• 11-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
  • -§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari




    Download 132.64 Kb.
    bet7/19
    Sana01.04.2022
    Hajmi132.64 Kb.
    #19182
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
    Bog'liq
    xfx
    fizik kimyo fanini oqitishda baliq skeleti metodidan fojdalanish. (1), 4. LAZERLARNING TURLARI @fizika, Тулибоев Максадбек Зохид угли
    10-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
    50. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi QMQ II 89-80 «Sanoat tashkilotlarining bosh plani» talablariga mos bo‘lishi kerak.
    51. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
    52. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
    53. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
    54. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
    55. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
    11-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
    56. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari QMQ 2.09.02-85 «Ishlab chiqarish binolari» talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
    57. YOrdamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 «Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy binolari» talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
    58. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak.
    59. Nam xonalarda hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga mo‘ljallangan ish joylarida yog‘och to‘shamalar va panjaralar yotqizilgan bo‘lishi kerak.
    60. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan engil tozalangan bo‘lishi kerak.
    61. Binoga transport vositalarining kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
    62. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
    63. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
    64. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
    65. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
    66. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
    67. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.

    Download 132.64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




    Download 132.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari

    Download 132.64 Kb.