O’QUV MATERIALLAR
1.1.
MA‘RUZA MASHG’ULOTLARI
NAZARUY MATERIALLAR
1 - Ma‘ruza.
MAVZU
1
. Fanning, asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar. Poroshoklar,
ularning umumiy texnologiyasi.
Ma‘ruza maqsadi: Fanning, asosiy termin va tushunchalari, me‘yoriy hujjatlar. Poroshoklar,
ularning umumiy texnologiyasiga oid nazariy ma‘lumotlarni berish
REJA:
Farmatevtik texnologiya fani tarixi
Asosiy termin va tushunchalari, me’yoriy hujjatlar
Poroshoklar ta'rifi, tasnifi. Poroshoklarning DT sifatida afzallik va kamchiliklari.
Poroshoklarning umumiy texnologiyasi.
Poroshoklar tasnifi. Poroshoklarga qo‟yilgan talablar.
Tayanch atama va iboralar:
Ustaxona- officinal, qarabadin-arab farmakopeyasi, Avesto- e‘tiqod, ishonch ma‘nosida,
avetsenit-respublikamizda topilgan ma‘dan, mijoz- birinchi xil unsurlarda bo‘ladigan dastlabki
aralashma, dori shakli- preparatning dozasi, qo‘llash usuli, agregat holati, dispers sistemaning
turi hisobga olingan holda keltirilgan geometrik shakl
Farmansevtik texnologiya fani tarixi. Qadimgi Mеsopatamiya. Eramizdan 4-6
ming yil avval Mеsopatamiya dori tayyorlash ishlari bilan dindorlarning yuqori tabaqali vakillari
shug‘ullanganlar. Ko‘z tеgishga qarshi tumorlar xam davolash ishlarida muxim rol o‘ynagan.
Dastlabki manbalar Nipurda topilgan bo‘lib, ular eramizdan avvalgi III ming yillikka tеgishlidir,
topilgan manbalarda 15 taga yaqin rеtsеpt yozuvlari bo‘lgan.