Science and e ducation




Download 39.31 Kb.
bet3/5
Sana14.05.2023
Hajmi39.31 Kb.
#59676
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 1 ona tilidan dars mashg ulotlarini tashkil etishda ta lim texnologiyalarini
Mavzu, 4-Laboratoriya, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja, MTA 1-amaliy ish topshiriqlari, netniki, parviz 1-mustaqil ish, Ismoilov 2, j.abdulaziz.dock, 3mbum, 2-, Kimlar pedagogik faoliyat bilan shug, lab1-4.t.x, 1-Mustaqil ta'lim, 7-mavzu, openstack
Berilgan gaplardagi o‘tgan zamon fe’llarining ma’no turlarini aniqlang va jadvalga joylashtiring.

  1. Abdukarim aka bilan birgalikda to‘yxonadan kelmoqda edik.

  2. Kelini Mehriniso Toshkentlik, o‘g‘li ikkisi o‘qish davrida topishgan (O.Yo.)

  3. Kecha oqshom oydinda gulzor tomon borar eding.

  4. Bu qissani men yozib edim.

  5. Endi men o‘zimning qilmishimdan pushaymon bo‘ldim.(A.Q.)

Aniq o‘tgan
zamon fe’li

Uzoq o‘tgan
zamon fe’li

O‘tgan zamon
hikoya fe’li

O‘tgan zamon
davom fe’li

O‘tgan zamon
maqsad f’li
















Testning javobi:

5

2

4

3

1

O‘quvchi berilgan ushbu nostandart test topshirig‘i bilan ishlash jarayonida mavzu yuzasidan dalillar va atamalarni, dalillarni tanlash usulini, turkumlashni, umumiy tushuncha va nazariyalarni bilishi namoyon bo‘ladi.

  1. “Tushunish” ga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshirig‘i:

Fe’lning xoslangan shakllarini ularning ta’riflari bilan juftlang.

1

Sifatdosh

A

Bu shakl buyruq-istak, shart mayli shakllarida kelib, gapda faqat kesim bo‘lib keladigan
shakldir.

2

Ravishdosh

B

Harakat va holatning nomini bildirib, gapda otga xos vazifalarni bajaradi. Bir tomondan fe’lga, ikkinchi tomondan otga xos belgilarga
ega.

3

Harakat nomi

С

Predmetning belgisi bo‘lgan harakatni bildirib,
gapda asosan sifatlovchi - aniqlovchi vazifasida keladigan fe’l shaklidir.

4

Sof fe’l

D

Harakatining boshqa bir harakatning belgisi ekanligini anglatib, gapda ergash gapning kesimi yoki hol vazifasida keladigan fe’l
shaklidir.

Javob

1-

2-

3-

4-


Javob

1-С

2-D

3-B

4-A

Keltirilgan ko‘p javobli test bilan ishlash natijasida o‘quvchi mavzuni izohlash, tushuntirish, olingan natijani yoyish va tatbiq qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

  1. “Bilimlarni amalda qo‘llash” o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshirig‘i:

Harakat fe’llari va holat fe’llarini ajrating va mos raqamlarni jadvalning o‘ng tomoniga yozing.
1) yurmoq 2) chiqmoq 3) sudramoq 4) sakramoq 6) uchmoq 7) qimirlamoq 8) yugurmoq 9) ranjimoq 10) uxlamoq 11) tirjaymoq 12) xursand bo‘lmoq 13) shoshmoq 14) xandon urmoq 15)shoshmoq.

Fe’llarning nimani atab kelishiga ko‘ra
guruhlari

Javob raqamlari

Harakat fe’llari




Holat fe’llari




Nostandart testning javobi:

Fe’llarning nimani atab kelishiga ko‘ra
guruhlari

Javob raqamlari

Harakat fe’llari

1,2,3,4,5,6,7,8

Holat fe’llari

9,10,11,12.13,14,15

Yuqoridagi nostandart testga javob topish natijasida o‘quvchi mavzu yuzasidan o‘rgangan tushunchalar hamda qoidalarini boshqa vaziyat va topshiriqlarni hal qilishda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

  1. “Tahlil” ga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshirig‘i:

Quyida berilagan fikrlarning qaysilari to‘g‘ri?

    1. Hozirgi kelasi zamon fe’li nutq so‘zlanib turgan paytda boshlanib, undan keyin davom etadigan harakatni bildiradi. Bu fe’l shakli fe’l negiziga -y (-a) qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash orqali hosil bo‘ladi.

    2. Ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytga bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydigan kategoriyalar fe’l nisbatlari deyiladi.

С. Aniq kelasi zamon fe’li kelasi zamonda aniq bajariladigan ish-harakatni bildirib, unda istak ma’nosi ifodalanadi. Bu fe’l shaklida harakat nutq jarayonidan keyin bajarilishi aniq sezilib turadi. Aniq kelasi zamon fe’li fe’l negiziga -ajak (- yajak), -gay qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan hosil bo‘ladi.

  1. Kelasi zamon gumon fe’li harakatning bajarilishi haqidagi mo‘ljalni, taxminni gumon tarzida ifodalaydi. Bu shakl fe’l negiziga -r(-ar) qo‘shimchasini qo‘shib, tuslash orqali hosil bo‘ladi.

  2. Kelasi zamon maqsad fe’li bajarilishi maqsad qilib qo‘yilgan ish harakatni ifodalaydi. Bu fe’l shakli fe’l negizlariga -moqchi, -digan qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan hosil bo‘ladi.

  3. Hozirgi zamon davom fe’li nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilishda davom etib turgan ish-harakatni bildiradi. Bu shakl fe’l negiziga -yap,-moqda qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash bilan hosil bo‘ladi.

  4. Harakatining boshqa bir harakatning belgisi ekanligini anglatib, gapda ergash gapning kesimi yoki hol vazifasida keladigan fe’l shakli sifatdosh deyiladi.

Javob: To‘g‘ri javov: A, С, D, E, F
Yuqoridagi topshiriqni bajarish natijasida o‘quvchi mavzuni qismlarga ajratish, bu qismlarning yoyilmasi va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tuzish, qismlarni tahlil qilish, yaxlitlikni tashkil qilish tamoyillari bilan tanishadi.

  1. “Sintezlash” o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshirig‘i:

Quyida berilgan fe’llarning tuzilish jihatidan turlarini aniqlang va jadvalga joylashtiring.
1) kelmoq 2) javob berdi 3) gapirdi qo‘ydi 4) gapirmoq 5) yo‘q qilmoq 6) aytdi qo‘ydi 7) qarshi oldi 8) kirmadi qo‘ydi 9) yurmoq 10) yig‘lay-yig‘lay.

Sodda fe’l

Qo‘shma fe’l

Juft fe’l

Takroriy fe’l













Javobi:

Sodda fe’l

Qo‘shma fe’l

Juft fe’l

Takroriy fe’l

1,4,9

2,7,5

3,6,8

10

Sintezlashga oid yuqoridagiga o‘xshash topshiriqni bajarish asosida o‘quvchi berilganlarga asoslanib yaxlit qiyofa yaratish, materialning mantiqiy tuzilishini yozma matn shaklida baholash, ichki mezonlardan kelib chiqqan holda tajriba o‘tkazish rejasini tuzish, u yoki bu muammoni hal etish rejasini tuzishda o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan hodisalarning umumiyligini, bog‘liqlik omilini aniqlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

  1. “Xulosa yasash” ga oid o‘quv maqsadiga erishilganlik darajasini nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan nostandart test topshirig‘i:

  1. Quyidagi ko‘makchi fe’llarning ma’nolari to‘g‘ri izohlangan juftini jadvalning javob qismiga yozing.

    1

    O‘qiy boshladi

    A

    Harakatning to‘la bajarilishi

    2

    Bajara oladi

    B

    Harakatning davomliligi

    3

    Borib turibman,o‘qib yuribdi

    С

    Harakatning tez va oson bajarilishi

    4

    O‘qib chiqdi

    D

    Harakatni bajarishga imkoniyat

    5

    Yozib tashladik

    E

    Harakatni bajarishga kirishish

    Javob:

    1-

    2-

    3-

    4-

    5-

    Javob:

    1-E

    2-D

    3-B

    4-A

    5-С

  2. Fe’llarning tuslanish guruhlarini jadvalining javoblar qismiga yozing.



Birlik

javob




Ko‘plik

javob

I shaxs

-m
-ng
-




I shaxs

-k
-ngiz
-(lar)




II shaxs

-man
-san
-




II shaxs

-miz
-siz
-lar




III shaxs

-ay,(-ayin)
-gin
-sin




III shaxs

-aylik
-ingiz
-sinlar




Javob:



Birlik

javob




Ko‘plik

javob

I shaxs

-m
-ng
-

1-guruh

I shaxs

-k
-ngiz
-(lar)

1-guruh

II shaxs

-man
-san
-

2-guruh

II shaxs

-miz
-siz
-lar

2-guruh

III shaxs

-ay,(-ayin)
-gin
-sin

3-guruh

III shaxs

-aylik
-ingiz
-sinlar

3-guruh

Baholashga oid, ya’ni maqsadga muvofiq holda qo‘llanilgan material yoki uslublarni baholash uchun tuzilgan testlar bilan ishlash asnosida o‘quvchi o‘z bilimlarini ichki va tashqi mezonlar asosida baholashni o‘rganadi.
Xulosa shuki, ta’lim-tarbiya jarayonida Blum taksonomiyasiga binoan o‘quv maqsadlarining aniqlanishi, o‘quvchilarning o‘quv maqsadlariga erishish darajasini nazorat qilish va baholashda nostandart test topshiriqlaridan foydalanish, nazoratning haqqoniyligi, keng qamrovliligini ta’minlaydi. Barcha fanlar qatori ona tili darslarida ham ta’lim oluvchilarga ma’lumot berishda ta’limning ilg‘or tajribalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va turli interfaol metodlar asosida ta’lim berish orqali kutilgan natijaga erishish mumkin. Qolaversa, zamonaviy ta’lim berishda o‘qituvchi kasb mahoratining turli qirralarini namoyon etishi ham bu davr talabidir.



Download 39.31 Kb.
1   2   3   4   5




Download 39.31 Kb.