi dorivor moddalarning xilma-xilligiga ta’sir ko’rsatmoqda. 
    Dorivor modda sifatida fizik va kimyoviy xossalari har xil hamda turlicha fiziologik ta’sir 
    ko’rsatadigan moddalar qo’llanilishi va ularning kundan-kunga ko’payib borishi dorixat 
    tarkibining har xil, ayrim hollarda esa murakkab bo’lishiga olib keladi.
    1. Qiyinchilik tug’diradigan dorixatlar.
    Ayrim dorixat birinchi qarashda chalkash bo’lib ko’rinsa ham, sinchiklab o’rganish 
    natijasida ular bilim va tajribasi yuqori bo’lgan farmatsevtlar tayyorlay oladigan dorixatlar bo’lib 
    chiqadi. Bunday dorixatlar qiyinchilik yaratadigan dorixatlar deb yuritiladi. Farmatsevt ularni 
    tayyorlashda o’ziga xos usullar va ularning xususiyatlaridan foydalanadi.
    Ba’zan qiyinchilik tugdiradigan dorixatlarni ayrim qo’shimcha moddalar kiritish yo’li bilan 
    ham tayyorlash mumkin. Bu holat, birinchidan, farmatsevtning rolini, ikkinchidan, unga 
    talabchanlik va javobgarlikni oshiradi.
    Dorixatlar tarkibiga qo’shimcha modda kiritilishi natijasida ingrediyentlar miqdori 
    o’zgaradigan bo’lsa, albatta shifokor bilan maslahatlashish kerak, chunki dorixat o’zgartirilishi 
    natijasida ba’zan shifokor hisobga olmagan kimyoviy jarayonlar yuz berishi mumkin.
    Qiyinchilik yaratadigan har bir dorixatni alohida-alohida hal qilish farmatsevtning asosiy 
    vazifasi bo’lish bilan birga, bemorga beriladigan dorining sifatli chiqishini ham ta’minlaydi. Biz 
    quyida qiyin retseptlarga oid bir necha misollar keltiramiz.
    Rp: Decocti foliorum Uvae ursi ex 20,0-200,0
    Hexamethylentetramini 4,0
    M. D. S. Kuniga 4-5 marta bir osh qoshiqdan ichilsin.
    Bu dorixatda ko’rsatilgan geksametilentetramin ayiqquloq
    yaprogi 
    tarkibidagi 
    burishtiruvchi moddalar bilan tannatlar holida cho’kma hosil qiladi. Cho’kma zaharli bo’lmagani 
    uchun doriga "Ishlatishdan oldin chayqatilsin" deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
    Oling: Glyukoza eritmasi 40% — 200,0 ml
    Natriy brom 4,0
    Askorbinkislotasi 5,0


    Kofein benzoat natriy 1,5
    Aralashtiring. Bering. Belgilang.
    Tayyorlangan mikstura uzoq turib qolsa, benzoy kislotasi ajralib chiqishi natijasida 
    loyqalanadi. Cho’kma hosil bo’lmasligi uchun shifokor bilan kelishib, 1,5 g kofein benzoat natriy 
    o’rniga 0,57 g toza kofein olish yoki askorbin kislotasini alohida dozalarga bo’lib berish mumkin.
    Oling: Kalsiy xlorid eritmasi 4% — 200 ml
    Kodein fosfat — 0,15
    A. B. B.
    Mikstura umumiy qoida bo’yicha tayyorlansa, cho’kma hosil bo’ladi. Shuning uchun kodein 
    fosfat o’rniga kerakli miqdorda toza kodein olish yoki ikki moddaning eritmalarini alohida-alohida 
    tayyorlab, so’ngra bir-biriga qo’shib berish mumkin.
    Oling:Valeriana nastoykasi 10,0
    Marvaridgul nastoykasi 10,0
    Kaliy bromid 2,0
    A. B. B.
    Miksturada kaliy bromid cho’kmaga tushmasligi uchun aralashmaga 15-20 tomchi suv 
    qo’shish kifoya.
    Oling: Mentol 0,1
    Glitserin 10,0
    A. B. B.
    Mentol glitserinda yomon eriydi (1:500). Shuning uchun mentolni 0,25 ml spirtda eritib 
    olib, so’ngra glitserin qo’shiladi.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza 18  MAVZU 18. Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish