|
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
|
bet | 3/7 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 45,64 Kb. | | #158292 |
Bog'liq elektron-talim-resurslari-va-multimediali-elektron-o-qitish-vositalari-orqali-talim-muhitining-rivojlanishiADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
2016 yil Campus Technology o‗qituvchilar o‗rtasida ―Texnologiyalarni qo‗llab dars o‗tish‖ mavzusida so‗rovnoma o‗tkazilib, bunda 71% o‗qituvchilar an‘anaviy
ta‘lim bilan birga onlayn manbalardan foydalanishini aytganlar. Elektron ta‘lim
(adaptiv ta‘lim, onlayn ta‘lim modullarini qo‗llash) afzalliklarini an‘anaviy ta‘lim ijtimoiy texnologilari va media resurslarini birgalikda qo‗llanilishida ko‗rishimiz mumkin. Maqsad esa talabalarning demografik guruh va ijtimoiylashuvidan kelib chiqqan holda ularning ehtiyojlarini hisobga olib ta‘lim modelini ishlab chiqish. Tendensiyani yanada rivojlantirish uchun OTMda talabalar ta‘limi uchun shart- sharoitlar yaratilishi kerak. Masalan, Reyerson universitetining arxitektor-talabalari
www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
virtual reallik garniturasini o‗zlarining hajmi katta loyiha eskizlari uchun qo‗llamoqdalar. Ko‗pgina o‗qituvchilar o‗quv jarayonini internet bilan bog‗lasalarda, kuzatuvchilarning fikricha aralash ta‘limda internetning ham roli bor, bunda talaba individual yondashuvga ega bo‗ladi. Elektron ta‘lim muammosi yechimi ―NMC Horizon Hisoboti- OTM‖ nashriyotining oxirgi 5 yillik tendensiyalari ro‗yxatiga kiritilgan. Londondagi Imper tibbiyot kolleji talabalari an‘anaviy va onlayn ta‘limni birgalikdagi qo‗llanilishiga asoslangan ikkita tajribada ishtirok etdilar. Talabalar video ma‘ruzani ko‗rib, vazifalarni bajarish imkoniyatini mavjudligini yuqori baholadilar. Talabalar ushbu model tushunarli animatsiyalar bilan yaxshi tizimlashtirilgani va o‗z-o‗zini baholashda interaraktiv savollarga egaligini aytib o‗tishddi. Amerika OTMlari ham qabul qilingan yechim auditoriyada va auditoriyadan tashqarida amalga oshirsa bo‗ladi degan fikrdalar. Yurist-talabalarga esa aralash ta‘lim ma‘ruza va materiallarni internetda ko‗rish imkonini beradi, bundan tashqari murakkab savollarga javob topish uchun ham vaqt yetadi deb aytmoqdalar.
|
| |