|
Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723 elektron ta'lim resurslari va multimediali elektron o‘qitish vositalari orqali ta'lim muhitining rivojlanishi xusan Xolmuratovich Muratov
|
bet | 4/7 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 45,64 Kb. | | #158292 |
Bog'liq elektron-talim-resurslari-va-multimediali-elektron-o-qitish-vositalari-orqali-talim-muhitining-rivojlanishiMUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi globallashuv davrida internet tarmog‗i orqali real vaqt tizimida o‗qitish tezlik bilan rivojlanib borayotgan ta‘lim olish turlaridan biri hisoblanmoqda.
Elektron ta‘lim tizimi ixtiyoriy masofadan hech bir to‗siqlarsiz ta‘lim berish va ta‘lim olish imkoniyatini yaratadi. Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, an‘anaviy ta‘lim tizimiga nisbatan real vaqt tizimidagi masofaviy ta‘lim tizimida o‗qitish
samaradorligi yuqoriroqdir (Means, Toyama, Merfi, Bakiya va Jons, 2013). Real
vaqt tizimidagi masofaviy o‗qitish tizimida video ma‘ruzalardan foydalanish eng samarali o‗qitish usulidir. Misol keltiradigan bo‗lsak, Vang (2008) Tayvand davlatida
10 yil meditsina sohasida o‗qib, onlaynda o‗qitilayotgan tibbiyot bo‗yicha video
ma‘ruzalar yordamida aholi orasida tibbiy xizmatni yaxshilanganligini aytadi. Yana bir misol, Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida joylashgan Chung- Ang universitetida har bir fan bo‗yicha onlayn elektron sinfi (e-class) mavjud. Fanga qatnashishga ro‗yxadan o‗tgan talaba ―e-class‖ ga ham kirish huquqiga ega bo‗ladi. Ushbu ―e-class‖ da nafaqat Microsoft Power Point dasturida qilingan prezentatsiyalar balki, video ma‘ruzalar, uy vazifasi topshiriqlari ham mavjud. Mashg‗ulotga ma‘lum sabab bilan qatnasha olmagan yoki darsni yaxshi o‗zlashtira olmagan talaba ―e-class‖ ga kirib video ma‘ruzalardan foydalanishi mumkin. Bu albatta ta‘lim olish samaradorligini yanada oshiradi va yetuk kadrlar tayyorlashga zamin bo‗ladi degan fikrdaman.
www.ares.uz
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Hozirgi kunda ta‘lim jarayoniga axborot-kommunikasiya texnologiyalari (AKT) shiddat bilan kirib kelishi bilan birga, u ta‘limning samaradorligini oshirishda eng qulay omillardan biri bo‗lib qolmoqda. Shuning uchun ham ilg‗or mamlakatlar
kompyuter texnikasidan, unumli foydalanishga
zamonaviy axborotkommunikasiya qaratilgan izlanishlar to‗xtovsiz
ta‘lim tizimida texnologiyalaridan kechmoqda.
Umuman olganda, hozirgi kunda jamiyatni standart sanoatlashgan iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o‗tishi kuzatilmoqda. Yangi iqtisodiyot mijozlari – foydalanuvchilar iqtisodiyoti hisoblanadi, shuning uchun jahon axborot va telekommunikatsiya sanoatini rivojlanishini asosiy omili keng ko‗lamda yangi avlod xizmatlarini taqdim etish bo‗lib kelmoqda.
Ta‘limda fan va ishlab chiqarish bilan integrasiyasining asosli mexanizmlarini
ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o‗qishni, mustaqil masofaviy ta‘lim tizimi bilim olishni individuallashtirish, texnologiyasini ishlab chiqish va o‗zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida ETdan foydalangan holda talabalar o‗qishini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. O‗quv jarayonini ET asosida tashkil etish, shu jumladan, o‗quv materiallarini bayon etishni takomillashtirish tamoyillariga ma‘lum o‗zgartirishlar kiritish kerak bo‗ladi. Bunda ta‘lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish maqsadga erishishdagi eng samarali yo‗ldir. Ta‘lim tizimiga elektron axborot ta‘lim texnologiyalarini tatbiq etish, ta‘lim muassasalarining moddiy texnik bazasini tanqidiy baholash va takomillashtirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- ETni o‗quv jarayoniga tatbiq etish uchun lozim moddiy texnika bazasini yaratish;
- o‗quv jarayoni uchun ET mo‗ljallangan ta‘lim texnologiyalarini yaratish va qo‗llash;
- talabalarni zamonaviy ET texnologiyalari sohasida bilim va ko‗nikmalarini
shakllantirish;
- ETni joriy etish orqali ta‘lim tarbiya va o‗qitish jarayonining samaradorligini oshirish.
Elektron axborot resurslari ta‘limga oid axborotlarni yig‗ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidan iborat bo‗lib, u ta‘limga oid turli axborotlarning yaratilishini belgilovchi ichki va tashqi omillarga bog‗liq:
- ichki omillar — bu axborotlarning yaratilishi, turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
www.ares.uz
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Scientific Journal Impact Factor (sjif) 2021: 723 elektron ta'lim resurslari va multimediali elektron o‘qitish vositalari orqali ta'lim muhitining rivojlanishi xusan Xolmuratovich Muratov
|