• 15-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
  • -§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar




    Download 132.64 Kb.
    bet9/19
    Sana01.04.2022
    Hajmi132.64 Kb.
    #19182
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
    Bog'liq
    xfx
    fizik kimyo fanini oqitishda baliq skeleti metodidan fojdalanish. (1), 4. LAZERLARNING TURLARI @fizika, Тулибоев Максадбек Зохид угли
    14-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
    77. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 «Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi» talablariga mos kelishi kerak.
    78. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
    79. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
    80. Tashkilot hududidagi hojatxonalar isitish va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
    81. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda er qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlaridan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
    15-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
    82. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
    III bob. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
    1-§. Texnologik jarayonlarga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari
    83. Sement ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 «Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari»ga muvofiq bo‘lishi lozim.
    84. Ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
    ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko‘rsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qo‘llash;
    ishlovchilarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydigan birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, butlovchi mahsulotlarni qo‘llash, agar ushbu talabni bajarishning imkoni bo‘lmasa, ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligini va xodimlarning himoyasini ta’minlovchi choralar ko‘rish;
    shikastlanish va kasb kasalliklari manbai bo‘lmagan ishlab chiqarish uskunalarini qo‘llash;
    xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qo‘llash;
    ishlab chiqarish uskunalarini to‘g‘ri joylashtirish va ish joylarini to‘g‘ri tashkil etish;
    birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transport vositalarida tashishning xavfsiz usullarini qo‘llash;
    xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining xususiyatiga mos keluvchi himoyalash vositalarini qo‘llash;
    ish bajarilayotgan paytdagi xavfli hududlarni belgilash.
    Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli me’yorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
    85. Ishlab chiqarish jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-o‘lchash asboblari, himoya to‘siqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob-uskunalar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
    86. Ishlab chiqarish jarayoni texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
    87. Ishlab chiqarish jarayonida birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlar qo‘llanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega bo‘lgan oraliq moddalar hosil bo‘lsa xodimlarga oldindan o‘zini bexatar tutish qoidalari haqida ma’lum qilinishi va ular tegishli tartibda o‘qitilishi va himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
    88. Birlamchi material va yarim tayyor mahsulotlarni qo‘llashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigienik me’yorlar tasdiqlangandan so‘ng ruxsat etiladi.

    Download 132.64 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




    Download 132.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar

    Download 132.64 Kb.