• 13-§. SHamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
  • -§. SHovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar




    Download 132.64 Kb.
    bet8/19
    Sana01.04.2022
    Hajmi132.64 Kb.
    #19182
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
    Bog'liq
    xfx
    fizik kimyo fanini oqitishda baliq skeleti metodidan fojdalanish. (1), 4. LAZERLARNING TURLARI @fizika, Тулибоев Максадбек Зохид угли
    12-§. SHovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
    68. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 «Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari», SanQvaM 0122-01 «Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari», GOST 12.1.003-89 «SHovqin. Umumiy xavfsizlik talablari» va GOST 12.1.012-90 «Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari» talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
    69. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
    detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga o‘zgartirish;
    shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
    agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
    shovqinli uskunalarni (ventilyator, kompressor) to‘silgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
    tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga o‘xshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyasiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
    70. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, shaxsiy eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari quloqchin va shovqinga qarshi kaskalardan foydalanish kerak.
    13-§. SHamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
    71. SHamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 «Isitish, shamollatish va konditsionerlash» talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
    72. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish erdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
    73. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
    74. Ish joylarida havo harorati engil jismoniy ishda 21°S, o‘rtacha og‘ir ishda 17°S va og‘ir ishda 16°S dan past bo‘lmasligi lozim.
    75. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
    76. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

    Download 132.64 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




    Download 132.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. SHovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar

    Download 132.64 Kb.