Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan




Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana04.05.2023
Hajmi1.21 Mb.
#56296
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
tabiiy-gazlarni-uzatish-va-qayta-ishlashda-gidratlanishga-qarshi-kurash

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 677
Gidrat hosil qilishda nafaqat uglevodorodli komponentlar balki, gazdagi 
nouglevodorodli birikmalar ham ishtirok etadi. Gaz tarkibida vodorod sul’fidi va is gazi 
miqdorining oshishi gidrat hosil bo’lish muvozanat haroratining oshishiga va 
muvozanat bosimining pasayishiga olib keladi (masalan, toza metan uchun 50 𝑎𝑡𝑚. 
bosimda gidrat hosil bo’lish harorati 60 °𝑆 ni tashkil etsa, 𝐻
2
𝑆 miqdorining oshganda 
uning qiymati 10 °𝑆 ni tashkil etadi. 
Azot saqlovchi tabiiy gazlar yanada quyi haroratlarda gidratlanadi hamda bu holda 
gidratlarning turg’unligi ortadi. 
Suyuq uglevodorodli gazlarning gidratlanishi uchun yanada yuqori bosim va quyi 
harorat talab etiladi. Tabiiy gazlardan farqli ravishda suyuq uglevodorodli gazlarda 
tizimdagi bosim oshishi bilan gidratlanish ko’payadi. 
Bundan tashqari, tabiiy gazlardagi singari issiqlik ajralib, tizimdagi harorat 
ko’tariladi. Hajm doimiy qolgani bois, harorat oshishi bilan tizimda bosim o’sadi. 
Suyuq uglevodorodlar gidratlari hajm qisqarishi oqibatida bosim pasayishi bilan 
kuzatiladi. Chunki, suyuq uglevodorodlar ishtirokida gidratlarning hosil bo’lishi 
anchayin qiyin kichadi. Jarayon boshlanishi uchun tizimni muvozanat sharoiti muayyan 
vaqt oralig’ida mos sharoitlarda turishi lozim. Biroq, manfiy haroratlarda kichik muz 
kristallari hosil bo’lgach gidratlar tez hozil bo’la boshlaydi. Qizig’i, suyuq 
uglevododrodli gazlar gidratlari suvdan yengil. 
Siqilgan gazlar kritik harorati havo haroratidan past bo`lgan uglevodorodlar 
hisoblanadi. Siqilgan gazning asosiy tarkibiy qismi bo`lgan metanni suyuq holatga 
o`tkazish uchun − 82°𝑆 harorat talab etiladi. Atmosfera bosimida esa metan − 161°𝑆 
haroratda ham suyuq holatga o`tadi. − 82 °𝑆 haroratdan yuqori bo`lganda har qanday 
yuqori bosimda ham metan suyuq holatga o`tmaydi. 
Yo’ldosh gazlar xalq xo’jaligida maishiy ehtiyojlar uchun va avtotransportlarda 
yoqilg’i uchun qo’llaniladi. Shuningdek, piroliz jarayonlari uchun xom ashyo sifatida, 
texnologik jarayonlarda sovituvchi, erituvchi va boshqa bir qancha maqsadlarda tovar 
mahsulot yoki, xomashyo sifatida foydalaniladi. 
Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod 
gazlari hosil bo’ladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga ko’ra bir–biridan farqlanadi. 
Termik kreking gazlari tarkibida metan va boshqa miqdorda to’yinmagan 
uglevodorodlarga boy bo’ladi. Katalitik kreking gazlarida butanlar va butilenlar miqdori 
ko’pligi bilan tavsiflanadi. 
Gidrat hosil qiluvchi komponentlar asosan tabiiy gaz tarkibidagi yengil 
uglevodorodlar – metan, etan, propan, izobutan, shuningdek, azot, uglerod ikki oksidi 
va vodorod sulfid hisoblanadi. Tabiiy gaz gidratlari quyidagi formulaga egadir: 
metan geksagidrati– 𝐶𝐻
4
⋅ 6𝐻
2
𝑂; 
etanning oktagidrati– 𝐶
2
𝐻
6
⋅ 8𝐻
2
𝑂; 
propan geptadekagidrati– 𝐶
3
𝐻
8
⋅ 17𝐻
2
𝑂; 



Download 1.21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan

Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish