Science and e ducation




Download 39.31 Kb.
bet2/5
Sana14.05.2023
Hajmi39.31 Kb.
#59676
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 1 ona tilidan dars mashg ulotlarini tashkil etishda ta lim texnologiyalarini
Mavzu, 4-Laboratoriya, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja, MTA 1-amaliy ish topshiriqlari, netniki, parviz 1-mustaqil ish, Ismoilov 2, j.abdulaziz.dock, 3mbum, 2-, Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug, lab1-4.t.x, 1-Mustaqil ta'lim, 7-mavzu, openstack
Keywords: educational technologies, the taxonomy of pedagogical aims, cognitive sphere, taxonomy of Benjamin Blum, active teaching methods, modern education, knowing, comprehension, the use, analysis, synthesis, assessment.

Jamiyat rivoji fan va texnika, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Insoniyat sivilizatsiyasining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta’lim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ta’lim jarayonini o‘ta qat’iy hamda murakkab talablar asosida yo‘lga qo‘yish zarurati kun tartibiga qo‘yilmoqda. Chunonchi, murakkab



texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayoni mohiyatini to‘laqonli anglay olgan, favqulotda ro‘y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta olish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassisni tayyorlash zaruriyati ta’lim jarayonini ham texnologik yondashuv asosida tashkil etish lozimligini taqozo etmoqda.
Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan ta’lim tizimining vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi namoyon bo‘lmoqda.
Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga keng ko‘lamli va shiddatli tezlikdagi axborotlar oqimi kirib kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga, xususan, til ta’limiga ham pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Bu vazifani to‘liq bajarish maqsadida, eng avvalo, olimlar hamda maktablar, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida ishlayotgan
o‘qituvchilar hamkorligida bir necha muammolarni yechish lozim. Jumladan:

  • yangi pedagogik texnologiyalarning mohiyatini aniqlash va uning nazariy asoslarini yaratish;

  • uning prinsiplarini ishlab chiqish;

  • pedagogik texnologiyalarni amalda qo‘llashning samarali yo‘llarini tanlash va hokazo.

Ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning yangi modelini yaratish taqozo qilinadi. Modelni amaliyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “o‘quv-tarbiyaviy jarayonini yangi pedagogik texnologiyalari bilan ta’minlash”1 uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Ta’lim jarayonida faol o‘qitish metodlarini tanlash. Ta’lim texnologiya elementlarini tanlash va amalga oshirishda ta’lim oluvchilarning o‘quv bilish faoliyatlarini e’tiborga olish lozim. Amaliyotdagi oddiy qoida shu haqida guvohlik beradiki, nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida ta’lim oluvchilarga yangi bilimlarni berish amalga oshiriladi, keyin esa bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi noan’anaviy metodlarni amalga oshirish orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim.
1 O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni T-1997y
Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga solingan bo‘lsa, ma’lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga o‘tish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Yo‘naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o‘qitish kabi usullar- mustaqil o‘rganilgan, tahlil va muhokama qilingan ma’lumotlarning 90 foizini xotirada saqlanashi uchun imkon beradi.
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, dars jarayonida an’anaviy metodlar qo‘llanilganda, ta’lim oluvchilarning axborotni eslab qolish ko‘rsatkichining eng yuqori darajasi 30 foizni tashkil etar ekan. Noan’anaviy metodlar qo‘llanilganda esa, ularning axborotlarni o‘zlashtirish darajasi yanada ortib boradi.
Har qanday ta’limning maqsadi - bilimni hamda uni amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish, shunga zarur shaxs sifatlari va ko‘rsatmalarni ishlab chiqishdir. Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida adabiyotlar tahlili, dasturlar, darsliklar, dars berish amaliyotidagi o‘quv maqsadlarining aksariyati kognitiv (bilishga oid) sohaga tegishli bo‘lishi aniqlangan. Xuddi shu maqsadda jahon pedagogikasida fundamental izlanishlar natijasida o‘quv maqsadlari taksonomiyasi vujudga kelgan. U o‘quv maqsadlarini belgilashning eng ilg‘or usuli bo‘lib e’tirof etilgan.
Taksonomiya tuzish ham nazariyotchi olimlar, ham amaliyotchi pedagoglar faoliyati samarasini oshirishning muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston pedagoglari bu usulni qay darajada tezroq egallar ekanlar, ular Respublikamiz ta’lim tizimini jahon pedagogikasini ilg‘or tajribalari bilan uyg‘unlashuviga shu darajada jadalroq o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘ladilar.
Bugungi kunda barcha fanlar qatori ona tili darslarini ham hozirgi zamon talablariga muvofiqlashtirish, zamonaviy ta’lim metodlari asosida o‘qitish yuzasidan faol ishlar olib borilmoqda. Biroq ta’lim mazmuni, usuli va vositalarini “o‘quvchilarning ijodiy, mantiqiy, obrazli va assotsiativ fikrlash, tafakkur qilish, tafakkur mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri va ravon ifodash kompetensiyalarini rivojlantirish”2 bosh maqsadidan kelib chiqib, izchil va sistemali, aniq amaliy natijalarni olish nuqtai nazaridan tashkil etib ta’lim samaradorligini ta’minlash dolzarb muammoligicha qolmoqda.
Biz yuqorida keltirilgan muammolardan kelib chiqib ushbu maqolada ona tili darslarini o‘quv maqsadalari taksonomiyasi (B.Blum taksonomiyasi)dan foydalanib o‘qitishning bir qancha metod va usullarini tavsiya etishni maqsad qilib qo‘ydik.
Kognitiv sohaning eng quyi bosqichi “bilim” deb ataladi. Bu kimningdir faktlar va prinsiplarni eslashi demakdir. Bu bosqichda shaxs o‘zlashtirgan bilimlarini eslashi, ularni nomlashi va aytib berishi mumkin.
2 Mengliev B. Ona tili ta’limi:Davr talabi va ijtimoiy zarurat. “Ma’rifat” gazetasi, 2017 yil,22-fevral soni, 8-9-b.
“Tushinish” bosqichida xulosalar chiqariladi, mavjud vaziyat tahlil qilinib, unga aloqador holatlar aniqlanadi. Bu bosqichda prinsiplar va qoidalar o‘rganiladi.
“Qo‘llash” bosqichida o‘rganilganlar umumlashtiriladi va turli shakllarda qo‘llaniladi. “Tahlil qilish” va “sintez” bosqichlari shaxsga berilgan holatni tahlil qilish, fakt va prinsiplarni o‘rganish sohalaridan olgan bilimlari bilan bog‘lash va bu orqali keng qamrovli aloqadorlikni aniqlash imkonini beradi.
“Baholash” eng yuqori bosqich hisoblanadi. U shaxsga ma’lum qadriyatlarga taaluqli holatlarni baholash, shuningdek, qaror qabul qilish va muammolarni hal qilish uchun baholash instrumentlarini yaratish imkonini beradi.
Jahon pedagogikasi tarixida yaratilgan taksonomiyalar haqidagi ma’lumotlarni bilish uchun quyidagi jadvalga murojaat qilamiz.

  1. jadval

Kognitiv (bilishga oid) sohaga oid yaratilgan taksonomiyalar

Muallif

Taksonomik toifalar

1. Benjamin
Blum.1956 yil

1.Bilish


2.Tushunish



3.Qo‘llash



4.Tahlil


5.Sintez


6.Baholash



2. Gilford 1967 yil

Bilish

Xotira


Divergent, yaratuv-
chanlik

Konvergent yaratuvchanlik




Baholash


3. Mak Gyur 1969 yil

Bilish


Umum- lashtirish

Oddiy muammoni hal
qilish

Murakkab muammoni
hal qilish

Sintez


Baholash


4. Gronland
1970 yil

Bilish

Tushunish

Qo‘llash

Fikrlash
qobiliyati







5.L.Vandeve
ld.1975 yil

Bilish

Tushunish

Qo‘llash

Tahlil

Yaratuv-
chanlik

Baholash

6. D. Xeynot 1977 yil

Takror- lash

Konsepsiya yaratish

Qoidalarni qo‘llash

Divergent tafakkur

Muammo ni hal
qilish




Bu jadvaldan ko‘rinib turibdiki, ba’zi taksonomiyalarda Blum taksonomiyasining aynan o‘zi yoki uning bir qismi takrorlanadi xolos. L.Vandeveld taksonomiyasida esa faqat “sintez” toifasi “yaratuvchanlik” bilan almashtirilgan xolos. Ayrim taksonomiya yaratuvchilar “muammoni hal qilish”ga ham alohida e’tibor berganlar. Bu yo‘nalishda Gilford boshqalarga nisbatan chuqurroq izlanib, konvergent muammo bir necha variantli yechimga ega bo‘lgan hollarni aks ettiradigan tafakkur turlarini ajratib ko‘rsatadi. Gilford bu ikki operatsiyadan tashqari inson qobiliyatlarining uch omili: bilish, xotira va baholashni ham farqlab ko‘rsatadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Gronland taksonomiyasidan boshqa birorta taksonomiyalarda tafakkur alohida toifa sifatida ko‘rsatilmagan, barcha mualliflar esa, qiziquvchanlik va motiv kabi o‘zgaruvchanlikni chetlab o‘tganlar. Shuning bilan
bir qatorda ularning hammasi bilimga, uni egallash va tushunishga alohida e’tibor berganlar. Xotiraga faqat Gilfordgina o‘zgaruvchi sifatida qaragan, uning taksonomiyasidagi “yaratuvchanlik” tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Kognitiv sohada yaratilgan taksonomiyalarni taqqoslar ekanmiz, bu sohada Blum taksonomiyasidan mukammalrog‘i yaratilmaganligini alohida e’tirof etish lozim. B.Blum taksonomiyasi har bir bosqichda bilimlarni aks ettirish jarayonini izchil takomillashib borishini ko‘rsatadi. Agar bilish bosqichiga informatsiyani dastlabki aks ettirishni ko‘rsatsa, tushunish undan ko‘ra yuqoriroq bosqichni ifodalaydi. Materiallarning mohiyatini tushunish keyingi bosqichlarda (qo‘llash, tahlil, sintez, baholash) kelib chiqadi. Aks ettirishning yuqori bosqichini baholash tashkil etadi.
O‘quv maqsadlarining qat’iy va ishonchli tizimini yaratishni faqat nazariyotchi olimlarni qiziqtiradigan mavhum (abstrakt) vazifa deb hisoblab bo‘lmaydi. Maqsadlarning aniq, tartibli va ierarxik turkumini yaratish, eng avvalo amaliyotchi pedagoglar uchun juda muhimdir. Buning sabablari quyidagicha:

  1. O‘quv jarayonida e’tiborni asosiy maqsadga qaratish. O‘qituvchi taksonomiyadan foydalangan holda nafaqat o‘quv maqsadlarni, balki asosiy vazifalarni, bundan keyingi faoliyatining tartibi va borishini ham belgilashi mumkin.

  2. O‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorlikdagi faoliyatining aniqligi va oshkoraligi. Aniq o‘quv maqsadlari o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga, ularning umumiy faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlarni tushuntirish, muhokama qila olish va ixtiyoriy qiziquvchi shaxslar (ota-onalar, tekshiruvchi) uchun ham aniq va tushunarli bo‘lishini ta’minlash imkoniyatini beradi.

  3. O‘qitish natijalarini baholash andozasi (etalon) ni yaratish. Faoliyat natijalari orqali aniq ifodalangan o‘quv maqsadlari, ularni ishonchli va xolisona baholash imkoniyatini yaratadi. Bunday etalon faqat o‘qituvchi tomonidan yaratilishi shart emas. Uni ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda (demokratik) yaratish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ona tili darslarida o‘quv jarayonini pedagogik maqsadalar taksonomiyasidan foydalanib tashkil etishda quyidagi tavsiyalarga asoslanish maqsadga muvofiqdir:

  1. jadval

Kognitiv (bilishga oid) sohadagi o‘quv maqsadlar toifalari

O‘quv maqsadlarining asosiy
toifalari.

O‘quv maqsadlari turlaridan namunalar.

1. Bilish
Bu toifa o‘tilgan materialni eslab qolish va takroran so‘zlab (ko‘rsatib) berishni anglatadi. Mazmun turlicha aniq dalillardan boshlab, to yaxlit nazariyalargacha bo‘lishi mumkin. Bu toifaning umumiy belgisi tegishli
ma’lumotlarni eslab qolishdir.

Ta’lim oluvchi
Qo‘llaniladigan iboralarni biladi, aniq dalillarni biladi, ish-harakat tartibi uslublarini biladi, asosiy tushunchalarni biladi, qoida va tamoyillarni biladi.




2. Tushunish
Quyidagilar o‘tilgan material ahamiyatini tushunish qobiliyatining ko‘rsatkichlari bo‘lish mumkin: materialni bir shakldan ikkinchi shaklga o‘zgartirish, bir «til» dan ikkinchi
«til»ga aylantirish (masalan og‘zaki shakldan yozma shaklga). Shuningdek, o‘quvchi tomonidan materialni tushuntirib berilishi va qisqacha bayon qilinishi (interpritatsiya) yoki hodisa va voqealarning bundan keyingi borishini tasavur etishi (oqibati va natijasini oldindan aytib berishi) ham tushunish
ko‘rsatkichlari bo‘ladi.

Ta’lim oluvchi
Dalillar, qoida va tamoyillarni tushunadi, og‘zaki materialni talqin qila oladi, sxema, diagramma, grafiklarni talqin qila oladi, og‘zaki materialni yozma shaklda ifodalay oladi, mavjud ma’lumotlar asosida kutilayotgan oqibat-natijani taxminan tasavvur eta oladi.

3. Qo‘llash
Bu toifa o‘qitilgan materialdan aniq sharoitlarda va yangi vaziyatlarda foydalana bilishni anglatadi. Bunga qoidalar, uslublar, tushunchalar, qonunlar, tamoyillar va nazariyalarni amalda qo‘llay olish kiradi. O‘qitishning bunday natijasi materialni tushunishga nisbatan ancha yuqori darajada
egallashni talab qiladi.

Ta’lim oluvchi
Tushuncha va tamoyillarni yangi vaziyatlarda qo‘llaydi, qonun, o‘rganilgan ma’дumot, nazariyalarni aniq amaliy vaziyatlarda qo‘llaydi, uslub yoki ish-harakat tartibini qo‘llay olishini namoyish qiladi.

4. Tahlil
Bu toifa materialni alohida qismlarga ajratishni bilishni anglatadi. Bunda uning tarkibiy tuzilishi aniq ko‘rinib turishi kerak. Bunga yaxlitlikni qismlarga ajratish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash, yaxlitlikning tashkil etilish tamoyillarini anglash kiradi. Bu toifa o‘quv natijalarini tushunish va qo‘llashga nisbatan anchagina yuqori darajada ekanligi
bilan xarakterlanadi.

Ta’lim oluvchi
Yashirin (noaniq) taxminlarni ifodalaydi, fikrlash mantig‘idagi xato va kamchiliklarni ko‘ra oladi, dalillar va sabablar o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlaydi, bog‘lanishlarni tahlil qila oladi.

5. Sintez
Bu toifa o‘zida yangilikni aks ettirgan yaxlitlikni vujudga keltirish uchun alohida qismlar kombinatsiyasini tuzishni anglatadi. Bunday yangi mahsulot - leksiya, nutq faoliyat rejasi yoki umumlashtirilgan aloqalar majmui (mavjud ma’lumotlarni tartibga tushirish sxemasi) bo‘lishi mumkin. Unga mos o‘quv natijalari yangi sxema va tarkibiy tuzilishlar yaratishni o‘z ichiga olgan hamda ijodiy xarakterga ega bo‘lgan faoliyatni nazarda
tutadi.

Ta’lim oluvchi
Materialning mantiqiy tuzilishini yozma matn shaklida baholaydi, xulosalarni berilgan shakllarga mosligini baholaydi, ichki mezonlardan kelib chiqqan holda, insho yozadi, tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, u yoki bu muammoni hal etish rejasini tuzishda boshqa (fan)larga oid bilimlardan foydalanadi.

6. Baholash

Ta’lim oluvchi




Bu toifa u yoki bu material (qonun, badiiy asar,o‘rganilgan ma’lumot, izlanish natijalari)ning ahamiyatiga aniq maqsad nuqtai nazaridan baho berishni anglatadi. O‘quvchi mulohazalari mezoni ichki (tarkibiy, mantiqiy) yoki tashqi (belgilangan maqsadga muvofiq) bo‘lishi mumkin. Bu mezonlar o‘quvchi yoki o‘qituvchi tomonidan belgilanishi mumkin. Bu toifa oldingi (5ta) o‘quv maqsadlarining barchasini egallanishini va ularga qo‘shimcha ravishda aniq belgilangan mezonlarga asoslanib baho bera olishni ham bilishni
nazarda tutadi.

Materialning mantiqiy tuzilishini yozma matn shaklida baholaydi, xulosalarni berilgan shakllarga mosligini baholaydi, ichki mezonlardan kelib chiqqan holda u yoki bu faoliyat ahamiyatiga baho beradi, tashqi mezonlardan kelib chiqqan holda u yoki bu faoliyat ahamiyatiga baho beradi (munosabatini bildiradi).

Ma’lumki, o‘quv maqsadlarini mashg‘ulotning didaktik maqsadlariga muvofiq belgilanishi ta’lim samaradorligini aniqlash va kamchiliklarga barham berilishiga zamin tayyorlaydi. Har bir fan o‘qituvchisi o‘rganiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv maqsadlarini aniqlashi va shu asosda mashg‘ulotlarni tashkil etishi lozim.
Endi esa ona tili darslarida fe’l so‘z turkumiga oid mavzularni o‘qitishda o‘quv maqsadlarini B.Blum takonomiyasidan foydalanib aniqlash yuzasidan namuna berib o‘tamiz. Buning uchun ko‘p javobli va nostandart testlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

  1. “Bilish” ga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshirig‘i:


Download 39.31 Kb.
1   2   3   4   5




Download 39.31 Kb.