• 3-§. Maydalagichlarga (shekali, valikli, konusli, bolg‘ali) qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
  • -§. Sig‘imlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari




    Download 132.64 Kb.
    bet14/19
    Sana01.04.2022
    Hajmi132.64 Kb.
    #19182
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    xfx
    fizik kimyo fanini oqitishda baliq skeleti metodidan fojdalanish. (1), 4. LAZERLARNING TURLARI @fizika, Тулибоев Максадбек Зохид угли
    2-§. Sig‘imlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
    151. Klinker, sement va xom ashyo aralashmasini saqlash sig‘imlari (siloslar, bunkerlar va boshqalar) materiallarni yuklash va yuk bo‘shatish paytida chang tutish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. CHang tutish moslamalari ishga yaroqsiz bo‘lganda siloslarni ishlatish man etiladi.
    152. Sig‘imlarning tepasi perimetri bo‘yicha to‘silgan bo‘lishi va to‘siqlar GOST 12.4.059-87 «Qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar» talablari bo‘yicha bajarilishi kerak.
    153. Sig‘imlar galereyasidagi oynaning romlarini ochiq holatda ushlab turish uchun moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Oyna romini ochish galereya polidan turib amalga oshirilishi kerak.
    154. Sig‘imlar galereyasi truboprovodlaridan o‘tish uchun o‘tish ko‘priklarini o‘rnatilishi GOST 12.4.059-87 «Qurilish. Inventar himoyalovchi to‘siqlar. Texnik shartlar» talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
    155. Sig‘im ichiga tushish oldidan quyidagi xavfsizlik choralari ko‘rilishi kerak:
    sig‘imga ketayotgan hamma pnevmotrassalardagi tiqin jo‘mraklari yopilishi va GOST 12.4.026-76 bo‘yicha «Tiqin jo‘mraklari ochilmasin, odamlar ishlayapti!» yozuvli taqiqlovchi xavfsizlik belgisi osib qo‘yilishi lozim.
    sig‘imga tushayotganlarda ish bajarish uchun asboblar, yakka tartibdagi himoya vositalari, signalizatsiya yoki bog‘lovchi (signal, arqon, gaplashish manbai, radioaloqa) vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
    156. Kajavalar o‘tirgich, oyoq uchun tirgovuch, to‘siq va asbob saqlash va qotirish anjomlari bilan jihozlangan (cho‘ntaklar, xomutlar va boshqalar) bo‘lishi lozim.
    157. Kajava to‘sig‘ining balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi, qo‘shimcha to‘siq planka balandligi 0,6 m bo‘lishi lozim, lyulkani osib qo‘yish vositalari uning to‘nkarilishini bartaraf qilishi lozim.
    3-§. Maydalagichlarga (shekali, valikli, konusli, bolg‘ali) qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
    158. Maydalagich mashinalarining boshqarish pultlari kuzatish va masofadan boshqarish kabinalarida joylanishi lozim. Kuzatish va masofadan boshqarish kabinalaridagi ish joylari GOST 12.2.032-78 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
    159. Maydalagich mashinalar, qabul qilish va transportirovka qurilmalarini boshqarish maydonlarining pultlari ikki tomonlama ovozli yoki chiroqli signalizatsiya tizimi (elektr qo‘ng‘iroq, miltillovchi elektrlampa) bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
    160. Maydalagich mashinalari qabul qilish teshiklari va to‘ldirish mexanizmlariga xizmat ko‘rsatuvchi maydonlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
    161. Maydalagich mashinalarining to‘ldirish va bo‘shatish joylari havo tozalovchi aspiratsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
    162. Maydalagich mashinalarni to‘ldirish teshiklaridan material bo‘laklari otilib ketmasligi uchun temir to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
    163. SHekali maydalagichlarning to‘ldirish teshiklari balandligi 1 m dan kam bo‘lmagan yaxlit temir to‘siqlarga ega bo‘lishi lozim.
    164. Valikli maydalagich mashinalarni valigi tiqilib qolganda yurgizuvchi avtomatik ravishda o‘chishi lozim.
    165. Ta’mirlash ishlarini bajarish uchun maydalagich mashinasining xonasi yuk ko‘tarish mashinalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

    Download 132.64 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 132.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Sig‘imlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari

    Download 132.64 Kb.