• K i r i sh Mavzuning dolzarbligi
  • Savol Qobilbek Nixolov 13-Variant Mavzu




    Download 0.63 Mb.
    bet1/15
    Sana03.02.2022
    Hajmi0.63 Mb.
    #16976
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Nixolov Qobilbek
    baqoyev 2, 205-Article Text-613-1-10-20201019 (1) (1), Autocad dasturida har XIL ko`rinishdagi geometrik shakllar yasas, Arxivlash va arxivlash dasturi, MEg6JPDlMrmPVDyfWYOyhuUezxzWouCOrK3mzZc1, 11-Java Interview Guide, Acer BCG Matrix

    1. Savol

    Qobilbek Nixolov
    13-Variant


    Mavzu : . Kompyuterlarning servisli dastur ta’minoti


    Reja:

    Kirish.


    Asosiy qism:
    1.Tizimli dasturiy ta’minot
    2. Servisli dasturiy ta’minot
    3. Windows tarmoq operatsion tizimini boshqa tarmoq operatsion tizimlari bilan qiyosiy xaraktеristikalari

    Xulosa.
    Foydalanilgan adabiyotlar.



    K i r i sh
    Mavzuning dolzarbligi: Ma'lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyati hamma jabxalarga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib, chuqurlashib bormoqda. Bu turli-tuman hisoblash texnikasidan foydalanuvchilar soni ham ko’payib bormoqdaki, bunda ikki qarama-qarshi tendentsiyani rivojlanishi kuzatilmoqda. Bir tomondan, axborot texnologiyalari borgan sari murakkablashmoqda va ularni qo’llash uchun, va ularni keyingi rivojlanishi uchun juda chuqur bilimlar talab qilinadi. Boshqa tomonda, foydalanuvchilarning kompyuterlar bilan muloqati soddalashmoqda. Kompyuterlar va axborot tizimlari borgan sari “do’stona” bo’lib bormoqda, va hatto ular informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutahassis bo’lmagan odamlar uchun ham tushunarli bo’lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari, hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta'minot – operatsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi.
    Axborotlashtirishni rivojlantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish, jahon axborot resurslaridan barhamand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish aloqa va axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirishni asosiy vazifalari hisoblanadi. Axborotlar inqilobi chegara nimaligini bilmaydi. Yangi axborot texnologiyalari darhol butun er kurrasi bo’ylab tasvir, matn va nutqni etkazib berishga imkon beradi. Internet muassasalar keng ma’lumotlar bazalarini ommaviy kutubxonalar, maktablar, shahar hokimiyatlari bilan bog’lashga imkon beradi.
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi, Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan qabul qilingan dasturlar va Kengashning ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
    Bugungi kunda mamlakatimizda ham ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanish va rivojlanishni jadallashtirish uchun ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga taaluqli qabul qilingan Qonunlarni ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 iyuldagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-117-son qarori qabul qilindi.
    Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiy yuksalishning o’ta muhim tarkibiy qismiga aylandi. Ularga nafaqat tayyor mahsulot sifatida, balki unumdorlik va rentabellikni oshirishga qodir muhim vositalar sifatida ham qarash mumkin.
    “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ham ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborotlar bilan ishlashni jadallashtirish rejalariga katta ahamiyat berildi. Shu bilan birga barcha sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalarni keng joriy qilish borasida mamlakatimiz xukumati tomonidan bir qancha muhim qaror va dasturlar qabul qilindi.
    1999 yilning fevralida O’zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog’ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to’g’risida” qarori qabul qilindi.
    Jamiyatimizning turli sohalari rivojlanayotgan bugungi kunda axborotlarning davlatlararo, sohalararo va tashkilotlararo almashinuvi masalasi yangi-yangi texnika va texnologiyalar qo’llash zaruratini tug’dirmoqda. Respublikamiz mustaqilligi va uning jahon hamjamiyatidagi obro’yi ortib borayotganligi, axborotlarning nafaqat davlatimiz ichida, balki dunyodagi boshqa davlatlar bilan almashinuvi masalasini qo’ymoqda. Bu axborotlar respublikamizning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yuksaltirishga qaratilgan. Hozirda zamaonaviy axborot texnologiyalaridan turli sohalarda foydalanishga katta e’tibor berilayotganligi, shuningdek, turli axborot resurslaridan foydalanish, ochiq tarmoq tizimlariga ulanish va undan foydalanish kundalik extiyojga aylanib bormoqda. Bunday tizimlarda ochiqlikning oshirilishi, o’z navbatida axborot almashinuvini boshqarish va nazorat qilish qilish uchun maxsus choralarni ko’rishni talab qiladi.
    “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ham ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborotlar bilan ishlashni jadallashtirish rejalariga katta ahamiyat berildi. Shu bilan birga barcha sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalarni keng joriy qilish borasida mamlakatimiz xukumati tomonidan bir qancha muhim qaror va dasturlar qabul qilindi.
    1999 yilning fevralida O’zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasining “Ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog’ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to’g’risida” qarori qabul qilindi.
    Shu yilning o’zida “1999-2003 yillarda O’zbekiston respublikasida ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’ini modernizatsiya qilish va uni rivojlantirish” dasturi qabul qilindi.
    Bu esa o’z navbatida har bir korxona, tashkilot va muassasalarning o’z axborot almashish tizimilarini yaratishlari, shu bilan birgalikda axborot - telekommunikatsion texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishlari va bu esa o’z navbatida lokal hamda global tarmoqlardan foydalanishda tarmoq operatsion tizimlarining imkoniyatlarini mukammal o’rganishni taqozo etadi.
    Operatsion tizim, foydalanuvchilar uchun ham, bajariluvchi ilovalar uchun ham interfeysni tashkil etadi. Foydalanuvchilar va ko’pgina hizmatchi dasturlar, DTdan hamma dasturlarda tez-tez uchraydigan amallarni bajarishni so’raydi. Bunday amallarga, birinchi navbatda, kiritish-chiqarish, biror-bir dasturini ishga tushirish va to’xtatish, qo’shimcha xotira blokini olish yoki uni bo’shatish va boshqa ko’pgina amallar kiradi. Bunday amallarni har safar dasturlash va ikkilik kod sifatidadastur ichiga bevosita kiritish maqsadga muvofiq emas balki, ularni birgalikda yig’ib dasturdan “so’rov” orqali bajarishga berish qulaydir. Bu o’z navbatida operatsion tizimning muhim funktsiyalaridan biridir. Amaliy dasturlar, va ko’pgina tizimli ishlov beruvchi dasturlar, (m-n, dasturlash tizimlari yoki ma'lumotlarni boshqarish tizimlari) kompyuter apparaturasi bilan bevosita bog’lana olmaydi va ular bilan operatsion tizim ga murojaat etish orqali boqlanadilar. Foydalanuvchilar uchun ham, operatsion tizim komandasini kiritish bilan yoki tizim taklif qiladigan mumkin bo’lgan harakatlar orqali o’z dasturlari va kompyuter bilan muloqat qiladilar. Bunday o’zaro muloqat faqat operatsion tizim orqaligina amalga oshiriladi. Bunday muhim funktsiyani bajarishdan tashqari, operatsion tizim hisoblash resurslarini samarali taqsimlash va hisoblashni ishonchli tashkil etishga javob beradi.


    Download 0.63 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Savol Qobilbek Nixolov 13-Variant Mavzu

    Download 0.63 Mb.