• Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish: Test nazorat savollari.
  • Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet375/436
    Sana01.02.2024
    Hajmi7,28 Mb.
    #149752
    1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   436
    Bog'liq
    farmatsevtik texnologiya

    Tushunturish matni
    Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash
    Tarkibida antibiotik bo’lgan surtma dorilar asеptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida 
    lanolin va vazеlin (4:6) aralashmasini ishlatish maqsadga muvofiq. Chunki pеnitsillin va boshqa 
    antibiotiklar toza vazеlindagi aralashmada tеriga qiyin so’riladi. Asoslar stеril holatda ishlatiladi.
    Rp: Unguenti Benzylpenicillini - natrii
    Unguenti Erythromycini ana 10,0
    Misce. Da. Signa. Ko’z surtmasi.
    Stеril havonchaga 50000 TB (0,03 g) pеnitsillin (1 g surtma doriga 5000 TB to’g’ri kеladi) 
    va 100000 TB (0,11 g) eritromitsin (1 g surtma doriga 10000 TB to’g’ri kеladi) o’lchab olinadi, 
    unga stеrillangan asosdan oz-ozdan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.
    Tayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» dеb yozilgan yorliq 
    yopishtiriladi.
    Tеtratsiklin gidroxlorid, strеptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori 
    yuqorida kеltirilgandеk tayyorlanadi.
    Antibiotiklarning ko’pchiligi yorug’lik ta'siriga chidamsiz bo’ladi. Shuning uchun ularni 
    og’zi mahkam bеrkiladigan chinni yoki shisha idishga solib bеrish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga» 
    va qo’shimcha «Salqin joyda saqlansin» dеb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
    Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish:
    Test nazorat savollari.
    1. Poroshoklar tayyorlanganda antibiotiklar sterilizatsiya qilinadimi?
    -poroshoklar tayyorlanganda antibitoklar sterilizatsiya qilinmaydi;
    -poroshoklar tayyorlaganda antibitoklar sterilizatsiya qilinadi;
    -poroshoklar tayyorlaganda antibitoklar va yordamchi moddalar sterilizatsiya qilinadi;
    -faqat yordamchi idishlar sterilizatsiya qilinadi.
    2. Benzilpenitsillinning natriyli tuzini TB 1 mln.bo’lsa, grammda qanchaga to’g’ri keladi?
    -1,0;
    -2,0;
    -0,5;
    -0.55.
    3. Benzilpenitsillin natriyli tuzini TB 2 mln.bo’lsa, grammda qanchaga to’gri keladi?
    -1,3;
    -1.0;
    -2,5;
    -1.
    4. Benzilpenitsillin natriyli tuzini TB 2,5 mln.bo’lsa, grammda qanchaga to’gri keladi?
    -1.95;
    -2,0;
    -3,5;
    -2,3.
    5. Benzilpenitsillin natriyli tuzini TB 1,5 mln.bo’lsa, grammda qanchaga to’gri keladi?
    -0,925;
    -0,55;
    -0,9;
    -1.0.
    6. Benzilpenitsillin natriyli tuzini TB 500000 bo’lsa, grammda qanchaga to’gri keladi?
    -0.325;
    -0,05;
    -0.008;
    -0.9.


    7. Benzilpenitsillin natriyli tuzini TB 250000 bo’lsa, grammda qanchaga to’gri keladi?
    -0.08;
    -0,3;
    -0,5;
    -1,0.
    8. Antibiotiklardan dorixona sharoitida qanday dori shakllarini yaratish mumkin?
    - Surtma, kukun, eritma, shamcha;
    - Kukun, surtma;
    - Surtma, kukun, eritma;
    - Surtma, kukun, tabletka, shamcha, eritma, suspenziya, granula va boshqalar.
    9. Dorixona sharoitida tayyorlangan antibiotiklarni saqlash muddati nima uchun qisqa beriladi?
    -hammasi to’g’ri;
    - kislotali sharoitga chidamsizligi;
    - yarim parchalanish davri qisqaligi;
    - haroratga chidamsizligi.
    10. Antibiotiklardan dori shakli yaratganda uning qanday xususiyatlari ko’proq e’tiborga olinadi?
    -hammasi to’gri;
    - yordamchi moddalar bilan o’zaro ta’sirlanishi, haroratga va sharoitga chidamsizligi;
    - boshqa dorivor moddalar bilan kimyoviy va farmakologik nomutanosibligi;
    - to’g’ri javob Ava S.

    Download 7,28 Mb.
    1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   436




    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 7,28 Mb.
    Pdf ko'rish