Harakatlarga o‘rgatishdagi boshlang'ich tushunchalar




Download 49.83 Kb.
Sana11.04.2023
Hajmi49.83 Kb.
#50248
Bog'liq
Harakatlarga o
2-mavzu slayd, Differesial tenglamalarni matematik paketlar bilan sonli yechish, jurayev, JISMONIY TARBIYA VOSITALARI, Zuhriddin Kurs Ishi (2), ПАМЯТКА ДЛЯ РОДИТЕЛЕЙ, 04. 21-23 ONTOGENEZ – TIRIK ORGANIZMLARNING INDIVIDUAL RIVOJLANISHI, 4440 65 203572 Мирхамидова Дарс ишланма 7.11.17, 33822 РЕЙТИНГ ЖАДВАЛИ МЕЗОНИ 2015, 04.07.2023Договор на реализацию туристского продукта на 2023 год ANEX, 031 ООО OLTIN-QUM-MANBAI MCHJ 0310222 (2), Документ Microsoft Word, Документ Microsoft Word (4)

Harakatlarga o‘rgatishdagi boshlang'ich tushunchalar. Jismoniy tarbiya jarayonida o'rgatish “inson o'z harakatlarining to'laqonli boshqarish usullarini tizimli o'zlashtirishi, ushbu yo'llar orqali hayot xazinasi uchun zarur bo‘lgan harakat ko'nikma va malakalari bilan bog'liq bilimlar” deb ataladigan jismoniy ta’lim qismini ta’minlaydi (L.P.Matveev, 1983). Jismoniy tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchilarni turli harakat faoliyatlariga o‘rgatish bilan birga, ularni o‘z tana harakatlari qonuniyatlarini anglab olishi va o‘z harakatlarini boshqarish imkoniyatlarini rivojlantirishga ham o‘rgatiladi. Shuningdek, jismoniy rivojlanishni boshqarish uchun umumrivojlantiruvchi mashq sifatida qo'llaniiadigan harakatlami to'g'ri bajarishga o‘rgatiladi. Natijada, o'quvchilar mehnat jarayonida, yoki sport mashg'ulotlarida zarur bo'lgan harakat faoliyati texnikasiga o‘rgatiIadi. Biron - bir harakat faoliyati texnikasini egallashda uni bajarish ko‘nikmasi yuzaga keladi, keyinchalik mustahkamlashtirish va takomillashtirish natijasida ko'nikma asta - sekinlik bilan malakaga aylanadi. Ko'nikma va malaka inson tomonidan ongli ravishda boshqarish usullarining o'zlashtirish darajasiga qarab bir - biridan farq qiladi. Yangi harakat faoliyatini bajara olish ko'nikmasi quyidagi asosiy yo'nalishlarda yuzaga keladi: qisman bo'lsada harakat texnikasi haqida asosiy bilimga ega bo'lish; harakat tajribasiga egaligi; yetarli darajadagi jismoniy tayyorgarlik; yangi harakatlar tizimini tuzish jarayonida ijodiy fikrlashdan iborat. Hayolan yondoshgan holda, harakatlami boshqarish jarayonida harakatlaming bajarish usullarini har doim takomillashtirish maqsadga muvofiq. Ushbu jarayon harakat ko'nikmasining mazmunini tashkil qiladi. 71 Harakat ko‘nikmasi - tushunchasi shunday darajaki, harakat faoliyati jarayonida harakatlaming noturg'un chalg'ituvchi omillari va natijaiaming o‘zgaruvchanligini ongli ravishda boshqarishdan iborat. Jismoniy tarbiyada harakat ko‘nikmalarining ahamiyati turlicha boiishi mumkin. Ayrim vaziyatlarda ko'nikma malakaga aylanishi mumkin, agarda harakat faoliyati texnikasini takomillashgan darajada egallaganda erishish mumkin. Boshqa holatlarda harakat ko‘nikmalari navbatsiz malakaga aylanish jarayonida shakllanadi. Ular ushbu sharoitda yordamchi hisoblanadi. Masalan, maktabda jismoniy madaniyat dasturi aynan ko'nikma darajasida o‘zlashtirilishi lozim. Harakat ko'nikmalari katta ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lib, ulaming asosi harakatlami analiz va sintez qilishga yo‘naltirilgan faol ijodiy fikrlash hisoblanadi. Harakat malakalarini takomillashtirish davomida ko‘p marta takrorlash uning avtomatlashgan tarzda bajarilishiga olib keladi va malakaga aylanadi (5-rasm). Bunga har doim harakatlami aniqlash va tuzatish orqali erishiladi. Natijada harakatlami uyg‘unlashuvi va turg‘unlashuvi shakllanadi, asosan — harakatlami avtomatlashgan tarzda boshqarishga erishiladi. 72 5-chizma. Harakat ko’nikma va harakat malakalarini shakillantirish. Harakat malakasi - harakat texnikasini yuksak darajada egallash, harakatni avtomatlashgan tarzda boshqarish, harakatni bajarishga boigan ishonch va uning mustahkamligidan iborat. Malakada onglilik harakatning uzviy jihatlariga yo‘naltirilgan bo‘lib, o'zgaruvchan vaziyatda va harakat natijasining yakuniga bog'liq. Demak, shug‘ullanuvchiiar yugurish vaqtida asosan o‘z diqqat e’tiborini 73 tezlikni nazorat qilishga jalb qiladi; uloqtirishda - harakat natijasida yuqori samaradorlikka erishuvchi kuchlanishni bajarishga yo‘naltiradi. 0 ‘rgatishda samaradorlik bosqichi ko‘nikmaning malakaga aylanish davomiyligi quyidagilarga bog‘liq: 1) harakatchanlik iqtidori (tug'ma imkoniyatlari) va o‘rganuvchining harakat tajribasiga (harakat tajribasi qanchalik ko‘p boisa, yangi harakatlar shunchalik tez shakllanadi); 2) o‘rganuvchilaming yoshiga (bolalar kattalarga nisbatan harakatlami tez o‘zlashtiradilar); 3) harakat faoliyatining koordinatsion jihatdan qiyinligi (harakat texnikasi qanchalik qiyin boisa o‘rgatish jarayoni shunchalik uzoq davom qiladi); 4) o‘qituvchining kasbiy mahoratiga; 5) o‘rganuvchilaming onglilik va faolligiga, motivatsiya darajasiga va boshqalarga. 6.2. Harakatlarga dastlabki o‘rgatish bosqichi. 0 ‘rgatish — ijtimoiy sub’yekt sifatlarini tizimli va tashkillashgan ravishda shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur boigan biron - bir harakatni bajarish jarayonidir. 0 ‘rgatish o‘rganish va o'qitishni o‘z ichiga qamrab oladi. O'rganish - o'rganuvchining bilim, ko‘nikma va malakalami egallash faoliyatidir. O'qitish - pedagogik faoliyat boiib, o‘qituvchining tashkilotchiligi va shug‘ullanuvchilaming o‘quv faoliyatini boshqarishdan iborat. Harakat faoliyatiga oigatish jarayonida o‘z harakatlarini boshqarishga o‘rgatish vazifasi qo'yiladi. Demak, harakat yo‘nalishi, amplitudasi, shakli, bajarish tezligi, berilayotgan kuchlanishni nazorat qilishdan iborat. Harakat faoliyatiga o‘rgatish jarayoni vazifalaming bir - biridan farqlanishi va metodikaning xususiyatlaridan iborat uchta bosqichdan iborat. Dastlabki o‘rgatish bosqichi. Maqsad — o'quvchilarda dastlab o‘rganilayotgan harakat texnikasi asoslarini shakllantirish va umumiy tarzda bajarilishiga erishish. 74 Asosiy vazifalar. 1. Harakat faoliyati va uni bajarilishi haqida tasawur va fikrlashni shakllantirish. 2. 0 ‘rganilayotgan harakat elementlari yoki yondoshtiruvchi mashqlami o‘zlashtirish orqali asosiy tayanch nuqtalariga doir harakatlar haqida tasavvur hosil qilish. 3. Umumiy tarzda harakat faoliyatini to‘liq (dastlabki ko'nikmalar darajasida) bajarishga erishish. 4. Harakat faoliyati texnikasi buzilishini oldini olish va uni o‘z vaqtida bartaraf qilish. Ushbu vazifalar navbatma - navbat amalga oshiriladi. 0 ‘quvchilarda texnika haqidagi tasavvur o'qituvchining mashqni, ya’ni, bajarilayotgan harakatni ko'rgazmali qurollar yordamida tushuntirishi, shug‘ullanuvchilaming harakatni birinchi marta bajarish jarayonidagi mushaklaming sezishi natijasida shakllanadi. Bularning barchasi harakat texnikasini chamalashsiz bajarib bo‘lmaydigan asosini tashkil qiladi. Shug‘ullanuvchilaming jismoniy tayyorgarligi, harakat faoliyatiga qismlarga bo‘lib va butunligicha o‘rgatishda o‘rganilayotgan mashq texnikasining qiyinligi va uning xususiyatlariga bog'liq. Ushbu o‘rgatish bosqichida harakatlami yengil bajarishda yondoshtiruvchi mashqlar keng qo‘llaniladi. Harakatlami o‘zlashtirish xatolik va xatosiz o'zlashtirilishi mumkin. Dastlabki o‘rgatish jarayonida ommaviy tus olgan quyidagi harakat xatolari mavjud: a) ortiqcha va keraksiz harakatlar; b) harakat yo‘nalishi va maromdagi farqlar; v) harakat faoliyatidagi ritmning buzilishi. Xatolaming sabablari: harakat vazifalari haqida aniq tasawurga ega bo‘lmaslik; koordinatsion qobiliyatlar, aniqlik va boshqa harakat sifatlarining yaxshi ri voj lanmaganligi; qo‘rquv, e’tiborsizlik, ishonchsizlik, shug'ullanuvchilaming ortiqcha qo‘zg‘aluvchanligi, charchash holati va boshqalar boiishi mumkin. 75 Xatolami tuzatishning asosiy yo‘llari: xatoni ko‘rsatish lozim, to‘g‘ri bajarishni ko‘rsatish va o'quvchilarga to‘g‘ri usul bilan bajarishini egallashi uchun qo‘shimcha imkon yaratish zarur. Agarda bu ham natija bermasa, u holda yondoshtiruvchi mashqlarga qaytiladi. Harakatlarga dastlabki o‘rgatish bosqichining davomiyligi quyidagilarga bog‘liq: 1) o‘rganilayotgan mashq texnikasining qiyinlik darajasiga; 2) shug‘ullanuvchilaming tayyorgarlik bosqichiga; 3) ularning yakka xususiyatlariga; 4) malakalarning ko'chish samarasidan ijobiy foydalanish imkoni mavjudligiga. 6.3. Chuqurlashtirib o‘rgatish bosqichi. Ushbu bosqichning maqsadi-harakat ko‘nikmalarini to‘laqonIi shakllantirishdan iborat. Asosiy vazifalar. 1. Texnika bo'laklaridagi kabi va barcha asosiy tayanch nuqtalaridagi harakatlami aniqlashtirish. 2. Harakat faoliyati va dinamik tavsifdagi texnikani diqqat bilan to‘liq bajarilishini nazorat qilishga erishish. 3. Harakat texnikasidagi, ayniqsa asosiy qismdagi mayda xatolami bartaraf qilish. Ushbu vazifalar hamjihatlikda hal qilinishi mumkin. 0 ‘rgatishning ushbu bosqichdagi samaradorligi 0‘rgatishning vosita va usullari, uslublami to‘g‘ri tanlanganligiga bog'liq. Butunligicha bajarish uslubidan foydalanish jamlanmasida texnika bo‘laklarini to‘g‘ri bajarilganligini sezishga yo‘naltirilgan ovoz va harakat ko‘rinishini namoyish qilishni qo‘llash maqsadga muvofiq. Tushuntirish uslubiyati o‘z shaklini o‘zgartirib suhbat, tahlil va harakat texnikasini muhokama qilishga aylanadi. Bunday yondashuv o‘rganilayotgan harakat texnikasini yanada chuqurroq anglashga imkon yaratadi. Ushbu bosqichda turli-tuman majmuali vositalar keng qo‘llaniladi. 76 1. 0 ‘rganilayotgan harakat faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, mushak tizimi va butun tanani mustahkamlash uchun mashqlar qo‘llaniladi. 2. Soddalashtirilgan shaklda, butunligicha yoki qismlarga boiib, mashqlami bajarish yo‘li orqali asosiy harakatga tayyorlovchi yondashtiruvchi mashqlar qo‘llaniladi. Odatda yondashtiruvchi mashqlar o‘rganilayotgan harakat faoliyatini bog'lovchi bir qancha element va qismlami o‘z ichiga oladi. Shakli va harakat tavsifiga ko‘ra ushbu mashqlar o‘rganilayotgan mashqlar bilan o'xshash ahamiyatga ega bo‘lishi lozim. Masalan, o‘quvchi uch qadamdan yugurib balandlikka sakrashdagidek depsinishni bajaradi, plankadan o'tish o‘miga siltanuvchi oyog‘ini yuqorida osilgan buyumga tekkizadi. 3. Yondoshtiruvchi mashqlami qo‘llash davomiyligi 0‘rganilayotgan mashqlaming qiyinligi va shug‘ullanuvchilaming tayyorgarligiga bog‘liq. Yondoshtiruvchi mashqlami qoMlashda tanaffus bo‘lmasligi lozim, aks holda oldin o‘rganilgan harakatlar esdan chiqadi va ulami ta’sir qilish samarasi pasayadi. Quyidagi holatlarga qat’iy amal qilinganda turli (tayyorgarlik, yondoshtimvchi, imitatsiya) mashqlardan foydalanish samaradorligiga erishiladi: - mashqning maqsad va vazifalari; - asosiy harakat faoliyati bilan tuzilishning bogliqligi; - mashqlaming me’yori; - bajarishni nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish. Ushbu bosqichda o'rgatishni bitta mashg‘ulot kesimida dars asosiy qismining birinchi yarmiga, ya’ni charchash sezilishidan oldin rejalashtirish lozim. 6.4. Mustahkamlash va takomillashtirish bosqichi Maqsad - harakat ko‘nikmalarini malakaga aylantirish, egallangan imkoniyatlardan maqsadli foydalanish. Asosiy vazifalar. 1. Harakat faoliyatini muntazam va avtomatik tarzda bajarilishiga erishish; 2. Texnikaning yakka xususiyatlarini takomillashuv darajasiga yetkazish; 77 3. Harakat faoliyatini amaliyotda foydalanish talablariga mos holda (tezlik vayuqori darajada tezJanish, tejamkorlik, aniqlik, to‘laqonli ritm va boshqalar) bajarishga erishish. Ushbu vazifalar o‘zaro bog'liq bo‘lganligi sababli bir vatqda va ketma-ketlikda yechilishi mumkin. Ushbu bosqichning odatiy va yangi, noqulay sharoitlarida takrorlashlar soni oshiriladi va ko‘nikmani malakaga aylanishiga imkon yaratiladi. Harakatlarni takomillashtirish maqsadida turli metodik usullar qo'llaniladi: jihozlar balandligi, harakat tezligi va amplitudasi oshiriladi, mashqlarni oqim shaklida bajarish, o‘yin, musobaqa tarzida natija va sifatli takrorlash va boshqalar. 6.5. Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari. Rus olimi I.M.Sechenov birinchi bo‘lib, bizning barcha harakatlarimiz kelib chiqishi bo‘yicha reflekslardir va “miya faoliyatining jamiki tashqi ko‘rinishlari mushak harakatiga kelib taqaladi” deb ko‘rsatgan. Harakat malakalari fiziologik nuqtai nazardan shakllanish mexanizmi bo‘yicha murakkab shartli harakat reflekslaridir. Bu reflekslaming hosil bo‘lishi uchun, turli analizatorlardan (harakat, vestibulyar, ko'rish va boshqalar) keladigan ma’lumotlar va qanday harakat qilish zarurligi hamda, bajarish xususiyatlari haqidagi xabarlar muhim ahamiyatga ega. Bunday holatda markaziy asab tizimida harakat aktining modeli bilan haqiqiy bajarilgan harakat to‘xtovsiz taqqoslanadi. Harakat malakalari sport bilan shug‘ullanishda yoki biron kasbni egallashda takrorlanadi va shu yo‘l bilan borgan sari puxtalanib, takomillashib boradi. Inson harakat faoliyatining bunday takomillashib borishi, uning harakat apparati, ishni boshqaruvchi markaziy asab tizimi faoliyatining rivojlanib borishi bilan bog‘liq. Chunki harakatning yuzaga chiqishi, ayniqsa murakkab va nozik harakatlaming bajarilishi mushak guruhlari, har xil turdagi asab-mushak harakat birliklari va mushak tolalarining ishtirokida amalga oshiriladi. Bu elementlar ishining oldiga qo‘yilgan maqsadga mos bo‘lishi, ularning bir-biri bilan mos holda 78 ish bajarishini ta’minlash uchun asab markazlari juda murakkab vazifalami bajaradi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida vaqtinchalik bog'lanishlaming hosil bo‘lishi va mustahkamlanishi mashq qilish natijasida avtomatlashgan harakat malakalarini hosil qilishga asos boMadi. Odam o‘z hayot faoliyati davrida hosil qiladigan harakat malakalari yuqori darajada rivojlangan bo‘ladi, masalan: tikka turish, yurish, yugurish, jismoniy tarbiya va sportdagi har xil harakatlar, harakat malakalariga kiradi. Malakalami hosil qilishda miya po‘stlog‘ining effektor-piramidal neyronlari bilan harakat analizatorlari va boshqa analizatorlaming po'stloqdagi sensor hujayralari o‘rtasida neyronlararo vaqtinchalik bog'lanishlar paydo bo‘ladi, odam yashaydigan tabiiy sharoitda harakat malakalari ko‘pincha sinab ko‘rish va yanglishish metodi bilan, ya’ni qidirish-sinash jarayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Harakat malakalarining shakllanish fazalari Harakat malakalarining shakllanishi asosan uchta fazada farqlanadi: a) irradiatsiya, b) konsentrlanish, v) avtomatlashish. Irradiatsiya fazasi qo‘zg‘olish jarayonining markaziy asab tizimini juda ko‘p qismga yoyilishi bilan tavsiflanadi. Natijada, muayyan harakatni yuzaga kelishida ishtirok etmaydigan mushaklar ham ishga jalb etiladi. Bunday holatda harakatni bajarish qiyin boMadi, ko‘p quvvat sarflanib tez charchashga olib keladi. Harakat malakalari shakllanishining irradiatsiya fazasi sport bilan yangi shug‘ullana bosh lagan, biror kasbni o‘rgana boshlagan kishilarda kuzatiladi. Bunday kishilarda faqat bir qo'lni harakatlantirish bilan bajariladigan mashqni, masalan, birinchi sinf o'quvchilarida yozishni o‘rganish qo‘l mushaklaridan tashqari gavdaning bir qancha mushaklarini taranglashishi bilan bajariladi. Demak, irradiatsiya fazasida qo‘zg‘alish jarayoni faqat muayyan harakatda ishtirok etadigan mushaklar markazidagina yuzaga kelmay, markaziy asab tizimining ko'pchilik qismiga irradiatsiya qilgan (tarqalgan) boMadi. 79 Konsentrlanish fazasi mashqni takrorlash natijasida qo‘zg‘olish jarayonining tegishli asab markazlariga to‘planishi bilan ifodalanadi. Harakat malakasi shakllanishining bu ikkinchi fazasida differensirovka tormozlashning (o‘xshash ta’sirlovchilami farqlash) rivojlanib muayyan harakat uchun kerak bo'lmagan ortiqcha mushaklar markazi tormozlanadi va mushaklar ishdan chetlatiladi, ya’ni qo‘zg‘olish jarayoni harakatni bajarishda bevosita ishtirok etadigan mushaklar markaziga to‘planadi. Bundan tashqari, konsentrlanish fazasida harakatning dinamik stereotipi shakllana boshlaydi. Mashqni takrorlash natijasida shartli harakat refleksining ma’lum tartibdagi tizimi harakatning dinamik stereotipi yuzaga kela boshlaydi. Bu fazada harakat ancha aniqlashadi, bajarilishi yengillashadi, quwatni sarflash kamayadi. Harakatni ko‘p marta, ayniqsa, bir xil shaklda takrorlanishi harakat malakasini avtomat ravishda bajarilishiga olib keladi, bu-malaka shakllanishining uchinchi-avtomatlashish yoki turg'unlashish (stabilizatsiya) fazasi hisoblanadi. Avtomatlashish fazasi, deganda, biz-ikkinchi fazada shakllana boshlagan harakatning dinamik stereotipining puxtalanishi va harakatning o‘z-o‘zidan avtomat tarzda bajarilishini tushunamiz. Avtomatlashgan harakatlami bajarishda quwat sarfi tejamli, ish unumi yuqori darajada bo'ladi. Shu bilan bir qatorda, bunday harakatlar bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘i nazoratida. uning passiv pastki qo‘zg‘algan qismlari ishtirokida bajariladi. Harakat malakasining uchinchi bosqichida shunday shakl beriladiki, unda harakatni izdan chiqaradigan halaqit beruvchi reaktiv kuchlar harakatning to‘g‘ri yo‘nalishdan chetga chiqishida katta miqdordagi foydali kuchlarga aylanadi va harakatni o‘zining yo‘nalishiga qaytarish uchun intiladi. Bunday shakldagi harakatlar zaminida awal yuzaga kelgan dinamik stereotip yotadi va bunday harakatlar dinamik turg‘un va avtomatlashgan harakatlar deyiladi. Malaka shakllanishining hamma bosqichlarida kuch, tezlik, chaqqonlik va chidamlilik kabi harakat faoliyatining sifatlari ma’lum ahamiyatga ega. Har bir harakat, harakat faoliyatining xususiyatlarini belgilaydigan bu sifatlarning o‘zaro bog'liqligi bilan ifodalanadi. 80 Harakat malakasi shakllanib boiganidan so‘ng, uning rivojlanishi davom etadi. Agar to‘laqonli takrorlash davom ettirilsa, unda malakaning yana ham takomillashuvi sodir boMadi, uning barqarorlashuvi davom etadi. Malakani nisbatan moslashuvchanroq qilish uchun urinish davom etadi va afzal malaka deb qaraladigan turg'unroq, yuqori harorat, shovqin va hakozalaming ta’siriga yetarli darajada moslashuvchan, kerak bo‘lsa, o‘zgaruvchan sharoitda qayta shakllantirish mumkin bo‘lgan malakani yaratish imkoni yuzaga keladi. Harakat malakasi asta-sekin nisbatan uzoqroq vaqt ichida qator mayda yaqinlanishlar orqali vujudga keladi. 1. Malakaning “salbiy tezlik” bilan shakllanishi. Та’limning birinchi bosqichida harakat faoliyatini o‘zlashtirish ancha tez amalga oshadi, keyinchalik uning sifatini yaxshilash nisbatan sust boradi. Bu yo'sindagi malakaning shakllanishi harakat faoliyati texnikasini egallash uchun xosdir. 0 ‘quvchilar harakat faoliyatlari asosini oson o‘zlashtiradilar, chunki maktab jismoniy tarbiya dasturiga oson harakatlar kiritilgan, uning detailarini o‘zlashtirish esa nisbatan uzoq davom etadi. 2. Malakaning “ijobiy va zudlik” bilan shakllanishi. TaTimning birinchi bosqichida malaka sifatining o'sishi ahamiyatli darajada bo'lmaydi. So‘ng u keskin oshadi. 3. Malaka rivojlanishining sekinlashuvi. Malaka belgilangan mahorat darajasiga yetganda, ikkala ko‘rinishdagi tezlik bilan malakaning shakllanishi sodir bo‘lishi mumkin. Malaka qancha takomillashmagan bo‘lsa, o‘z navbatida, uni yanada yaxshilash uchun shunchalar katta pedagogik mahorat va kuch talab qilinadi. 4. Malaka rivojlanishining ushlanishi. Ushlanish ikki sabab orqali sodir bo‘lishi mumkin: vaqt o'tishi bilan organizmda malakaning sifat o'zgarishlariga olib keluvchi sezilarsiz moslashuv jarayonining borishi; - ta’lim usulubiyatining noto‘g‘riligi yoki harakat sifatlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi orqali kelib chiqadigan sabablar. 81 Agar malakaning ushlanish sababi to‘g‘ri aniqlansa, uni yengish, tezroq o‘tishini ta’minlash uchun birinchi sabab vaqt, ikkinchi sabab o‘qitishning vosita va uslublari bo‘lib, lozim bo‘lsa ulami keskin o‘zgartirish kerak. Harakat malakasi barcha shartli reflekslar qatori, agar mustahkamlanib turilmasa so‘nadi. So‘nish malakaning ketma-ketligiga o‘xshash birin-ketin yoki unga teskari tartibda sodir bo'ladi. Harakat malakasi mashqni takrorlamay qo‘yish orqaligina yomonlashmay, harakat sifatlari darajasining, organizmdagi funksional imkoniyatlaming pasayishi orqali ham sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, yoshi o‘tgan gimnastikachilar siltanish bilan bajariladigan texnik jihatdan yengil mashqlami juda osonlik bilan qo‘shpoyada bajarsalar, halqada kuch bilan bajariladigan mashqlami uddalay olmaydilar. Malakaning ko‘chishi (o‘tishi). Jismoniy tarbiyaning bilim berish vazifalaridan bin belgilangan harakat malakalari tizimini yaratishdir. Natijada bir vaqtning o‘zida yoki birin-ketin harakat malakalari shakllanib, bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Malakalaming o‘zaro ta’siri bir necha xil bo'ladi: 1. Malakaning ijobiy ko‘chishi. Ijobiy ko‘chish malakalaming o‘zaro shunday munosabatiki, unda oldin hosil boigan malaka keyingi, yangisini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, tennis to‘pini uloqtirish malakasi granata uloqtirish malakasini o'zlashtirishni osonlashtiradi. Yangi hosil bo‘layotgan malakalar hayotiy tajriba va o'rgatish natijasida asoslanib, awal shakllanganlariga tayanadi. Bunda oldin shakllangan malakalaming tuzilish jihatidan o‘xshash elementlari yangisini shakllantiradi. 2. Malakaning salbiy ko‘chishi. Oldin shakllangan malaka yangisini shakllantirish jarayonida qiyinchiliklami yuzaga keltiradi. Bu ta’lim jarayonining cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, jismoniy sifatlaming rivojlanishini orqaga suradi. Masalan, suvga sakrovchidan, gimnastikachidan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek og‘ir jarayonni aytib o‘tish mumkin. Ijobiy ko'chishning foydali tomonidan iloji boricha samarali foydalanish va salbiy ko‘chish elementlaridan ogoh bo'lish malakaning shakllanish jarayonini osonlashtiradi.

83 VII. BOB. JISMONIY QOBILIYATLARNITARBIYALASH METODIKASI. Jismoniy tarbiya jarayonida hal qilinadigan asosiy vazifalardan biri insonga hos jismoniy sifatlarni to‘laqonli rivojlanishini ta’min lash hisoblanadi. Jismoniy sifatlar deb, insonning jismoniy faolligi shakllanishidagi maqsadli harakat faoliyati zamiridagi (irsiy) tug'ma morfofunksional sifatlarga aytiladi (L.P.Matveev, 1991). Asosiy jismoniy sifatlarga mushaklar kuchi, tezkorlik, chidamlilik, egiluvchanlik va epchillik kiradi. Jismoniy sifatlaming dinamik o‘zgarishlariga xos “rivojlanish” va “tarbiya” kabi atamalar ishlatiladi. Rivojlanish atamasi jismoniy sifatlarni tabiiy o'zgarishini tavsiflasa, tarbiya atamasi jismoniy sifat ko'rsatkichlarining o‘sishiga faol va yo'naltirilgan ta’sirini nazarda tutadi. Zamonaviy adabiyotlarda “jismoniy sifatlar” va “jismoniy (harakat) qobiliyatlar” atamalaridan foydalaniladi. Ammo ulaming ma’nolari bir xil emas. Harakat qobiliyatlarini umumiy ko'rinishda inson harakat imkoniyatlarini aniqlovchi yakka xususiyatlar deb tushunish mumkin (V.L.Lyax,1996). Inson harakat qobiliyatlarining asosini jismoniy sifatlar, shakllanishi harakat ko‘nikma va malakalar tashkil qiladi. Harakat qobiliyatlariga kuchlilik, tezkorlik, tezkor-kuch, koordinatsion-harakat qobiliyatlari, umumiy va maxsus chidamlilik kiradi. Har bir insonda harakat qobiliyatlari o‘zgacha rivojlangan. Qobiliyatlaming turlicha rivojlanish asosida hilma-xil tug‘ma (irsiy) anatomik-fiziologik belgilar ierarxiyasi у о tad i (V.L.Lyax,1996): - miya va asab tizimining anatomik-morfologik xususiyatlari (asab jarayonlari xususiyatlari - kuch, harakatchanlik, vazminlik; po'stloq tizimining yakka variantlari); - fiziologik xususiyatlar (yurak-qon tomir, nafas tizimlarining xususiyatlari); - biologik (biologik oksidlanish, moddalar almashinuvi, mushak qisqarishlari quwatiga xos) xususiyatlar; 84 - tana tizimiga xos xususiyatlar (tana uzunligi va og‘irligi, mushak va yog‘ to‘qimalari massasi); - xromosomalar (genlar)ga oid xususiyatlar. Harakat qobiliyatlarining rivojlanishiga psixodinamik belgilar (temperament, harakter yoki fe’l- atvor, psixik jarayonlarni boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish xususiyatlari) ta’sir ko‘rsatadi. 7.1. Kuch qobiliyatini tarbiyalash metodikasi Kuch - bu insonning tashqi qarshilikka yoki mushak kuchlari evaziga qarshi tura olish qobiliyatidir. Kuchlilik qobiliyati - “kuch” tushunchasi asosida insonning ma’lum bir harakat faoliyatining turlicha shakllanish majmuasi. Kuchlilik qobiliyati o‘z-o‘zidan emas, balki biron-bir harakat faoliyati orqali shakllanadi. Ushbu jarayonda kuch qobiliyatlarining shakllanishiga hissa qo'shuvchi insonning yakka va jinsiy, yosh, kuch qobiliyatlarini amalga oshinivchi va aniq harakat faoliyatiga hissa qo'shuvchi omillar o‘z ta’sirini o'tkazadi. Ulardan alohida ajralib turadiganlari: 1. mushaklar ichidagi omillar; 2. asabli boshqarishning xususiyatlari; 3. psixofiziologik; 4. biomexanik; 5. biokimyoviy; 6. fiziologik omillar, shuningdek, harakat faoliyatini amalga oshirishdagi atrof muhitdagi turli sharoitlar. Kuchni rivojlantirishning mushaklar ichidagi omiilari o‘z ichiga mushak tolalarining biokimyoviy, morfologik va fimksional xususiyatlarini oladi: • mushak tolalarining soniga bog‘liq bo‘lgan fiziologik ko‘ndalang o'lcham (u patsimon tuzilishga ega bo'lgan mushaklar uchun eng katta bo'ladi); 85 • mushak tolalarining tarkibi (kompozitsiyasi): kuchsiz va nisbatan qo‘zg‘aluvchan sekin mushak tolalari (oksidlovchi, kam toliquvchan) va kuchliroq pog‘ona darajasi yuqori boMgan mushak tolalarining (glikolitik, toliquvchi) nisbati; • mushakning miofibrillyar gipertrofiyasi, ya’ni mushak massasining ortishi. U kuchni rivojlantirishga qaratilgan mashqlami bajarganda adaptatsion-trofik ta’sirlar natijasida rivojlanadi va mushak tolalari qisqaruvchi elementlarining miofibrillarning zichroq joylashishi va qalinlashishi bilan xarakterlanadi (bunda yelka aylanasi 80 sin ga, sonniki esa 95 sm va ko'proqqa yetishi mumkin). Asabli boshqarish alohida mushak tolalarining faoliyati, butun mushak va mushaklararo muvofiqlikning harakat birliklarining takomillashuvi hisobiga kuchningrivojlanishini ta’minlaydi. U quyidagi omillami o‘z ichiga oladi: • orqa miya motoneyronlaridan skelet mushaklariga keladigan va ulaming tolalarining kuchsiz, yakka qisqarishlaridan kuchli tetanik qisqarishlarga o‘tishini ta’minlovchi asab impulslari chastotasining ortishi; • ko‘plab harakat birliklarini faollashtirish — harakat aktiga jalb qilingan harakat birliklari soni ortganida mushakning qisqarish kuchi oshadi; • harakat birliklari faolligining sinxronlashishi - iloji boricha ko‘p sonli faol harakat birliklarini bir vaqtda qisqarishi mushakning tortilish kuchini keskin orttiradi; • mushaklararo muvofiqlik (koordinatsiya) - mushak kuchi boshqa mushak guruhlarining faoliyatiga bog‘liq: mushak kuchi uning antagonisti bo‘shashgan bir vaqtda oshadi, u boshqa mushaklar qisqargan vaqtda kamayadi va antagonistmushaklami tana va uning alohida bo‘g‘imIarim fiksatsiya qilganida ortadi. Masalan, shtangani ko‘targanda kuchanish hodisasi (yopiq holdagi tovush chiqaruvchi oraliqdan nafas chiqarish) paydo bo‘ladi, bu hodisada mushaklar sportchining tanasini fiksatsiyalaydi va ko‘tarilayotgan og‘irlikni yengish uchun mustahkam asos yaratadi. Mushak kuchini orttirishning psixofiziologik mexanizmlari funksonal holatning o'zgarishi (bedorlik, toliqish), gipofiz, buyrakusti bezi va jinsiy bezlar 86 tomonidan bioritmlaming simpatik va gormonal ta’sirini kuchaytiruvchi motivatsiyalar va hissiyotlaming ta’siriga bog‘liq. Kuchning rivojlanishida skelet mushaklarida qisqaruvchi oqsillar sintezi ko‘payishini ta’minlaydigan erkak jinsiy gormonlari (androgenlar) muhim rol o‘ynaydi. Ular erkaklarda ayollarga nisbatan 10 marta ko‘p. Sportchi erkaklarda sportchi ayollarga nisbatan, hatto absolyut bir xil mashq yuklamalarida ham, kuchni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarda, ishining, ko‘proq mashqlaming samarali boiishining sababi ana shu bilan tushuntiriladi. Biomexanik - kuch qobiliyatlarini shakllanishida biomexanik omillar (tana va uning qismlarini fazoda joylashishi, tayanch-harakat apparatining mustahkamiigi, vazn og‘irligi) o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Biokimyoviy - (gormonal) va fiziologik (qon aylanish tizimi, nafas olish) omillari. Kuch qobiliyatlari va ulami boshqa jismoniy qobiliyatlar (tezkor kuch, epchillik kuchi, chidamlilik kuchi) bilan bog‘liqligi quyidagicha farqlanadi (6-chizma). Kuch va boshqa jlsmonty qobUyatlami boe'UqUgl |Tcskorkuch qobilyatlari | ] Epchillik kuchi J | Chidamlilik kuchi | * * Tezlik Portlavchi Siklik Asiklik Dioamik Statik fcnchi kuch nhdagi ishdagi shiddati shlddati Start nidi .kudu. Tedanish JtiuhL 6-chizma. Kuch qobiliyatlari va ular bog’Iiqligining turkumlanishi. 87 Asl kuch qobiliyatlari quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi: 1. Chegaraga yaqin, chegaraviy ba’zan haddan ortiqcha mushaklaming sust qisqarishi hisobiga bajariladigan mashqlar (masalan, yetarli darajadagi og‘ir vazndagi shtanga bilan o‘tirib turish); 2. Izometrik turdagi (statik) mushak zo‘riqishlarida (mushak uzunligi o'zgarmagan holda). Ular ushbu holatga mos ravishda sust kuch va statik kuchga farqlanadi. Asl kuch qobiliyatlarini tarbiyalash barcha sport turlari uchun zarur bo‘lgan tayanch - harakat apparatini mustahkamlashga, maksimal kuchni rivojlantirishga (og‘ir atletika, tosh ko'tarish sporti, kuch akrobatikasi, yengil atletika uloqtirishlari) hamda tana tuzilishini (bodibilding) takomillashtirishga yo'naltirish mumkin. Tezkor - kuch qobiliyatlari harakat qobiliyatlarida namoyon bo‘lib, bunda katta mushak kuchi bilan birga harakatlar tezligi ham talab etiladi (uzunlikka va balandlikka joyidan turib hamda yugurib kelib sakrash. snaryadlar uloqtirish va h.k.). Sportchi zabt etishi kerak bo‘lgan tashqi kuch qancha katta bo‘lsa (masalan, yadro irg‘ itish yoki ancha og‘ir toshni siltab ko'tarishda), kuch tarkibiy qismi shunchalik katta ahamiyatga ega boiadi, og'irlik kamroq bo‘lsa (masalan, kichkina koptokni uloqtirishda) tezlikning ahamiyati ortib boradi. Tezkor kuch qobiliyatlari sirasiga quyidagi lar kiradi: Tezkor kuch katta, ammo chegaraviy kattalikka yetmaydigan tezlik bilan bajariladigan mashqlarda namoyon bo‘luvchi mushaklaming chegaraviyga yaqin bo‘lmagan zo‘riqishi bilan tavsiflanadi. Portlovchi kuch - harakat faoliyatini bajarish davomida imkon qadar qisqa muddatda (masalan, sprinterlik yugurishda start paytida, sakrash, uloqtirishda va boshqalaida) kuchning maksimal ko‘rsatkichlariga erishish qobiliyati. Portlovchi kuchning rivojlanish darajasini tezkor-kuch indeksi yordamida baholash mumkin, u quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: 88 J = F шах / 1 шах J - tezkor kuch indeksi; F max mazkur harakatda namoyon etiladigan kuchning maksimal qiymati; t max - maksimal kuchga erishish vaqti. Chidamlilik kuchi - mushaklaming katta hajmda davom etuvchi kuchlanishga, charchashga bardosh bera olishidir. Mushaklaming ishlash faoliyatidan kelib chiqib, statik va dinamik chidamlilik kuchiga aj rati lad i. Dinamik chidamlilik kuchi siklik va asiklik faoliyatda, statik chidamlilik kuchi ma’lum bir holatda ishchi kuchlanishni saqlash bilan bogiiq faoliyat bilan tavsiflanadi. Masalan, gimnastika halqasida qo‘llami yon tomonga yoyib tayanishda yoki to'pponchadan o‘q otishda qo‘lni bir holatda ushlash jarayonida statik chidamlilik kuchi, qo‘llarga tayangan holda ko‘p marta qo'llami bukib yozishda, shtanga bilan o‘tirib turish, og‘irligi 20 - 50 % teng bo‘lgan inson kuch imkoniyatlarining maksimal darajadagi holatida dinamik chidamlilik namoyon bo‘ladi. Epchillik kuchi - mushaklaming o‘zgaruvchan ish faoliyati va kutilmagan vaziyat faoliyatlarida (regbi, kurash, chim hokkeyda) shakllanadi. Uni “mushaklaming aralash ish faoliyatlarida va kutilmagan vaziyatlarda katta hajmdagi mushaklar kuchlanishini tabaqalashtirish imkoniyati sifatida aniqlashimiz mumkin” (J.K.Xolodov, 1981). Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida asl kuch qobiliyatlarining rivojlanish darajasini baholashda odam harakatini mutloq va nisbiy kuchga ajratiladi. Mutloq kuch - odam tana massasiga bog‘liq bo‘lmagan holda inson tomonidan namoyon bo‘ladigan maksimal kuchdir. Nisbiy kuch - insonning o‘z vazniga nisbatan 1 kilogramm og‘irlik hisobiga namoyon bo‘ladigan kuchdir. Ular inson tana og‘irligiga bo'lgan maksimal kuch nisbatida namoyon bo‘ladi. Nisbiy kuch harakat faoliyati davomida gavdaning ko chishida katta ahamiyatga ega. Harakatlardagi katta bo'lmagan tashqi ta’sir 89 qarshiligida nisbiy kuch ahamiyatga ega emas, agarda qarshilik sezilarli bo‘lsa, u holda maksimal darajada portlovchi kuchlanish bilan bog'liq va alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, insonning mutloq kuch darajasi ko‘proq muhit omillari (mashg‘ulot, mustaqil shug‘ullanish va boshqalar) bilan belgilanadi. Ayni paytda nisbiy kuch ko‘rsatkichlarida genotip ta’sirini ham yaqqol ko‘rish mumkin. Tezkor - kuch qobiliyatlari irsiy va muhit omillariga taxminan teng darajada bog‘liq. Statik kuch chidamliligi ko'proq irsiy shart - sharoitlar bilan belgilanadi, dinamik kuch chidamliligida esa genotip va muhit ta’siri teng miqyosda aks etadi (V.LLyax, 1977). Bolalar va o'smirlarda kuchning eng samarali rivojlanishi 13-14 yoshdan 17 - 18 yoshgacha, qiz bolalar va qizlarda 1 1 -1 2 yoshdan 15 - 16 yoshgacha bo‘lgan davr hisoblanib, tana umumiy og'irligi massasiga mushaklar massasi ulushi (10 - 11 yoshda 23 % ni, 14 - 15 yoshda 33 % ni, 17 - 18 yoshda 45 % ni tashkil qiladi) biroz darajada mos keladi. 9 yoshdan 11 yoshgacha, ayniqsa, kichik maktab yoshida nisbiy kuchning o‘sish maromi turli mushak guruhlarida kuzatiladi. Ko'satilgan vaqt bo‘laklarida kuch imkoniyatlari ko'proq maqsadli ta’sir darajasiga moyildir. Kuch rivojlanishida o‘sayotgan organizmning morfofunksional imkoniyatlarini e’tiborga olish lozim. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalari. Birinchi - vazifa inson organizmi tayanch - harakat apparati barcha mushak guruhlarining har tomonlama uyg‘un rivojlanishidan iborat. U kuch mashqlarini tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi Ushbu holatda, hajm va mazmun katta ahamiyatga ega. Ular turli mushak guruhlarini mutanosib tarzda rivojlanishini ta’minlashi lozim. Bu tashqi tomondan tana tuzilishi hamda qomatning tegishli shaklga egaligida ifodalanadi. Harakat faolligini amalga oshirish va organizm funksiyalarining hayot uchun zarurligini yuqori darajada ta’minlashda kuch mashqlarini qo‘llashning ichki samarasi namoyon bo'ladi. Skelet mushaklari faqatgina harakatlanish organi emas, balki qon aylanishiga katta yordam beradigan a’zolar - markazdan uzoqdagi o‘ziga xos yurakchalar hisoblanadi (N.I. Archinin, 1980). 90 Ikkinchi vazifa - hayot uchun zarur bo'lgan harakat faoliyatlarini (ko‘nikma va malaka) o‘zlashtirish bilan birgalikda kuch qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish. Ushbu vazifa asosiy turdagi barcha kuch qobiliyatlarini rivojlantirishni nazarda tutadi. Uchinchi vazifa - kasbiy - amaliy jismoniy tayyorgarlik yoki aniq sport turi bilan shug'ullanishda kuch qobiliyatlarini yanada takomillashtirish uchun sharoit va imkoniyatlar yaratishdan iborat. Ushbu vazifalami muvaffaqiyatli amalga oshirish tanlangan kasb yoki sport turlarida harakatchanlik iqtidorini hisobga olgan holda kuchni rivojlantirishga, shaxsiy qiziqishlami qondirishga imkon yaratadi. Kuch tarbiyasi urnumiy jismoniy tayyorgarlik (inson salomatligini mustahkamlash va saqlash, tana shakllarini takomillashtirish, barcha mushak guruhlari kuchini oshirish) hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik (asosiy musobaqa mashqlarini bajarishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan mushak guruhlarining har xil kuch qobiliyatlarini tarbiyalash) jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Bu yo‘nalishlaming har birida kuchni rivojlantirishga muayyan hozirlikni belgilovchi maqsad hamda shu hozirlikdan kelib chiqib hal etish zarur bo‘lgan vazifalar mavjud. Shunga ko‘ra kuchni tarbiyalashning ma’lum vosita va usullari tanlanadi. Kuch qobiliyatlarini tarbiyalash vositalari Kuchni rivojlantirish vositalari qarshilikni yengishga qaratilgan jismoniy mashqlar bo‘lib, mushaklaming taranglik darajasini oshirishga yo‘naltirilgan. Ushbu vositalar kuchlilik deb ataladi. Ular shartli ravishda asosiy va qo‘shimchalarga ajratiladi (7-chizma). 91 Kuch qobilyatlarini tarbiyalash vositalari 7-chizma. Kuch qobiliyatlarini tarbiyalash vositalari tarldbi. Asosiy vositalar 1. Tana vazniga nisbatan og'irlik bilan bajariladigan mashqlar: turli og'irlikdagi disklar jamlanmasidan iborat shtanga, gantellar, qadoqtosh, to'ldirma to‘p, sherik og'irligi bilan bajariladigan mashqlar va boshqalar. 2. Tashqi buyumlar og ‘irligi bilan bajariladigan mashqlar: - mushaklarning taranglashishi natijasida o‘z tana og‘irligi hisobiga hosil bo‘ladigan mashqlar (tumikda tortilish, tayangan holda qoMlami bukib yozish, muvozarat saqlash); - o‘z tana og‘irligining tashqi buyumlarga qarshiligiga doir mashqlar (masalan, maxsus belbog'lar); 92 - qo'shimcha tayanch vositalardan foydalangan holda o‘z tana og‘irligini kamaytirish; - tananing erkin qulashi hisobiga o‘z vaznini oshishiga doir mashqlar (masalan, 25-70 sm balandlikka sakrash va qisqa muddatli yuqoriga sakrashlar). 3. Umumiy shakldagi trenajyor qurilmalaridan foydalanilgan holda bajariladigan mashqlar. 4. Mushaklarni zo ‘riqtiruvchi va bo ‘shashtiruvchi mashqlar. 5. Izometrik tartibidagi statik mashqlar: - ongli ravishda mushaklarni taranglashishi natijasida tashqi buyumlardan foydalangan holda hosil bo‘ladigan mashqlar (turli tayanishlar, qarshi harakatlar va boshqalar); - ongli ravishda mushaklarni taranglashishi natijasida tashqi buyumlar yordamisiz o‘z- o‘ziga qarshilik ko'rsatish. Qo‘shimcha vositalar 1. Tashqi muhitdan foydalangan holda bajariladigan mashqlar (qumda sakrash va yugurishlar, tepalikka yugurish va sakrashlar, shamolga qarshi yugurish). 2. Egiluvchan buyumlardan foydalangan holda bajariladigan mashqlar (rezina amortizatorlar, tasmalar, yumshoq koptok va boshqalar). 3. Sherik harakatiga qarshi bajariladigan mashqlar. Kuchni tarbiyalash vazifasi tavsifiga xos kuch mashqlari tanlanadi. Suzuvchining maxsus kuch tayyorgarligi uchun gantelga nisbatan egiluvchan moslamalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Hujum chizig‘ida o‘ynaydigan regbichilar uchun qarshilik ko‘rsatuvchi mashqlarini qo‘llash lozim. Mashg‘ulotning asosiy vazifasi kuchni tarbiyalash bo‘lsa, u holda mashg'ulotning asosiy qismini kuch mashqlari egallashi mumkin. Ayrim holatlarda kuch mashqlari mashg‘ulot asosiy qismining ohirida chidamlilik mashqlaridan oldin bajariladi. Kuch mashqlari cho‘ziluvchi va bo‘shashtiruvchi mashqlar bilan mos keladi. 93 Kuchni rivojlantirishga yo'naltirilgan mashg'ulotlar haftasiga uch marta o‘tkazilgani ma’qul. Kuch mashqlarini har doim ayrim mushak guruhlari uchun qo‘ Hash maqsadga muvofiq. Kuch mashqlaridan foydalanish jarayonida qarshilik hajmi ko'tarilgan yuk og‘irligi yoki maksimal kattalikda namoyon bo'ladigan foizlarda, yoki takrorlash maksimumi (TM) atamasini belgilaydigan bir urinishda takrorlashlar soniga qarab me’yorlanadi. Birinchi holatda og'irlik (60 % maksimumdan) minimal bo‘lishi mumkin, kichik (maksimumdan 60 % dan 70 % gacha), o'rtacha (maksimumdan 70 % dan 80 % gacha), katta (maksimumdan 80 % dan 90 % gacha), maksimal (maksimumdan 90 % yuqori) (R.Roman). Ikkinchi holatda quyidagicha bo'lishi mumkin: chegaraviy - 1 - TM, chegaraga yaqin - 2 - 3 TM, katta - 4 - 7 TM, kattadan past - 8 - 12 TM, kichik - 19 - 25 TM, juda kichik - 25 dan yuqori TM (V.M.Zatsiorskiy, 1970). Kuchni tarbiyalash metodlari Jismoniy tarbiya amaliyotida har - xil turdagi kuch qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan bir qancha meodlardan foydalaniladi. Ular orasida eng ko‘p tarqalgan metodlar quyidagi 1 jadvalda keltirilgan. 94 Kuchni rivojlantirish metodlari va ularni qarshilik bilan bajariladigan mashqlarga yo‘naltirilganligi 1-jadval Kuchni rivojlantirish metodlari Kuchni Yuklama komponentlarining mazmuni metodlarining yo'naltirilganligi Maksim umdan qarshilik og'irligi % Mashq larni takrorl ash soni Urinis hlar soni Dam olish, daqiqa Harakatlar tezligi Mashqlami bajarish maromi Maksimal kuchlanish metodi Kuchlarni maksimal rivojlantirish ustunligi 100 gacha va undan ko'p 1-3 2-5 2-5 Sekin Ixtiyoriy Mushaklar massasini sezilarli o'sishi bilan kuchni maksimal rivojlantirish 90-95 5-6 2-5 2-5 Sekin Ixtiyoriy Mushaklar massasi va kuchni bir hilda oshirish 85-90 5-6 3-6 2-3 o'rtacha o'rtacha Chegaraviy bo'lmagan kuchlanishlar sonini me’yorlab takrorlash metodi Mushaklar massasini oshirish ustunligi bilan kuchni maksimal o'sishi 80-85 8-10 3-6 2-3 o'rtacha o'rtacha Kuch chidamliligini takomillashtirish va tana massasi yog' qatlamini kamavtirish 50-70 15-30 3-6 3-6 o'rtacha Maksimal gacha yuqori Mushaklar relefi va kuch chidamliligini takomillashtirish 30-60 50-100 2-6 5-6 yuqori yuqori Chegaraviy bo'lmagan kuchlanishlarni takrorlash metodi (ohirigacha) Kuch chidamliligini takomillashtirish (anaerob sharoitda) 30-70 ohiriga cha 2-4 5-10 yuqori Submaksimal Kuch chidamliligini takomillashtirish (glikolilik haimda) 20-60 ahiriga cha 2-4 1-3 yuqori Submaksimal Dinamik kuchlanishlar metodi Og'irlik harakatlari yordamida tezlikni takomillashtirish 15-35 1-3 Tezlik pasayg uncha tiklanishg acha Maksimal yuqori “Zarbdor” metodi Harakat apparatining reaktiv qobiliyatlari va “portlovchi kuch”ni takomillashtirish 15-35 5-8 Kuchl anish quwati pasaygu ncha tiklanishg acha Maksimal ihtiyoriy 95 Maksimal kuchlanish metodi maksimal qarshilikka bardosh berish zaruriyati bilan bog‘liq vazifani bajarishni nazarda tutadi (masalan, chegaraviy og'irlikdagi shtangani ko‘tarish). Ushbu metod chegaraviy bo‘lmagan metodga nisbatan kuchni oshishiga imkon berib, asab — mushak qobiliyatlarini rivojlanishini ta’minlaydi. Bolalar va yangi shug‘ullanishni boshlaganJar bilan ishlashda uni qo‘llash tavsiya qilinmaydi, agarda uni qo‘llashga zaruriyat tug‘ilsa u holda mashqlami bajarilishini qattiq nazorat qilinishini ta’minlash zarur. Chegaraviy bolmagan kuchlanish metodi chegaraviy takrorlash soni bilan chegaraviy bo'lmagan og'irliklardan (ohirigacha) foydalanishni nazarda tutadi. 5-6 dan 100 gacha qattiq me’yorlangan takrorlashlar soni kuch qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan va maksimal kattalikka yetmagan og‘irlik kattaligiga bog'liq. Chegaraviy bo‘lmagan og‘irliklardan foydalanib bajariladigan davomli takrorlashlar inson organizmining umumiy funksional imkoniyatlarining oshishi, organizmning boshqa tizimlari va mushak tizimining faollashishiga imkoniyat yaratadi. Dinamik kuchlanish metodi. Ushbu metodning maqasadi - maksimal tezlikdagi chegaraviy qarshilik bilan maksimal kuchlanish tarangligi orasida hamjixatlikni yaratishdan iborat. Ushbu holatda mashq to‘liq amplitudada bajariladl Ushbu metod tezkor harakat sharoitlarida katta kuch qobiliyatlarini shakllantirishda, tezkor kuchni rivojlantirishda qo'llaniladi. “Zarbdor" metodi - yuqoridan tushayotgan yuk yoki tana og‘irligi (chuqurlikka sakrash va yuqoriga qaytish, jumladan, og‘irliklar bilan) kinetik quwatdan foydalanish yo‘li bilan mushak guruhlariga zarbdor ta’sir ko‘rsatadi. Dastlabki tezkor cho’zilishdan keyin mushaklaming kuchli qisqarishi kuzatiladi. Ulaming qarshilik kuchi tana og'irligi va qulash balandligiga ta’sir ko‘rsatadi. 0,75 — 1,15 m balandlikka optimal sakrash diapazoni kuzatuv yo‘li bilan aniqlangan. Ammo amaliyot shuni ko’rsatadiki, ayrim holatlarda tayyorgarligi past sportchilarda nisbatan 0,25 - 0,5 m past balandlikni qoMIash maqsadga muvofiq. 96 Statik (izometrik) kuchlanish metodi. Kuch qobiliyatlarini tarbiyalashda yechiladigan vazifalarga bog'liq holda turli kattalikdagi izometrik kuchianishni qoilashni nazarda tutadi. Maksimal kuchni tarbiyalashda izometrik kuchianishni asta - sekin oshirib borish maqsadga muvofiq. Izometrik mashqlami bajargandan keyin bo‘shashtiruvchi mashqlami bajarish lozim. Shug‘ullanish 10 - 15 daqiqa davomida olib boriladi. Mashg'ulotlarga izometrik mashqlami kuchni rivojlantirish uchun qo'shimcha vosita sifatida kiritish mumkin. Statodinamik metod. Izometrik va dinamik - mushaklar ishida ikkala tartibdagi mashqlami ketma - ketlikda moslashuvini tavfsiflaydi, Kuch qobiliyatlarini tarbiyalash uchun maksimumdan 80 - 90 % sezilarli qarshilikdagi pasaytirilgan portlovchi dinamik ish tavsifidagi 2-6 soniyali izometrik kuchlanishli mashqlar qoMlaniladi (bitta urinishda 2-3 qismdan iborat 2-3 takrorlash, qismlar orasida dam olish 2-4 daqiqa). Agarda, maxsus kuch qobiliyatlarini aynan, variativ tartibdagi mushaklar ish faoliyatida musobaqa mashqlarini qoMlashga zaruriyat bo‘lsa, u holda ushbu metod maqsadga muvofiqdir. Aylanma trenirovka metodi. Turli guruhdagi mushaklarga majmuali ta’simi ta’minlaydi. Mashqlar bekatlar bo‘ylab o‘tkaziladi va ular shunday tanlanadiki, har bir keyingi seriya yangi mushaklar guruhini qamrab olishi lozim. Har xil mushak gumhlariga ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlar miqdori, bekatlarda ulami bajarish davomiyligi mashg'ulot jarayonida hal etiladigan vazifalar, shug'ullanuvchilaming yoshi, jinsi va tayyorgarligiga bog'liq. Chegaraviy bo‘lmagan og‘irliklardan foydalanib bajariladigan mashq majmualari davra bo‘ylab 1 - 3 marta takrorlanadi. Majmuaning har bir takrorlanish oralig'ida dam olish muddati kamida 2 - 3 daqiqa bo‘lib, bu vaqtda bo‘shashtiruvchi mashqlar bajariladi. О ‘yin metodi kuch qobiliyatlarining asosan o‘yin faoliyatida tarbiyalanishini nazarda tutadi, bunda o‘yin vazifalari har xil mushak guruhlarining zo'riqish rejimlarini o‘zgartirishga va organizmni ortib borayotgan charchog‘i bilan kurashishga majbur qiladi. Bunday o'yinlar sirasiga tashqi ob’yektlaming tutib turilishini talab etuvchi (masalan, “Chavandozlar” o‘yinida sherikni), tashqi qarshilikni yengishga 97 asoslangan (masalan, “Arqon tortish”), har xil mushak guruhlarini zo'riqtirish rejimlarini navbatlash bilan bog‘liq (masalan, har xil vaznli og'irliklarni ko'tarib yurish estafetalari) o‘yinlar kiradi. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagoglar har doim shug'ullanuvchilarning tabiiy rivojlanish darajasini hamda jismoniy tarbiya dasturlarida va musobaqa faoliyati xususiyatlarida nazarda tutilgan talablarni e’tiborga olgan holda ulaming kuch qobiliyatlarini rivojlantirish usullarini tanlashga ijodiy yondashish kerak. Kuch qobiliyatlarini tarbiyalash metodikasi Mashqni bajarish sur’ati va takrorlash miqdori, shuningdek, mushaklar faoliyati rejimi hamda bir xil mushak guruhlariga ta’sir ko'rsatuvchi yondoshuvlar miqdoriga qarab kuch qobiliyatlarining har xil turlarini rivojlantirish vazifalari yuklatiladi. Chegaraviy boMmagan og‘irliklardan foydalanib kuch qobiliyatlarini tarbiyalash. Asl kuch qobiliyatlarini tarbiyalash va ayni vaqtda mushak massasini oshirish uchun o‘rtacha hamda variativ sur’atda bajariladigan mashqlar qoMlaniladi. Buning ustiga, har bir mashq yaqqol ko‘zga tashlanadigan charchoq paydo bo‘lgunicha bajariladi. Shug'ullanishni boshlovchilar uchun og‘irlik kattaligi maksimumini 40-60 % qismigacha, birmuncha tayyorgarlik ko‘rmaganlar uchun 70 - 80 % qismigacha yoki 10 — 12 takroriy maksimum chegarasida olinadi. Og'irliklar har bir yondoshuvdagi takrorlashlar soni berilgan miqdordan ortgani sayin oshirib borish lozim. Bunday variantda ushbu metodni kattalar bilan ham, kichik yoshli boshlovchi sportchilar bilan ham ishlaganda qo‘llash mumkin. Anchagina tayyorgarlik ko‘rganlar uchun kuch rivojlanib borgani sayin og‘irlik vazni asta - sekin 5 — 6 takroriy maksimumgacha (maksimumning taxminan 80 % qismigacha) ko‘paytirilib boriladi. 98 Sportni kuch ishlatilmaydigan turlari uchun hafta davomidagi mashg‘ulotlar soni - 2 yoki 3 ta. Наг xil mushak guruhlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar soni boshlovchilar uchun 2 -3 , tayyorgarligi bor bo'laganlar uchun 4 - 7 tadan oshmasligi zarur. Takrorlashlar orasidagi dam olish oraliqlari odatdagiga yaqin (2-5 daqiqa) bo‘lib, og‘irlik vazni, harakat tezligi va davomiyligiga bogiiq. Dam olish xususiyati - faol - passiv. Mazkur metodning ijobiy jihatlari shundan iboratki, katta umumiy zo‘riqishlaming haddan oshishiga yo‘l qo‘ymaydi va ish hajmming kattaligi tufayli trofik jarayonlar yaxshilanishini ta’minlaydi, bolalar va o‘smirlar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazganda nomaqbul hisoblangan zo'riqishlami kamaytirishga imkon beradi. Chegaraviy bo‘lmagan og‘irliklardan foydalanib tezlik-kuch qobiliyatlarini tarbiyalash. Mazkur metodning mohiyati chegaraviy bo’lmagan og‘irliklar vositasida shunday shart - sharoitlar uchun maksimal mumkin bo‘lgan tezlik bilan bajariladigan mashqlarda maksimal ish quwatini yaratishdan iborat. Chegaraviy bo'lmagan og'irlik maksimumini 30-60 % qismi oralig'ida olinadi. Takrorlanishlar soni og‘irlik vazniga qarab 6 dan 10 martagacha, yondashuvlar oralig‘idagi dam olish muddati 3-4 daqiqa. Tezkor kuchni rivojlantirishda qo‘llaniladigan mashqlarda mushaklaming ish rejimi musobaqa mashqlari xususiyatlariga muvofiq boiishi lozim. Chegaraviy bo‘Imagan og'irliklardan foydalanib kuch chidamliligini tarbiyalash. Ushbu metodning mohiyati uchta katta bo'lmagan vaznli og‘irliklar bilan (maksimumning 30 dan 60 % gacha qismiga teng), mashqlami ko‘p karra - 20 dan 70 martagacha takrorlab bajarishdan iborat. Ixtisoslashtirilgan mo‘tadil kuchlanishlami uzoq muddat davomida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq holatlarda 99 yengil vaznlar bilan (maksimumni 30 - 40 % qismiga) mashqlami imkon qadar ko‘p takrorlab bajariladigan ish maqsadga muvofiqdir. Umumiy va ayrim tana a’zolarining kuch chidamliligini oshirish uchun bekatlar soni 5 tadan 15-20 tagacha, maksimumning 40 - 50 % qismiga teng og‘irlik bilan aylanma mashg'ulot o'tkazish usuli samarali hisoblanadi. Mashqlar ko‘pincha imkon bor qadar bajariladi. Seriyalar miqdori va seriyalar hamda har bir mashq orasidagi dam olish muddati mashg‘ulot jarayonida bajariladigan vazifalarga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Aylanma mashg‘ulot metodini qo‘llashga tavsiya sifatida AQSh suzuvchilar terma jamoasi (murabbiy D. Kaulsinmen) tayyorgarligidan misol keltiramiz. Aylanma mashg'ulot dasturi 24 bekatdan iborat: ulardan 6 tasini og‘irliklar ko‘tarish mashqlari, 4 tasini cho‘zilish mashqlari, 14 tasini esa izokinetik trenajorlarda bajariladigan mashqlar tashkil etadi. Mashg'ulot davomida aylanma mashg‘ulot o‘tkazishga umumiy vaqtning 25 daqiqasi ajratiladi. Har bir bekatda 50 soniyadan vaqt sarflanadi. Murabbiyning ishorasi bilan suzuvchilar bir bekatdan ikkinchisiga o‘tadilar. 0 ‘tishga 25 soniya sarf bo‘ladi. Keyin navbatdagi ishora bilan suzuvchilar yangi mashqlar seriyasini bajarishga kirishadilar. Dasturda oyoq va qo‘l mushaklarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlar navbatlanib beriladi. Shu tariqa oyoq va qo‘l mushaklari taxminan 1 daqiqagacha vaqt davomida tiklanish imkoniga ega bo‘ladi. Yurak qisqarish soni taxminan 140 zarba daqiqa rejitnida saqlab turiladi. Chegaraga yaqin va chegaraviy og‘irliklardan foydalanib kuch qobiliyatlarini tarbiyalash. Metodning mohiyati: 1) mushaklar faoliyatini yenguvchi rejimda; 2) mushaklar faoliyatining yon beruvchi rejimida bajariladigan mashqlami qo‘llashdan iborat. Aynan kuch qobiliyatlarini mushaklar faoliyatini yenguvchi rejimida bajariladigan mashqlar orqali tarbiyalash 2 - 3 takroriy maksimumga teng 100 (maksimumni 90 - 95 % qismicha) - chegaraviyga yaqin og'irliklardan foydalanishni nazarda tutadi. Bunday og‘irliklar bilan olib boriladigan ishlami 4 - 6 takroriy maksimum og‘irlik bilan uyg‘unlashtirish tasviya qilinadi. Dam olish oraliqlari - optimal, to‘la tiklangunga qadar (4-5 daqiqa). Nisbiy kuch katta ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni kuchning oshishi mushak massasining ortishi bilan kechmaydigan faoliyat turlarida bu metod asosiylaridan biri sanaladi. Biroq boshlovchi sportchilar va bolalar bilan ishlaganda undan foydalanish tavsiya etilmaydi. Mushaklar faoliyatining yon beruvchi rejimida bajariladigan mashqlar orqali kuch qobiliyatlarini tarbiyalash boshlovchi sportchilar bilan ishlaganda mushaklar faoliyatini yenguvchi rejimda ko'rsatilgan maksimumni 70 - 80 % qismiga teng vaznli og'irliklaming qo‘llanilishi nazarda tutiladi. Ko‘proq tayyorgarlik ko‘rganlar ishni eng yaxshi natijani 100 - 110 % qismiga teng og‘irlik bilan yon beruvchi rejimda yuklashi mumkin. Mashqlami takrorlash soni uncha ko‘p emas (3 martagacha), ular sust tezlikda bajariladi. Dam olishlar oralig'i kamida 2 daqiqa. Mushaklaming yon beruvchi rejimdagi faoliyatini yenguvchi va izometrik rejimdagi faoliyat bilan uyg‘unlashtirish tavsiya qilinadi. Qat’iy o'lchab berilmaydigan tashqi og‘irlik bilan bajariladigan kuch mashqlari sirasiga sherikni qarshiligi bilan bajariladigan (kurashda), tashqi muhitning o‘ziga xos sharoitlarida (qalin qor ustida, suvda yugurish va sakrash, tepalikka qarab yugurish), qo‘l ostidagi buyumlar bilan (toshlar, rezina va h.k.) amalga oshiriladigan mashqlar kiradi. Garchi bu mashqlar jismoniy yuklamani qat’iy o'lchab berish imkonini bermasa-da, o'zini qulay va amaliyotga mosligi tufayli hilma - xil sharoitlarda o‘z kuchidan tejab foydalanish malakasini takomillashtirish vositasi sifatida qimmatlidir. Sportchining o‘z tanasi og'irligidan foydalanib bajariladigan mashqlari o‘z-o‘ziga qarshilik mashqlari sanaladi. Mazkur mashqlar yordamida sportchining o‘z tanasidagi turli qismlar vazni hisobiga yoki bir xil mushaklaming qisqarishi boshqa — antagonist mushaklaming yo'naltirilgan qarshiligi bilan aynan murakkablashtirish orqali og‘irlik yuzaga keltiriladi. 101 Kuch mashqlarining boshqacha tavsiflanishi ham ma’lum: dinamik, statik va statik - dinamik mashqlar. Dinamik mashqlar yenguvchi (yuklami ko'tarish va olib yurish, tumikda tortilish va h.k.) hamda yon beruvchi (sherik bilan, shtanga bilan o'tirib turish) xususiyatli mashqlarga taqsimlanadi; statik mashqlar sirasiga gantellami rostlangan qoMlarda tutib turish, o‘z-o‘ziga qarshilik ko‘rsatish mashqlari kiradi. Kuch qobiliyatlarining rivojlanish darajasini aniqlash uchun nazorat (testlar) mashqlari. Jismoniy tarbiya amaliyotida son jihatdan kuch imkoniyatlari ikkita usulda: 1) dinomometr, dinamograf, tenzometrik - kuch o'lchov moslamalari yordamida (2- rasm); 2) maxsus nazorat mashqlari, kuchga doir testlar yordamida baholanadi. Amaliyotda zamonaviy o‘lchov moslamalari standart vazifalardagi barcha mushak guruhlarining (tana segmentlarini bukish va yozish), shuningdek, statik va dinamik kuchlanishlardagi kuchni oMchash imkonini beradi. Ommaviy amaliyotda kuch sifatlarining rivojlanish darajasini baholash uchun ancha ko‘p foydalaniladigan maxsus nazorat mashqlari (testlar) qo‘llaniladi. Ulami qo'llash biror - bir qimmat baho moslama va jihozlami talab qilmaydi. Maksimal kuchni aniqlash uchun texnik jihatdan oddiy bajariladigan mashqlardan foydalaniladi, masalan, yotgan holda shtangani ko‘tarish, shtanga bilan o'tirib turish va h.k. Ushbu mashqlardagi natija texnik mahorat darajasiga unchalik bog'liq emas. Maksimal kuch shug'ullanuvchi (tekshiriluvchi) ко‘tar a oladigan eng katta og‘irlik bo‘yicha aniqlanadi. 102 п до 2- rasm. Tezkor - kuch qobiliyatlari va kuch chidamliligi, kuchni rivojlanish darajasini baholash uchun (testlar) nazorat mashqlari. 103 Tezkor - kuch qobiliyatlar va kuch chidamliligi darajasini aniqlash uchun quyidagi nazorat mashqlaridan foydalaniladi: arg‘amchida sakrash (2- rasm, 3), tortilish (2-rasm, 7, 8), pol yoki gimnastika skameykada, parallel brusyada qo‘llami bukib yozish (2- rasm, 9,10), oyoqlami bukib yotgan holda yotgan holatdan gavdani ko‘tarish (2- rasm, 6), yarim bukilgan va bukilgan qo'llar yordamida osilib turish (2-rasm, 14), baland tumikdan gavda bilan oshib o'tish, turgan joydan juft oyoqda uzunlikka sakrash (2-rasm, 2), oyoqdan - oyoqqa uch hatlab sakrash (variant - faqat o‘ngda va faqat chapda), belgilangan joyga oyoqlami to‘g‘rilagan holda ko'tarish va tushirish (2 - rasm, 5), qo‘llarni siltab va siltamasdan (yuqoriga sapchish aniqlanadi) yuqoriga sakrash (2- rasm,l), bir va ikki qo‘lda (1-3 kg) toMdirma to‘pni turli dastlabki holatlardan uloqtirish (2-rasm, 11, 12, 13) va boshqalar. Tezkor - kuch qobiliyatlari va kuch chidamliligini baholash me’zoni sifatida tortilishlar soni, qo‘llami bukib yozish, gavdani ma’lum bir holatda ushlab turish, uzoqlikka uloqtirish, sakrashlar va boshqalar xizmat qiladi. 7.2.Tezkorlik qobiliyatini tarbiyalash metodikasi Tekorlik qobiliyatlari deb, insonning qisqa vaqt oralig'ida belgilangan sharoitda harakat faoliyatini bajara olishini ta’minlovchi imkoniyatiga aytiladi. Tezkorlik qobiliyatlari elementar va majmuali shakllarga ajrati lad i. Elementar shakliga harakat tezligi reaksiyasi, yakka harakat tezligi, harakatlar (maromi) chastotasi kiradi. Inson tomonidan bajariladigan barcha harakatlar reaksiyasi oddiy va qiyin guruhga bo‘linadi. Oldindan ma’lum harakatlarga (ko'rish, eshitish) oldindan ma’lum ishoraga javob oddiy reaksiya deb aytiladi. Bunday reaksiya turiga suzishda yoki yengil atletikada start to‘pponchasidan o‘q uzish (start), yakkakurash yoki sport o‘yinlarida hujumchi yoki himoyachining hakam ishorasi bilan harakatni to‘xtalishi misol bo'ladi. Oddiy reaksiya tezligi latent (yashirin) reaksiya davri deb ataluvchi vaqtinchalik qismida, ishora hosil bo‘lgan vaqtdan harakat boshlanishigacha bo‘lgan davri bilan 104 aniqlanadi. Katta yoshdagilarda oddiy reaksiyaning latent davri qoidaga binoan 0,3 soniyadan oshmaydi. Reaksiya tezkorligini rivojlantirishda asosiy usul - mashqni takroran bajarishdan iborat. U to‘satdan paydo bo'ladigan (awaldan kelishilgan) qo‘zg‘atuvchiga reaksiya vaqtini tobora qisqartirib borgan holda javob qaytarish bilan o'tkaziladi. Reaksiya tezkorligini oshiruvchi mashqlar awal yengillashtirilgan sharoitda o‘tkaziladi (bunda reaksiya vaqti keyingi harakatning murakkabligiga bog'liqligini nazarda tutib, unga yengillashtirilgan dastlabki holatlami kiritish va shu tariqa alohida ishlov berish lozim). Masalan, yengil atlaetikada (qisqa masofalarga yugurishda) start ishorasiga baland start holatidan, qo‘llar bilan qandaydir buyumlarga tayanib reaksiya ko‘rsatish tezligini va alohida start ishorasiz, dastlabki yugurish qadamlarini bajarish tezkorligini oshirish mashqlari bajariladi. Qiyin harakat reaksiyasi har doim va harakat vaziyatlari kutilmaganda o'zgaruvchan sport turlarida (sport o‘yinlari, yakkakurash, tog‘ chang* i sporti va boshqalarda) uchraydi. Jismoniy tarbiya va sportda ko'pchilik qiyin harakat reaksiyasi - bu reaksiya (bir qancha harakat imkoniyatidan to‘satdan jarayonga taalluqliqli bittasini tan lash talab qilinadigan holat) “tan!ovi”dir. Bir qator sport turlarida bunday reaksiya harakatlanayotgan obyekt reaksiyasi hisoblanadi (to‘p, xokkey shaybasi va boshqalar). Yakka harakat bajarishga sarflangan vaqtinchalik interval (masalan, bokschi zarbasi) ham tezkorlik qobiliyatini tavsiflaydi. Harakat chastotasi yoki marom, bu vaqt birligidagi harakatlar soni (masalan, 10 soniya davomidagi yugurishda qadamlar soni). Harakat faoliyatining xilma - xil turlarida tezkorlik qobiliyatining elementar shakli boshqa jismoniy sifatlar va texnik harakatlarning uyg‘unlashuvi va jamlanmasida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda tezkorlik qobiliyatlarining majmuali shakllanishi alohida ahamiyatga ega. Bularga, harakat faoliyatini 105 butunligicha tezkor bajarish, zudlik bilan maksimal tezlikni egallash va uni uzoq muddat saqlash qobiliyati kiradi. Yakkakurash va sport o‘yinlarida tezkorlik sifatlari shakllanishinig yana bir mutaxassislik mohiyati shundan iboratki, vaziyat o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonda zudlik bilan to'xtash va harakatni boshqa yo‘nalishga o‘zgartirish lozim. Harakatlar tezkorligi va uning shakllari namoyon bo‘lishi bir qator omillarga bog'liq: 1) inson markaziy asab tizimi va asab mushak apparati holatiga; 2) mushak to‘qimasining morfologik xususiyatlari va uning tuzilishiga (ya’ni, tezkor va sust tolalar holatiga); 3) mushaklar kuchiga; 4) mushaklarning zo'riqqan holatdan bo‘shashgan holatga tez o‘ta olish qobiliyatiga; 5) mushakdagi quwat zahirasiga (adenozintrifosfat kislotasi - ATF va kreotinfosfat - KTF); 6) harakatlar amplitudasi, ya’ni, bo‘g‘imIardagi harakatchanlik darajasiga; 7) tezkor ish bajarish vaqtida harakatlami muvofiqlashtirish qobiliyatiga; 8) organ izm hayot faoliyatining biologik ritmiga; 9) yosh va jinsga; 10) odamning tabiiy tezlik qobiliyatlariga. Fiziologik nuqtai nazardan reaksiya tezkorligi quyidagi beshta bosqichni kechish tezligiga bog’liq: signalni qabul qilishda qatnashuvchi retseptorda (ko’rish, eshitish, sezish va h.k.) qo‘zg‘olishning paydo bo’Iishi; - markaziy asab tizimiga qo‘zg‘olishning uzatilishi; - signal ma’lumotining asab yoilari bo‘ylab o‘tishi, uning tahlil qilinishi va efferent signalning shakllanishi; markaziy asab tizimidan mushakka efferent signalning o'tkazilish; - mushakning qo‘zg‘olishi va unda faollik mehanizmining paydo bo‘lishi. 106 Harakatlaming maksimal sur’ati harakatlantiruvchi asab markazlarining qo‘zg‘olish holatidan tormozlanish holatiga va aksincha o'tish tezligi, ya’ni asab jarayonlarining o‘zgaruvchanligiga bog'liq. Yaxlit harakat faoliyatlarida namoyon boMadigan tezkorlikka asab - mushak impulsatsiyalari sur’ati, mushaklami zo‘riqish bosqichidan bo‘shashish bosqichiga o‘tish tezligi, bu boschqichlaming navbatlashish tezligi, harakat jarayoniga tez qisqaruvchi mushak tolalarining kirishish darajasi va ulaming sinxron ishlashi ta’sir qiladi. Biokimyoviy nuqtai nazardan harakatlar tezligi mushaklarda adenozinfosfat kislotasining miqdori, uning parchlanish va resintezi (tiklanishi) tezligiga bogiiq. Tezkorlik mashqlarida ATF resintezi (tiklanishi) fosforlikreotin va glikolitik mexanizmlar (anaerob - kislorodsiz) hisobiga yuzaga keladi. Turli harakat faoliyatining aerob (kislorodli) quwat ta’minoti hissasi 0-10% ni tashkil qiladi. 0 ‘g‘il bolalar kabi qizlarda ham tezlik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay davr 7 dan 11 yoshgacha bo‘lan oraliq hisoblanadi. Tezkorlik ko'rsatkichlarining o‘sishi 11 yoshdan 14-15 yoshgacha birmuncha sustroq sur’atda davom etadi. Maqsadga yo‘naltirilgan ta’sirotlar yoki har xil sport turlari bilan shug'ullanish tezlik qobiliyatlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi: maxsus tayyorgarlik ko‘rayotganlar 5 - 20 % va undan ko'proq ustunlikka ega, natijalaming o'sishi esa 25 yoshgacha davom etishi mumkin. Tezlik qobiliyatlari rivojlanish darajasida jinsiy xususiyatlaming aks etishida 12 - 13 yoshgacha jiddiy tafovutlar yo‘q. Keyinroq o‘g‘il bolalar, ayniqsa, yaxlit harakat faoliyatlari (yugurish, suzish va h.k.) tezkorlik ko’rsatkichlari bo'yicha qizlarga nisbatan ilgarilab boshlaydilar. Inson tezkorlik qobiliyatlari juda o‘ziga xos bo’lib masalan, start tezlanishi yaxshi, ammo masofaviy tezlik pastroq bo’lishi mumkin va aksincha. Reaksiya tezkorligi mashqlari esa harakatlar sur’atida deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalari. Birinchi vazifa - ta’lim muassasalarida bolalami o‘rgatish jaryonida o‘zlashtirayotgan tezkorlik qobiliyatlarining ko’nikma va malakalar (tezkorlik 107 reaksiyasi, harakat maromi, yakka harakat tezligi, to‘liq harakatlar tezligi) bilan uyg'unlikda har tomonlama rivojlantirish zaruriyatidan iborat. Jismoniy tarbiya va sport o‘qituvchisi uchun kichik va o‘rta maktab yoshi - sensitiv (alohida qulay) davri ushbu guruh uchun samarali ta’sir etishini unutmaslik lozim. Ikkinchi vazifa - bolalar, o'smirlar, yoshlar va qizlarni sport turlariga yo‘naltirishda tezkorlik qobiliyatlarini maksimal rivojlantirishda tezlikka (qisqa masofaga yugurish, sport o‘yinlari, yakkakurash, chang‘i sporti va boshqalar) e’tibor qaratish yoki harakat tezligi katta ahamiyatga ega. Uchinchi vazifa — ma’lum bir mehnat faoliyati turlarida samaraga erishish bilan bog‘liq bo‘lgan (masalan, dalada ishlash, ishlab chiqarishdagi operator vazifasini bajarishda, elektr va aloqa tizimida va boshqalarda) tezkorlik qobiliyatlarini takomillashtirish. Tezkorlik qobiliyatlari juda qiyinlik bilan rivojlanadi. Siklik lokomotor faoliyatda tezkorlikni oshirish o‘ta chegaralangan. Sport trenirovkasi jarayonida harakat tezkorligini oshirishda nafaqat o‘z tezkor qobiliyatlariga ta’sir etish, balki, boshqa yo‘l - tezkor chidamlilik, harakatlar texnikasini takomillashtirish, tezkor - kuch qobiliyatlari va kuchni tarbiyalash, u yoki bu tezkorlik sifatlami shakllantirishga bog‘liq omillami takomillashtirish orqali erishiladi. Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra yuqorida keltirilgan tezkorlik qobiliyatlari turlari spesifik ahamiyatga ega. Tezkorlik qobiliyatlarining o‘zaro ko'chish diapazoni cheklangan (masalan, signalga nisbatan yaxshi reaksiyaga ega boMishi mumkin, lekin, harakat chastotasi yuqori bo‘lmasligi mumkin, sprinter yugurishda startdan yuqori tezlikda chiqishni bajara olish qobiliyati masofani yuqori tezlikda bosib o‘tishni kafolatlamaydi yoki teskari bo‘lishi mumkin). Yuqorida keltirilgan tezkorlik qobiliyatlarining spesifik xususiyatlari ulaming har bir turi bo'yicha mos mashg‘ulot vosita va metodlarni qo'llashni talab qiladi. Tezkorlik qobiliyatlarini tarbiyalash vositalari Chegaraviy yoki chegaraviyga yaqin tezlik bilan bajariladigan mashqlar (ya’ni tezlik mashqlari) tezlik qobiliyatlarini rivojlantirish vositalari hisoblanadi. Ulami 3 ta asosiy guruhga ajratish mumkin (V.I.Lyax, 1997). 108 1. Tezkorlik qobiliyatlarining alohida tarkibiy qismlari: a) reaksiya tezkorligi; b) alohida harakatlami bajarish tezligi; v) harakatlar sur’atining yaxshilanishi; g) start tezligining yaxshilanishi; d) tezlik chidamliligi; e) umuman izchil harakat faoliyatlarini bajarish tezkorligiga (masalan, yugurish, suzish, to‘pni olib yurish) yo‘naltirib ta’sir ko‘rsatish mashqlari. 2. Tezkorlik qobiliyatlarining barcha asosiy tarkibiy qismlariga majmuali (har tomonlama) ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlar (masalan, sport va harakatli o'yinlar, estafetalar, yakkakurashlar va hakozolar). 3. Birgalikda a) tezkorlik va boshqa barcha qobiliyatlarga (tezlik va kuch, tezlik va koordinatsiya, tezlik va chidamlilik); b) tezkorlik qobiliyatlari va harakat faoliyatlari takomillashuviga (yugurish, suzish, sport o‘yinlari va boshqalar) ta’sir ko’rsatuvchi mashqlar. Sport amaliyotida alohida harakatlar tezkorligini rivojlantirish uchun portlovchi kuchni rivojlantiruvchi mashqlardan foydalaniladi, faqat bunda og’irliklar qo‘llanilmaydi yoki harakatlar tezligini pasaytirmaydigan og’irliklar tanlanadi. Bundan tashqari, to‘la siltanmasdan, maksimal tezlikda va harakatlami keskin to’xtatib bajariladigan mashqlar qo'llaniladi. Harakatlar sur’atini o’stirish uchun: harakatlar jadalligini oshirishga yordam beradigan sharoitlarda siklik mashqlar; motosikl, tortuvchi qurilma ortidan qiyalikka qarab yugurish, siltanishni qisqartirib, keyin esa uni asta — sekin oshirish hisobiga yuqori tezlik bilan oyoqlar hamda qo‘llami harakatlantirish; mushak guruhlari qisqarganidan keyin ulami bo’shashish tezligini oshirishga yo’naltirilgan mashqlar qoilaniladi. Tezkorlik imkoniyatlarini majmuali tarzda rivojlantirish uchun uch guruh mashqlardan foydalaniladi: reaksiya tezkorligini rivojlantirishda qo’llanadigan mashqlar: alohida harakatlaming tezligini rivojlantirishda, jumladan, qisqa kesmalarga (10 dan 100 m gacha) ko‘chish uchun ham qo‘llanadigan mashqlar; portlovchi xususiyati bilan tavsiflanadigan mashqlar. 109 Tezkorlik qobiliyatlarini tarbiyalash metodi Tezkorlik qobiliyatlarini tarbiyalashning asosiy metodlari quyidagilardan iborat: 1) qat’iy reglamentlangan mashq metodi; 2) musobaqalashuv metodi; 3) o‘yin metodi. Qat’iy reglamentlangan mashq metodi o‘z ichiga quyidagilami qamrab oladi: a) harakatlami maksimal tezlikda takroran bajarish metodi; b) maxsus yaratilgan sharoitda berilgan dastur bo‘yicha o'zgaruvchan mashqni, tezlikni va tezlanishlami turlicha variantlarda qoMlash metodi. Variativ mashq metodidan foydalanganda, yuqori shiddatli harakatlar (4-5 soniya davomida) va pastroq shiddatli harakatlar navbatlab beriladi — awal tezlik oshiriladi, keyin bir maromda tutib turiladi va kamaytiriladi. Bu bir necha marta ketma - ket takrorlanadi. Musobaqalashuv metodi turli mashg‘ulot bellashuvlari va final musobaqalari shaklida qo'llanadi. Bu metodning samaradorligi juda yuqori, chunki tayyorgarligi turlicha bo'lgan sportchilarga tenglik asosida yuqori ko’tarinkilik bilan, maksimal iroda kuchini namoyon etib bir - biri bilan kurashish imkoniyati beriladi. 0 ‘yin metodi xilma - xil mashqlami harakatli va sport o‘yinlari o'tkazish sharoitida maksimal mumkin bo’lgan tezlik bilan bajarishni ko‘zda tutadi. Bunda mashqlarjuda ko‘tarinki ruhda, ortiqcha zo'riqishlarsiz bajariladi. Bundan tashqari, ushbu metod harakatlaming “tezlik to‘sig‘i” paydo bo‘lishiga yo‘l qo'ymaydigan keng variativligini ta’minlaydi. Tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning maxsus qonuniyatlari yuqorida keltirilgan metodlami maqsadli ravishda mutanosibligini ta’minlashni talab qiladi. Yakka harakat tezkorligi va barakat maromini rivojlantirish metodi Yakka harakat tezkorligi alohida haraatlami yuqori tezlik bilan bajarish qobiliyatida namoyon boMadi. Bu , masalan, futbol to’pini tepish paytida oyoq harakati tezligi, voleybol to'piga zarba berish yoki nayza uloqtirish vaqtida qo‘l harakati tezligi. 110 Qo‘shimcha tashqi qarshilik boMmasa, yakka harakat tezkorligining eng yuqori ko‘rsatkichiga erishiladi. Tashqi qarshilik o‘sib borar ekan, harakatlar tezligini oshirish uchun bunda namoyon etiladigan kuchlanishlar quwatini oshirish lozim. Bu esa mushaklaming portlovchi qobiliyatlari bilan belgilanadi. Ushbu holatda yakka harakat tezkorligini og‘ irl iklar bilan bajariladigan mashqlardan foydalanib kuch qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga o‘tkazish maqsadga muvofiqdir (masalan, bokschilami og‘irlashtirilgan qo‘lqoplardan, sakrovchilarni og‘irlashtirilgan poyabzallardan foydalanishlari). Biroq asosiy ko‘nikma texnikasini og‘irliklarsiz bajarish yaxshi o‘zlashtirib olingandan keyingina yuqoridagi kabi mashqlami bajarishga kirishish kerak. Sharoitlami og‘irlashtirish usulidan tashqari ulami osonlashtirish usuli ham qo‘llaniladi: a) tashqi kuch ishlatish hisobiga shug‘ullanuvchi tanasi og‘irligini “kamaytirish” (masalan, gimnastika mashqlarida osma narvonlardan foydalanib yoki ularsiz o‘qituvchi yoki sherikning bevosita ko‘maklashuvi); b) tabiiy muhit qarshiligi cheklash (masalan, shamol esgan tomon yugurish, oqim bo‘ylab suzish va h.k.) v) shug‘ullanuvchiga o‘z tana harakati inersiyasi hisobiga tezlanishni amalga oshirishga yordam beradigan tashqi shart - sharoitlardan foydalanish (tepalikdan pastga yugurish, tor yo‘lka bo‘ylab yugurish va h.k.) Tezkorlik mashqlarining murakkablashtirilgan, odatdagi hamda yengillashtirilgan sharoitlarda navbatlanib bajarilishini ko'zda tutuvchi kontrastli (variativ) usul samarali hisoblanadi. Jismoniy mashqlarning siklik turlarida (yugurish, suzish va boshqalarda) harakat tezligi qadam uzunligi va harakatlar sur’atining (vaqt birligidagi harakatlar sur’ati) optimal nisbatiga bog‘liq bo'ladi. Bu ko'rsatkichlaming har birini mashqlar orqali yuksaltirish mumkin, biroq ular o‘z tabiati va rivojlantirish metodiga ega. Agar qadam uzunligi kuch hamda tezlik — kuch ko‘rsatkichlari bilan belgilansa, sur’at tezlik xususiyatlarini aks ettiradi. Sur’at asab tizimining holati, tayanch 111 harakat apparatining imkoniyatlari, mushaklaming bo'shashish hamda boshqa faoliyatiga o‘tish qobiliyatlariga bogiiq. Sur’atni oshirish uchun quyidagi usullar qoMlaniladi: siklik mashqlami maksimal qadamlar sur’ati bilan qayta bajarish; siklik mashqlarni turlicha qadamlar sur’ati bilan vaqtniqayd etgari holda qayta bajarish; o‘yin va estafetalar; bo'shashish mashqlari. Tezkorlik qobiliyatlarini namoyon etishning majmuali shakllarini rivojlantirish metodi. Harakat faoliyatlarining ko‘p qismini barcha turdagi tezkorlik qobiliyatlarining (yugurish, sakrash, to‘pni olib yurish, tashlashda va h.k.) namoyon bo’lishini talab qiladi. Tezkorlik qobiliyatlarini majmuali tarzda rivojlantirishda “to‘la” dam olish oraliqlari bilan, mashqlarda maksimal tezlikni namoyon etib qo‘llanadigan takroriy usul yetakchi hisoblanadi. 0 ‘yin va musobaqa usullari ham shunday muhim ahamiyatga ega bo'lib, ulardan foydalanish qiziqish, motivatsiya hamda hissiy ko'tarinkilikni oshirish hisobiga tezlik qobiliyatlarining imkon boricha kuchli namoyon bo'lishi uchun qo'shimcha rag* bat hosil qiladi. Tezkorlik qobiliyatlarini oshirishning samarali usuli tezlik mashqlarini murakkablashtirilgan, yengillashtirilgan va odatdagi sharoitlarda navbatlashni nazarda tutuvchi variant hisoblanadi. Amaliyotda ko’pincha natijalami oshishidan to’xtab qolishini - “tezlik to‘sig‘i”ni kuzatish mumkin. Bu hodisaning sabablaridan biri bir xil usullar, mashg‘uk>t vositalari hamda sharoitlardan foydalanish sanaladi. Natijada harakat dinamikasi stereotipi, ya’ni bosh miyaning katta yarim sharlari po‘stlog‘iga asab jarayonlarining turg‘un tizimliligi paydo bo'lishi uchun zarur sharoitlar yuzaga keladi. Bu harakatlar tezlik oichamlari barqarorlashuviga sabab boMadi. Bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlarda “tezlik to‘sig‘i” ning oldini olish uchun tor ixtisoslashuvni amalga oshirishga jadal kirishish va keng variativlik asosida vosita hamda usullardan foydalanish zarur. 112 Tezlik to‘sig‘ini yengish uchun sportchi o'zining eng yuqori tezligini oshira olishi mumkin bo'lgan yengillashtirilgan sharoitlar yaratiladi. Ko‘p hollarda tanlangan sport turi bo‘yicha mashg‘ulotlami biron muddatda to‘xtatib turish va tezkorlik qobiliyatlari darajasini ko'tarishga ko‘maklashadigan boshqa turdagi jismoniy mashqlarga o‘tish maqsadga rauvofiq bo'ladi. 7.3. Egiluvchanlikni tarbiyalash metodikasi Egiluvchanlik - bu harakatni katta amplitudada bajara olish qobiliyatidir. “Egiluvchanlik” atamsini butun tana yoki undagi bir necha bo‘g’imlaming birgalikdagi harakatchanligiga nisbatan qo‘llash maqsadga muvofiq. Alohida bo‘g‘im qo‘llaganda “egiluvchanlik” emas, balki, “harakatchanlik” tushunchasini ishlatish to‘g‘ri boiadi (masalan, yelka kamari harakatchanligi, tos son yoki bo‘g‘imlarining harakatchanligi). Yaxshi egiluvchanlik jismoniy mashqlarni bajarishda erkinlik, tezkorlik va kam harakatni ta’minlab samaradorlikni oshiradi. Egiluvchanlikning yetarli darajada rivojlanmaganligi tananing ayrim qismlari harakatini chegaralab inson koordinatsion harakatini qiyinlashtiradi. Egiluvchanlik namoyon boiish shakli bo'yicha sust va faolga aj rati lad i. Faol egiluvchanlik - insonni u yoki bu bo‘g‘im orqali o‘tgan mushak guruhlari qisqarishi hisobiga harakatlarning katta amplitudasiga erisha olish qobiliyatidir (masalan, muvozanatda turib oyoqni “qaldirg‘och” mashqida ko‘tarish amplitudasi). Sust egiluvchanlik - tashqi kuchlar: sherikning kuch ishlatishi, tashqi og‘irlik, maxsus moslamalar ta’siri ostida harakatlami eng katta amplituda bilan bajara olish qobiliyati tushuniladi. Shuningdek, egiluvchanlik dinamik va statik usulga ajratiladi. Dinamik egiluvchanlik harakatda, statik egiluvchanlik bo‘lsa gavdaning turish holatlarida namoyon bo‘ladi. Shu tariqa, egiluvchanlik umumiy va maxsusga ajratiladi. Umumiy egiluvchanlik - barcha bo‘g‘imlami (yelka, tirsak, oyoq panja, umurtqa pog‘onasi va b.q.) yuqori harakatchanligi (harakat amplitudasi); 113 maxsus egiluvchanlik — harakat amplitudasi, ya’ni, aniq harakat faoliyati texnikasiga mosligi bilan tavsiflanadi. Egiluvchanlikning namoyon bo‘Iishi qator omillarga bog'liq. Anatomik omil: suyaklar shakli, bo‘g‘im tog‘ayning qalinligi, mushaklar, bog’lamlar va paylaming cho‘ziluvchanligi egiluvchanlikning rivojlanish darajasini belgilab beradi (bo‘g‘imdagi harakatning yo‘nalishi hamda kengligi: egish, rostlash, uzoqlashtirish, yaqinlashtirish, burish). Mushaklar tarangligini (tonusini) markaziy asab tizimi orqali, shuningdek, antoganist mushaklami zo'riqtirib boshqarish. Buning ma’nosi shundan iboratki, egiluvchanlikning namoyon bo‘lishi cho'ziladigan mushaklami ixtiyoriy ravishda bo'shashlirish va harakatlami amalga oshimvchi mushaklami zo'riqtirish qobiliyatiga, ya’ni, mushaklararo koordinatsiyaning takomillashuv darajasiga bog'liqdir. Tashqi short - sharoitlar. Badan qizdirish mashqlari, uqalash, isituvchi muolajalar (iliq vanna, issiq dush, uqalash) ta’sirida harakatlar amplitudasi ancha oshadi. Egiluvchanlikning eng yuqori ko‘rsatkichlari kunduzi soat 12:00 dan 17:00 gacha qayd etiladi. Organizmni muayyan vaqtdagi funksional holati ham bo‘g‘imlar harakatchanligiga ta’sir ko'rsatuvchi omil sanaladi: charchoq faol egiluvchanlik darajasini pasaytiradi, mushaklami cho'zilishga qarshilik qiluvchi sust tarangligi hisobiga passiv egiluvchanlik ortadi. Egiluvchanlik boshqa sifatlardan farqli o'laroq hayotning dastlabki kunlaridanoq rivojlanishda orqaga keta boshlaydi. Buning sababi tog‘ay to’qimalaming asta- sekin suyaklashib, bo‘g‘imlaming qayishqoqligini yo‘qotib borishidir. Passiv egiluvchanlikni rivojlanishi uchun 9-10 yosh, faol egiluvchanlik uchun esa 10 - 14 yosh sensitiv davr hisoblanadi. Egiluvchanlikni rivojlantirish vazifa, vosita va metodlari. Egiluvchanlikni rivojlantirish vazifasi. Jismoniy tarbiyada bosh vazifa hayot uchun zarur bo'lgan harakat faoliyatini (ko’nikma va malakalar) egallashga imkon 114 beruvchi, egiluvchanlikni har tomonlama rivojlantirishni va boshqa koordinatsion, tezkorlik, kuchlilik, chidamlilik kabi harakat qobiliyatlarini ta’minlashdan iborat. Egiluvchanlikni rivojlantiriuvchi vositalar sifatida maksimal amplitude bilan bajarish mumkin boMgan mashqlardan foydalaniladi. Bunday mashqlami cho zilish mashqlari deb ataydilar. Cho‘zilish mashqlari orasida quyidagilar alohida o‘rin tutadi: faol (siltanishlar, egilishlar, aylanish harakatlari, shuningdek, buyumlar bilan); - sust (tezlik bilan, og‘ir!ik bilan, amortizatorlar bilan, snaiyadlarda); statik (chegaraviy amplitudada tana vaziyatini 6-10 soniya davomida saqlab turish). Bo‘g‘imlardagi harakatchanlikni rivojlantiruvchi mashqlami muntazam oshirib boriladigan amplituda bilan bajarish, pmjinasimon harakatlar bilan “o‘z - o'zini ushlab olish” tebranishlardan foydalanish tavsiya etiladi. Cho‘zilish mashqlarini qo‘llashning asosiy qoidalari quyidagilar: og‘riq bo‘lishiga y o i q o ‘yilm aydi, mashqlar sust sur’atda bajariladi, harakatlar amplitudasi tobora orttirib boriladi. Egiluvchanlikni rivojlantiriuvchi metodlar. Egiluvchanlikni rivojlantirishning asosiy metodi cho‘zilish mashqlarining seriyalab, har bir seriyada bir necha martadan takrorlagan holda, ish qobiliyatini tiklab olish uchun yetarli bo‘lgan faol dam olish oraliqlari bilan bajarilishini ko‘zda tutuvchi takroriy metod hisoblanadi. Hal etilayotgan vazifalar, cho‘zilish rejimi, yosh, jins, jismoniy tayyorgarlik darajasi, bo‘g‘imlaming tuzilishidan kelib chiqib, yuklamalar o‘lchami turlicha bo'lishi mumkin. Bu usulning ikki varianti bor: takroriy dinamik mashq usuli va takroriy statik mashq usuli. Statik mashqlar yordamida egiluvchanlikni rivojlantirish usuliyati “streching” degan nom olgan. Egiluvchanlikni rivojlantirish va takomillashtirish uchun cho'ziluvchanlik mashqlaridan foydalanishni optimal proporsiyasi, shuningdek, yuklamani to‘g‘ri me’yorlashni uslubiy jihatdan aniqlash lozim. Agarda 3 - 4 oydan keyin egiluvchanlikni rivojlantirishda sezilarli natijaga erishish talab qilinsa, u holda 115 mashqlardan foydalanishni quyidagi nisbatda qoMlash tavsiya qilinadi: taxminan 40 % faol, 40 % sust va 20 % statik. Yosh qanchalik kichik bo‘lsa, umumiy hajmda faol mashqlaming ulushi shunchalik ko‘p va statik mashqlarda каш bo‘lishi lozim. Mutaxassislar tomonidan statik holatlarda takrorlashlar soni bo'yicha harakat maromi va vaqtni “ushlash” uchun taxminiy tavsiya ishlab chiqilgan. Dastlabki mashg'ulotlarda takrorlashlar soni 8-10 martadan atrofida va asta- sekinlik bilan oshiriladi (2- jadval). Egiluvchanlikka doir mashqlami kam miqdorda ertalabki gigiyenik gimnastikaga, jismoniy madaniyat darsining kirish (tayyorgarlik) qismiga, sport mashg‘ulotlarining chigal yozish qismiga kiritish tavsiya qilinadi. Egiluvchanlik mashqlarini kuch va bo‘shashtiriuvchi mashqlar bilan uyg‘unlashtirish lozim. Belgilanganidek, kuch mashqlari va bo‘shashtiruvchi mashqlardan majmuali foydalanish ma’lum harakatni amalga oshiriuvchi mushaklaming egiluvchanligi va cho'ziluvchanligini, shuningdek, mushaklami bir - biriga bog'lovchi paylar mustahkamligini oshiradi. Yosh sportchilar va maktab yoshidagi bolalarda bo’g’imlar harakatchanlikini rivojlantirishga yo’naltirilgan mashqlami meyorlash (takrorlash soni) 2-jadval Bo’gim Takrorlash soni O’quvchilar yoshi Yosh sportchilar yoshi Bo’gimlar harakatchanligiga yordamlashuvchi stadiya 7-10 11-14 15-17 10-14 15 va undankatta Umurtqa pog’ona 20-30 30-40 40-50 50-60 80-90 40-50 Tos son 15-20 30-35 35-15 40-50 60-70 30-40 Yelka 15-25 30-35 35-45 45-50 50-60 30-40 Bilak 15-25 20-25 25-30 20-25 30-35 20-25 Tizza 10-15 15-20 20-25 15-20 20-25 20-25 Oyoq panja 10-15 15-20 20-25 15-20 20-25 10-15 116 Bundan tashqari, bo‘g‘imlar harakatchanligini rivojlantirishga yo'naltirilgan davrdagi bo'shashtiruvchi mashqlardan foydalanishda trenirovka samarasi sezilarli darajada (10 % gacha) o‘sadi. Yil davomida va ayrim mashg‘ulotlarda egiluvchanlikka yo‘naltirilgan mashqlar yuklamasini mashqlar soni va ulami takrorlash soni hisobiga oshirish lozim. Bitta mashg'ulot davomida egiluvchanlikka yo‘naltirilgan mashqlami bajarish quyidagi ketma - ketlikda bajarish tavsiya qilinadi: dastlab yuqori bo‘g‘imlar uchun, keyin gavda va pastki bo‘g‘imlar uchun mashqlar. Mashg‘ulotIardagi egiluvchanlik uchun beriladigan mashqlar orasidagi tanaffus uni rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Masalan, ikki oylik tanaffus bo‘g‘imlami harakatchanlik faoliyatini 10 - 12 % ga susaytiradi. So‘nggi yillarda chet elda va bizning mamlakatimizda ham mushaklar egiluvchanligini rivojlantiruvchi va elastikligini oshiruvchi streching deb nomlanuvchi statik tizimdagi mashqlar keng tus oldi. Streching atamasi inglizcha stretching — tortmoq, cho‘zmoq ma’nosini anglatadi. Shug‘ullanuvchilar statik holatda cho'zilish mashqini bajarish jarayonida ma’lum bir holatni egallab ushbu holatni 15 soniyadan 60 soniyagacha ushlaydi va modda almashinuvi va qon aylanish jarayonini faollashtiradi. Strechingni fiziologik ahamiyati shundan iboratki, mushaklami cho‘zish va ma’lum bir holatda ushiab turganda ulardagi qon aylanish va modda almashinuv jarayoni faollashadi. Jismoniy tarbiya va sport amaliyotida quyidagi streching mashqlaridan foydalaniladi: chigal yozish mashqlaridan keyin paylar va mushak bog'lamlarini tayyorlash vositasi sifatida yoki yuqori maromli trenirovka dasturida; mashg’ulot (darsning) asosiy qismida bog’lam va mushaklaming elastikligi va egiluvchanligini rivojlantirish vositasi sifatida; mashg’ulotning yakuniy qismida paylar tortishishi oldini olish va og’riqni bartaraf qilish, tayanch harakat apparatining lat yeyishidan saqlash va yuqori yuklamadan keyingi tiklanish vositasi sifatida. 117 Mashqlar orasidagi davomiyiik va dam olish ixtiyoriy bo'Iib, oraliqdagi uzilish shug‘ullanuvchilar uchun faol dam olish yoki sekin yugurish bilan to'ldirilishi mumkin. Streching metodikasi bir muncha yakka bo‘lib, ma’lum trenirovka jarayoniga tavsiya qilish mumkin. 1. Bir martalik takrorlash davomiyligi (holatni ushlab)15 dan 60 soniyagacha (yangi boshlovchi bolalar uchun 10-20 soniya). 2. Bitta mashqni takrorlash soni 2 martadan 6 martagacha, 10 - 30 soniya takrorlashlar orasida dam olish bilan. 3. Bitta majmuada takrorlashlar soni 4 dan 10 gacha. 4. Barcha yuklamalar davomiyiik vaqti lOdan 45 daqiqagacha. 5. Dam olish tavsifi - toiiq bo‘shashish, sekin yugurish, faol damolish. Mashqlami bajarish vaqtida yuklama berilgan mushaklar guruhiga diqqat qaratish lozim. Egiluvchanlikni rivojlantirish metodining o‘ziga xos xususiyatlari Egiluvchanlikni rivojlantirish bilan bog‘liq mashg‘ulotlami rejalashtirish va o‘tkazishda bir qator muhim usuliy talablarga rioya qilish zarur. Egiluvchanlik mashqlarini mashg‘ulotlaming turli qismlarida: tayyorlov, asosiy hamda yakuniy qismlarida qo‘llash mumkin. Majmuaga 6 - 8 ta mashq kiritiladi. Hayot uchun zarur harakatlarga eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘g‘imlardagi haraatchanlikni rivojlantirishga ko'proq ahamiyat berish maqsadga muvofiq. Cho‘zilish mashqlari, agar ular har kuni yoki hatto kuniga ikki martadan bajarilsa, katta samara beradi. Egiluvchanlik mashqlari to‘xtatilib qo‘yilsa, uning darajasi asta -sekin pasayib boradi va 2 - 3 oydan keyin dastlabki holatga qaytadi. Shuning uchun mashg‘ulotlarda ko‘pi bilan 1 - 2 haftalik tanaffus qilishga yo‘l qo'yiladi. Egiluvchanlikni rivojlantirishda turli cho‘zilish mashqlarining quyidagicha nisbatiga rioya qilgan ma’qul: 40 % faol, 40 % sust va 20 % statik mashqlar. Ammo shunday qonuniyat bor: yosh qanchalik kichik bo‘lsa, jami mashqlaming ko‘proq qismini faol, kamroq qismini esa statik mashqlar tashkil etishi kerak. 118 Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi faoliyatni kuch qobiliyatlarini rivojlantirish bilan uyg‘unlashtirish zarur. Bu holatda tarkibida qo‘shimcha og‘irliklami qoilab bajariladigan mashqlari boMgan mashg‘ulotlar ko‘proq samara beradi, bunda ular kattaligi cho'zilayotgan mushaklaming kuch imkoniyatlari darajasining 50 % qismidan yuqori boMmasligi lozim. Og‘irlik kattaligi harakat faoliyati xususiyatiga bog‘liq: siltanish mashqlaridan foydalanganda 1 - 3 kg og‘irlik yetarli boMadi, majburlab cho‘zilish mashqlarini bajarganda esa bu ko‘rsatkichni birmuncha ko‘tarish kerak. Bo‘shashish va mushak zo‘riqishlarini pasaytirish uchun ruxiyatga ta’sir ko‘rsatuvchi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq. Egiluvchanlikning rivojlanish darajasini aniqlash uchun nazorat (test) mashqlari Egiluvchanlikni aniqlashning asosiy me’zoni sinaluvchi erishishi mumkin boMgan harakatlaming eng katta amplitudasi hisoblanadi. Harakatlar amplitudasini asbob - uskunalar yoki pedagogik testlardan foydalanib, darajalar yoki chiziqli oMchamlarda aniqlanadi. Asbob - uskunalar usuli quyidagilar: - mexanik usul (goniometr yordamida); - mexanoelektrik usul (elektrogoniometr yordamida); - optik usul (foto, video, kino asboblar yordamida); - rentgenografik usul. Bo‘g‘imlar harakatchanligini aniq oMchash uchun elektrogoniometrik, optik va rentgenografik usullar qo‘llaniladi. Elektrogoniometrik usul turli harakat fazalaridagi bo‘g‘imlaming o'zgarish burchaklarini kuzati va egiluvchanlikni grafik tasvirlanishini ko‘rishga imkon yaratadi. Egiluvchanlikni optik nazorat usuli foto, kino va video asboblardan fodalanishga asoslangan. Rentgenografik usul bo‘gMmlar tuzilishini rentgenologik tahlil qilishga asoslangan holda harakat amplitudasini nazariy jihatdan aniqlash imkoniga ega. 119 Jismoniy tarbiyada egiluvchanlikni o‘lchashning tushunarli va eng ko‘p tarqalgan mexanik goniometr - burchakni o'lchash ya’ni, oyoqlardan bittasiga transportir o'matib aniqlash hisoblanadi. Goniometr oyoqchalari u yoki bu qismlardan iborat segmentlaming ko‘ndalang o‘qiga mahkamlanadi. Bukib yozish va burilishni bajarganda bo‘g‘im segmentlari o‘qi oralig'idagi burchakni aniqlaydi (3- rasm). 3-rasm. Egiluvchanlikning rivojlanish darajasini aniqlash iichun nazorat (test) mashqlari. Turli bo‘g ‘imlar harakatchanligini aniqlash uchun asosiy pedagogik testlar sifatida SDdda nazorat mashqlari xizmat qiladi (3- rasm). 120 1. Yelka kamari harakatchanligi. Sinaluvchi gimnastika tayoqchasining chetidan ushlab qo'llarini to‘g‘ri ushlab boshi ustidan orqaga olib o‘tadi (3- rasm, 1). Yelka kamari harakatchanligi qo‘llarni orqaga bukib kafflar orasidagi oraliq masofa bilan aniqlanadi: oraliq masofa qisqa bo'lsa, egiluvchanlik yuqori bo‘ladi va teskari holat (3- rasm, 2). Bundan tashqari, qo‘l kaftlari orasidagi masofa sinaluvchining yelka kamari kengligi bilan taqqoslanadi. Ko‘krakda yotgan holatda qo'llar to‘g‘rida, to‘g‘rilangan qo'llarni yuqoridan orqaga olib o‘tish. Poldan barmoqlar uchigacha bo‘lgan masofa o'lchanadi (3-rasm,5). 2. Umurtqa pog'ona ustunining harakatchanligi. Gavdani oldinga egilish darajasi bilan aniqlanadi (3-rasm,3,4). Sinaluvchi gimnastika o‘rindig‘ida tik turgan holatda (yoki polda o'tirib) oyoqlami tizzadan bukmasdan imkon darajasida oldinga egiladi. Umurtqa pog'ona egiluvchanligi lineyka yoki tasma yordamida 0 belgisidan qo'lni uchinchi barmoq oralig'i santimetrda o'lchanadi. Agarda barmoqlar 0 belgisiga yetmasa, u holda masofa o'lchami “minus” (-), agarda 0 belgisidan pastga tushsa “plyus” (+) bilan belgilanadi. “Ko'prik” (3-rasm,7). Natija sinaluvchining oyoq panjasi orqasidan qo‘l barmoq lari uchigacha bo'lgan masofa (santimetrda) o'lchanadi. Oraliq masofa qanchalik qisqa bo'lsa, egiluvchanlik darajasi shunchalik katta bo'ladi va teskari holat. 3. Tos son bo'g'imi harakatchanligi. Sinaluvchi oyoqlarini iloji boricha keng yoyishga harakat qiladi: 1) yon tomonga, 2) oldinga va orqaga qo'llar bilan tayangan holda (3-rasm, 8). Ushbu bo‘g‘im harakatchanligi poldan (dumg'aza) tosgacha bo'lgan masofa bilan o'lchanadi: oraliq masofa qanchalik qisqa bo'lsa, egiluvchanlik darajasi shunchalik katta bo'ladi va teskari holat. 4. Tizza bo ‘g 'imlari harkatchanligi. Sinaluychi qo'llarini bosh orqasiga qo'yib yoki oldinga uzatgan holda o'tiradi (3-rasm, 10,11). To'liq o'tirish ushbu bo‘g‘imlami yuqori harakatchanligidan dalolat beradi. 5. Oyoqpanja bo ‘g ‘imlari harakatchanligi (3- rasm, 12,13). Bo‘g‘imlardagi harakat parametrlarini turlicha aniqlash mumkin, standart testlash sharoitiga amal qilgan holda: 1) gavda bo'g'imlarini bir xil dastlabki holatida; 121 2) bir xil (standart) chigal yozish; 3) egiluvchanlikni bir xil vaqtda takroran aniqlash, aynan ushbu sharoit bo‘g‘imlar harkatchanligiga u yoki bu darajada ta’sir qiladi. Sust egiluvchanlik tashqi ta’sirlar yordamida erishiladigan katta amplitude evaziga aniqlanadi. U tashqi kuchlar ta’sirida erishiladigan katta amplitude evaziga aniqlanadi, uning kattaligi barcha o‘lchamlarda bir xil bo‘lishi lozim, aks holda sust egiluvchanlikning ob’ektiv baholashga erishib bo‘lmaydi. Sust egiluvchanlikni aniqlashda tashqi kuchlar tomonidan og‘riq sezilsa u holda oMchash to'xtatiladi. Ma’lumotlardagi ko‘rsatkichlarga qaraganda sinaluvchining mushaklar apparati va bo‘g‘imlar holati faol kattalik va sust egiluvchanlik (santimetrda yoki burchak darajasi) orasidagi farq hisoblanadi.Ushbu farq faol egiluvchanlik tanqisligi deb ataladi. 7.4. Chaqqonlikni tarbiyalash metodikasi Hozirgi davrda jismoniy tarbiya va sportda yuqori darajadagi chaqqonlik reaksiyasi va uni o‘ndan bir yoki yuzdan bir soniyaga yaxshiLashni talab qiladigan vaziyatlar yetarli bo‘lib, u katta ahamiyatga ega. Chaqqonlikni rivojlantirishning asosiy metodi - mashqlami takrorlash metodi. Chaqqonlik reaksiyasiga yo’naltirilgan mashqlar dastlab yengillashtirilgan sharoitlarda bajariladi. Masalan, yengil atletikada (qisqa masofaga yugurish) dastlabki yugurish qadamlari start signalisiz chaqqolik bilan bajariladi va yuqori start holatida qoMlar bilan biron - bir buyumga tayanib start belgisiga amal qilgan holda chaqqonlikka doir ayrim mashqlar bajariladi. Qoidaga muvofiq, reaksiya harakat faoliyati yo‘nalishiga muvofiq aniq tarkibdagi yoki uning elementiga xos ochiq vaziyatda amalga oshiriladi (start, himoya yoki hujum harakatida, o‘yin harakati elementlarida va b.q.). Shuning uchun ham oddiy chaqqonlik reaksiyasini takomillashtirish uchun tezkorlik sharoitlariga amal qilgan holatda, maksimal darajada musobaqa jaryoniga yaqin vaziyatda, dastlabki va buyruqni bajarish oralig‘ida vaqt o'zgartiriladi. 122 Oddiy reaksiya vaqtini qisqartirishga erishish deyarli - qiyin vazifa. Ko'p yillik trenirovka davrida uning latent vaqtining qisqartirish imkoniyati taxminan 0,10-0,15 soniya. Oddiy reaksiya ko‘chish xususiyatiga ega: agar inson bir vaziyatda ko‘p signallarga tez amal qilsa, u boshqa vaziyatlarda ham ularga tez amal qiladi. Qiyin harakat reaksiyalarida chaqqonlikni tarbiyalash. Qiyin harakat reaksiyasi har doim va kutilmagan vaziyatdagi harakatlar bilan tavsiflanadigan faoliyat turlarida (harakatli va sport o'yinlarida, yakkakurash va boshqalarda) uchraydi. Jismoniy tarbiya va sportdagi qiyin harakat reaksiyalari bu reaksiya “tanlovi” va harakatlanayotgan ob’ektga (bir qancha imkoniyat bo'lgan vaziyatda ushbu vaziyatga doir boiganidan bittasini tanlash imkoniyati) nisbatan reaksiyadir. Qiyin harakat reaksiyalarida chaqqonlikni tarbiyalash mashg‘ulotlardagi to‘liq harakat vaziyatlarini modellashtirish va tadbirlarda muntazam ishtirok qilish bilan bog‘liq. Ammo, tanlangan yo'nalishga ta’sir qilish hisobiga qiyin reaksiyani yaxshilash imkoni yo‘q. Buning uchun harakat faoliyatida u yoki bu qiyin chaqqonlik reaksiyasining shakllanish sharoiti va modellashtirilgan ay rim shaklida maxsus tayyorgarlik mashqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Buning natijasida reaksiya vaqtini qisqartirishga imkon beruvchi maxsus sharoit yaratiladi. Harakatlanayotgan ob’ektga nisbatan chaqqonlik reaksiyasini tarbilashda asosiy e’tibor diqqat markazidagi obyektni joylashishi va uni ilg'ab olish (masalan,to‘p), dastlabki reaksiya komponenti vaqtini qisqartirishga yo‘naltiriladi. To'satdan ob’ektni paydo bo'lishi va katta tezlikda harakatlanishida ushbu komponent qiyin harakat reaksiyasi vaqtining bir qismini - odatda yarmidan ko'pini tashkil qiladi. Uni qisqartirish harakati ikkita asosiy yo‘l bilan amalga oshiriladi: 1) ob’ektni diqqat markazida “ushlash” va oldindan tayyorgarlik ko'nikmasi (masalan,shug‘ullanvchilar to‘pni bir lahzaga bo‘lsa ham diqqat markazidan qochirmaydi,unda dastlabki fazadagi harakatlanayotgan ob’ektga bo'lgan vaqt 123 o‘z-o‘zidan qisqaradi), shuningdek, ob’ekt harakatlanishini oldindan sezish ko‘nikmasi tarbiyalanadi; 2) tezkorlikni jonlantiradigan va tashqi omillar asosida qiyin reaksiyaning boshqa komponentlari va tezkorlik hajmini oshirishga yo‘naltiri!gan talab kuchaytiriladi. Ko'pchilik vaqtlarda reaksiyani tanlash vaqti mumkin bo‘lgan reaksiya variantlaridan faqat bittasi tanlanadi. Yuqoridagilami hisobga olgan holda chaqqonlik reaksiyasi tanlovini tarbiyalashda birinchi navbatda shug'ullanuvchilami raqbning kutilmagan harakatiga nisbatan “yashirin hissiyot” dan foydalanishga o‘rgatiladi. Bunday ma’lumotni raqibning holatini kuzatishdan, umumiy hatti - harakatidan, mimikasi va tayyorgarlik harakatidan olish mumkin. Maxsus tayyorgarlik mashqlarining reaksiya tanlovini takomillashtirish uchun qoilagan holda tanlov vaziyati ketma — ketlikda qiyinlashtiriladi, belgilangan tartibda raqibga mumkin bo‘lgan harakatlar varianti va qarshi harakatlar soni oshiriladi. Reaksiya vaqtiga harakatlami o'zlasbtirilganligi va qiyinligi, signal turi, shug‘ullanuvchining holati, tajribasi, yoshi kabi omillar ta’sir qiladi. Chaqqonlik harakatlarini tarbiyalash Chaqqonlik harakatlarining tashqi shakllanishi tezkorlik harakatlarida aks etib qolmasdan balki boshqa qobiliyatlarda (kuchlilik, koordinatsion, chidamlilik va boshqalarda) ham mustahkamlanib boradi. Chaqqonlik harakatlarini tarbiyalashning asosiy vositalari sifatida chegaraviy yoki chegaraga yaqin bajariladigan: 1) asl tezkorlik mashqlari; 2) umumtayyorgarlik mashqlari; 3) maxsus tayyorgarlik mashqlari xizmat qiladi. Asl tezkorlik anaerob elaktat quwat ta’minlovchi va davomiyligi katta bo‘lmagan (15 dan - 20 soniyagacha) mashqlari bilan tavsiflanadi. Ular katta boimagan hajmdagi tashqi qarshilik va ularsiz bajariladi. 124 Umumtayyorgarlik mashqlari jismoniy tarbiya va sportda sprinter mashqlari, sakrash mashqlari, tezkorlikka yo‘naltirilgan o‘yinlar bilan keng foydalaniladi (masalan, sodda va qiyinlashtirilgan qoidaga binoan basketbol, kichik - futbol va boshqalar). Maxsus tayyorgarlik mashqlarini tanlashda turkumlanish qoidasiga amal qilish maqsadga muvofiq. Ko‘pchilik holatlarda ular musobaqa mashqlarining “qisman” va to‘liq shaklini namoyon qilib, musobaqada erishilgan natijaga qarab tezlikni oshirish mumkin. Chaqqonlik harakatlarini tarbiyalash maqsadida qarshilik bilan bajariladigan maxsus mashqlardan foydalanishda og‘irligi maksimumdan 15-20 % gacha chegarada bo‘lishi lozim (E.Ozolin, 1986). Musobaqa mashqlarining to‘liq shaklidan chaqqonlikni tarbiyalashning bosh vositasi sifatida tezkorlik alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan sport turlarida foydalaniladi (sprinterlik turlarida). Tezkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda ma’lum bir ko‘rsatkichlarga erishilgandan keyin mashg'ulotlarning muntazamliliga qaramasdan natijalarni yaxshilanishi kuzatilmasligi mumkin. Bunday to‘xtalish natijalarni o‘sishida “tezkorlik to‘sig‘i” sifatida qaraladi. Talimda bunday shakllanishning sababi mashqlar texnikasi va kuchlanishlar shakllanishi o'rtasidagi shartli - reflektorlarni yetarli darajada turg'unligidan darak beradi. Bunday holat yuz bermasligi uchun mashg‘ulotlarga variativ sharoitlarda chaqqonlikni shakllantiruvchi mashqlami kiritish va quyidagi metodik usul va yondashuvlardan foydalaniladi. 1. Tashqi shartlarni yengillashtirish va harakatni kuchlantiruvchi qo ‘shimcha kuchlardan foydalanish. Mashqlarda chaqqonlikni shakllanish sharoitini yengillashtirishning eng ko‘p tarqalgan usuli bu, jihozlar va sport uskunalarida qarshilik kuchi bilan, qarshilik kuchini kamaytirish, oddiy sharoitda harakatlami yuqori tezlikda bajarishga imkon yaratadi. Qiyin jihati shundaki, mashqlarda shug'ullanuvchining faqat asl og'irligi bilan bajariladigan yondashuv. 125 Bunday mashqlarda yuqori tezkorlikka erishini yengillashtirishga harakat qilib, harakat chastotasi va maromni oshiruvchi, ya’ni, bajara olish imkoniyatiga qarab quyidagi usullardan foydalaniladi: a) tashqi kuch hisobiga shug‘ullanuvchining tana og‘irligi (masalan, bevosita o'qituvchi (murabbiy) yordamida) yoki raqibning yuqoridan osilgan moslamasi yordamida (gimnastika va boshqa mashqlarda) kamaytiriladi; b) tabiiy muhitda qarshilik chegaralanadi (masalan, shamolga qarshi yugurish, oqimga qarshi suzish va boshqalar); v) o‘z tana inersiyasi hisobiga shug'ullanuvchiga yordam beruvchi tashqi muhitdan foydalaniladi (tepalikda yugurish, qoyadagi yo‘laklarda yugurish); g) amaldagi yo'nalish bo‘ylab harakatlanishda tashqi kuchlami me’yorlab qo‘llash (masalan, yugurishdagi mexanik tortishish). 2. Qarshiliklar variatsiyasi va “tezlanish asorati” samarasidanfoydalartish. Harakat tezligi qarshi harakat bajarish ta’siri ostida vaqtinchalik o'zgarishi mumkin (masalan, yuqoriga sakrashdan oldin yuk bilan sapchish, oddiy yadroni irg‘itish oldin og‘ir yadroni irg‘itish). Ushbu samaradorlik mexanizmi asab markazini uyg'otish, belgilangan harakatni saqlash va navbatdagi harakat faoliyatini jadallashtirish bilan yakunlanadi. Buning natijasida bajarilgan ish quvvati va kuchlanish darajasi o‘sadi, harakat vaqti deyarli qisqaradi. Ammo bunday samara har doim ham kuzatilmaydi. U ko‘pchi!ik jihatdan og‘irlashtirilgan va yengillashtirilgan mashqlar varianti, oddiy ketma -ketlik tartibi va takrorlashlar soni, qarshilik og'irligi va keyinchalik uni yengillashtirishga bog‘liq. 3. Tezkorlikning namoyon bo ‘lishini sensor faollashtirish va yetakchilik qilish. “Yetakchi” tushunchasi barcha taniqli usullami qamrab oladi (raqib-yetakchi izidan yugurish va boshq.). Qoidaga muvofiq, ayrim mashg‘ulotlar doirasida tezkorlik mashqlari hajmi unchalik katta emas hatto, maxsus tezkorlik tavsifidagi faoliyat turlarida ham. Ushbu jarayon birinchidan, chegaraviy maromdagi va ruxiy zo‘riqishli mashqlarda; ikkinchidan, harakat tezligi pasayishi bilan bog‘liq va charchash holatida ulardan 126 maqsadli foydalanish bilan shartlanadi. Tezkorlik mashqlaridagi dam olish oralig‘i shunday boMishi lozimki, oldingi mashqqa nisbatan navbatdagi mashq tezligi past bo‘lmagan darajada bajarish kerak. 7.5. Chidamlilikni tarbiyalash metodikasi Chidamlilik bu - mushaklar faoliyati jarayonida jismoniy charchashga qarshi tura olish qobiliyatidir. Chidamlilik o'lchovi vaqt bo'lib, uning davomida aniq tavsif va samaradorlikka erishishda mushaklar faoliyati orqali amalga oshiriladi. Masalan, siklik jismoniy mashq turlarida (yurish, yugurish, suzish va b.q.) belgilangan masofani bosib o‘tish minimal vaqt bilan oMchanadi. Yakkakurash va o‘yin faoliyati turlarida vaqtni oichash belgilangan harakat faoliyatining samaradorlik darajasi davomida amalga oshiriladi. Harakatni aniq bajarish bilan bogiiq qiyin koordinatsion faoliyat turlarida (sport gimnastikasi, figurali uchish) chidamlilik ko'rsatkichi harakat texnikasini to‘g‘ri vazmin bajarish hisoblanadi. Chidamlilik umumiy va maxsusga ajratiladi. Umutniy chidamlilik bu -mushaklar tizimining umumiy tarzda ishni uzoq vaqt davomida past maromda bajara olish qobiliyatidir. Uni boshqacha qilib aerob chidamlilik deb ham ataladi. bison uzoq vaqt davomida past maromda yugurishga chidashi va shu maromdagi boshqa ishni (suzish, velosiped haydash va b.q.) bajara olish imkoniyatiga ega. Umumiy chidamlilik hayotiy faoliyatni optimallashtirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, jismoniy sog‘lomlik komponenti sifatida maxsus chidamlilikka xizmat qiladi. Maxsus chidamlilik bu - ma’lum harakat faoliyatiga nisbatan chidamlilikdir. Maxsus chidamlilik quyidagicha turkumlanadi: harakat faoliyati belgilari yordamida hal qilinadigan harakat vazifasi (masalan, sakrovchanlik chidamliligi); harakat vazifalari yechiladigan sharoitdagi harakat faoliyati belgilari asosida (masalan, o‘yindagi chidamlilik); boshqa jismoniy sifatlar (qobiliyatlar) bilan hamkorlikdagi harakat vazifalarini samarali hal qilish uchun zarur bo'lgan belgilar 127 asosida (masalan, kuch chidamliligi, tezlik chidamliligi, koordinatsion chidainlilik va b.q.). Maxsus chidamlilik asab -mushak apparati, mushaklaming ichki quvvatlami tez sarflashi, harakat faoliyatida texnikani egallaganligi va boshqa harakat qobiliyatlariga bogMiq. Chidamlilik turlarining turli tumanligi shundan iboratki, bir - biriga kam darajada bo‘y sunadi yoki umuman bo‘y sunmaydi. Masalan, yuqori kuch chidamliligiga ega boMish mumkin lekin, tezlik yetarli darajada yoki koordinatsion chidamlilik past bo‘lishi mumkin. Turli harakat faoliyatlarida chidamlilikning shakllanishi ko'pchilik omillarga bogMiq: bioenergetik, funksional va biokimyoviy, funksional turg'unlik, shaxsiy ruhiy, genotip (irsiy) muhit va boshqalar. Bioenergetik omillar o‘z ichiga, organizm boshqaradigan va uning tizimidagi (nafas olish, yurak - qon tizimi) funksional imkoniyatlari, ish jarayonida quvvatni tiklanish muolajasi, quwat zaxiralari hajmini qamrab oladi. Chidamlilik ishi uchun zarur boMgan quvvatni hosil boMishi kimyoviy hazm boMish natijasida yuzaga keladi. Quwat hosil boMish manbasining asosi aerob, anaerob glikolitik va anaerob alaktat reaksiya, foydalanish mumkin boMgan yogMar, uglevodlar, ATF, KTF, shuningdek, organizmdagi metabolik o‘zgarishlar hisoblanadi (N.I.Volkov, 1976). Chidamlilikning fiziologik asosi organizmning aerob imkoniyatlari hisoblanib, ish jarayonida maMum bir quwat ulushi bilan ta’minlovchi va organizmning har qanday davomiylikdagi ishdan keyingi ishchanlik qobiliyatini tezda tiklanishini ta’minlashdan iborat. Anaerob alaktat quwat manbasi 15 - 20 soniya davomiylikdagi maksimal maromdagi mashqlarda ishchanlik qobiliyatini ushlab turishda katta ahamiyatga ega.
Anaerob glikolitik manba 20 soniyadan 5 - 6 daqiqagacha boMgan davomiylikdagi jarayondagi ishni quwat ta’minoti hisoblanadi. Fuknsional va biokimyoviy tejash omillari mashqni bajarish natijasi va yutuqqa erishishga sarflash nisbatini aniqlaydi. Odatda tejamkorlik ish vaqtida organizmni quwat bilan ta’minlashni bogMaydi, amaliyotda organizmdagi quwat ta’minoti cheklangan boMib, omillar hisobiga yoki, ayrim holatda inson organizmi 128 minimum quwat sarflash hisobiga ishni bajarishga harakat qiiadi. Ushbu holatda sportchining malakasi qanchalik yuqori bo'lsa, ayniqsa chidamlilikni talab qiluvchi sport turlarida ular tomonidan bajariladigan ishda tejamkorlik shuncha yuqori bo‘ladi. Tejamkorlikning ikkita tomoni mavjud bo‘lib, mexanik (yoki biomexanik) musobaqa faoliyatida texnika yoki taktikani toMaqonli egallaganlik darajasiga bog’liq; fiziologik — biokimyoviy (yoki funksional) ishning qaysi qismi sut kislotasiz achitish tizimining quwati hisobiga bajarilishi bilan aniqlanadi. Insonning charchashiga qaramasdan texnik va taktik faoliyatini saqlashi funksional turg‘unlikka bog'liq. Shaxsiy - ruhiy omillar ayniqsa qiyin sharoitda chidamlilikni shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunga yuqori natijaga erishishga boigan turtki, uzoq muddatli faoliyat natijasi va jarayonida turg'unlikni o’rnatish, shuningdek, maqsadga intilish, qat’ityatlilik, chiday olish va organizmning ichki muhitidagi noqulay holatlariga chidash ko’nikmasi, “bajara obnayman” orqali ishni bajarish kabi irodaviy sifatlar kiradi. Genotip (irsiy) omillar. Umumiy chidamlilik (aerob) irsiy omillar ta’siri bilan shartlanadi (irsiyat koeffitsenti 0,4 dan 0,8 gacha). Irsiy omillar organizmning aerob imkoniyatlari rivojlanishiga ham ahamiyatli darajada ta’sir qiiadi. Irsiyatning yuqori koeffitsenti (0,62 - 0,75) statik chidamlilikda irsiyatning dinamik kuch chidamliligiga ta’sir qilish uchun aniqlangan. Irsiy omillar submaksimal ishda ayollar organizmiga katta ta’sir o'tkazsa, erkaklarda past quwatdagi ishda ta’sir o‘tkazadi. Chidamlilikni o’sishiga hayot tarzi va maxsus mashqlar ahamiyatli darajada ta’sir qiiadi. Turli sport turlari bilan shug'ullanuvchilarda harakat faoliyatining chidamlilik ko‘rsatkichi (ayrim holatlarda 2 marotaba va undan ko‘p) sport bilan shug'ullanmaydiganlar natijasidan ancha oshadi. Masalan, yugurishda chidamlilikka shug’ullanuvchi sportchilarda kislorodning maksimal iste’moli (KMI) 80 % ga va oddiy insonlaming o’rtacha ko‘rsatkichi ko’proq yuqori bo’ladi. Chidamlilikni 129 rivojlantirish maktabgacha yoshdan 30 yoshgacha amalga oshiriladi. Chidamlilikning eng samarali o‘sishi 14 yoshdan 20 yoshgacha kuzatiladi. Chidamlilikni rivojlantirish vazifalari. Maktab yoshidagi bolalarda chidamlilikni rivojlantirishning bosh vazifasi jismoniy tarbiya dasturidagi turli harakat faoliyatlari asosida umumiy aerob chidamlilikni oshirish uchun sharoit yaratishdan iborat. Shuningdek, tezkorlik, kuch va koordinatsion - harakat chidamliligi bo‘yicha ham vazifalar mavjud. Ulami yechish harakat qobiliyatlarini har tomonlama garmonik rivojlantirishga erishish demakdir. Demak, chidamlilik shakllari va maksimal darajada yuqori natijaga erishish turlari talablariga mos, ya’ni, asosiy sport turlarida ahamiyatga ega sport mutaxassisligi fani sifatida tanlangan yana bitta vazifa kelib chiqadi. Chidamlilikni tarbiyalash vositalari Umumiy chidamlilikni (aerob) rivojlantirish vositalari nafas olish va yurak - tomir tizimining maksimal ishchanlikka chaqiruvchi mashqlar hisoblanadi. Mushaklar ishi aerob manba hisobiga ta’minlanadi; ish maronii past, yuqori, tanffusli va mashqlami bajarish davomiyligi bir necha daqiqadan o'n daqiqagacha yetishi mumkin. Jismoniy tarbiya amaliyotida siklik va asiklik tavsifdagi shakli jihatdan turli jismoniy mashqlar qoMlaniladi, masalan, uzoq masofaga yugurish, suzish, aylanma trenirovka metodi asosida bajariladigan o‘yinlar va o‘yin mashqlari (o‘rta maromda bajariladigan 7-8 ta va undan ko‘p mashq). Ularga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: ular bir necha daqiqadan 60 - 90 daqiqagacha davom etishi lozim; ish mushaklarni global faoliyati orqali amalga oshirilishi zarur. Maxsus chidamlilikning ko‘pchilik turlari ma’liun darajada anaerob imkoniyatlaming rivojlanish darajasi bilan belgilanadi, buning uchun ko‘p mushaklar guruhi faoliyatini o‘z ichiga oladigan va chegaraviy hamda chegaraviyga yaqin shiddat bilan ish bajarishga imkon beradigan mashqlardan foydalaniladi. 130 Maxsus chidamlilikni samarali rivojlantirish vositalari shakli jihatdan musobaqa sharoitiga yaqinlashtirilgan maxsus tayyorgarlik mashqlari, tuzilishi va xususiyatlari organizmning funksional tizimiga ta’sir qiladigan umumtayyorgarlik va musobaqa mashqlari hisoblanadi. Organizmning anaerob imkoniyatlarini oshirish uchun quyidagi mashqlardan foydalaniladi: 1. Anaerob alaktat qobiliyatlami oshirish imkoniyatiga ega mashqlar. Maksimal shiddatda ish davomiyligi 10-15 soniya. Mashqlar seriyalar bilan takrorlash tartibida foydalaniladi. 2. Alaktat va laktat anaerob qobiliyatlar bilan parallel ravishda takomillashtirishga imkon beruvchi mashqlar. Belgilangan maksimaldan 3. 90 - 100 % o’rtacha shiddatdagi ish davomiyligi 1 0-15 soniya. 4. Laktat anaerob imkoniyatlami oshirishga imkon beruvchi mashqlar. Belgilangan maksimaldan 85 - 90 % o‘rtacha shiddatdagi ish davomiyligi 30 - 60 soniya. 5. Alaktat anaerob va aerob bilan parallel ravishda takomillashtirishga imkon beruvchi mashqlar. Belgilangan maksimaldan 85 - 90 % o’rtacha shiddatdagi ish davomiyligi 1 - 5 daqiqa. Ko'pchilik jismoniy mashqlami bajarishda ulaming yuklamasi organizmda quyidagi komponentlarda to‘liq tavsiflanadi (V.M.Zatsiorskiy, 1966): 1) o'rtacha shiddatdagi mashq; 2) mashq davomiyligi; 3) takrorlash soni; 4) dam olishdagi interval davomiyligi; 5) dam olish tavsifi. Mashq shiddati siklik mashqlarda harakat tezligi, asiklik mashqlarda vaqt birligida (marom) harakat faoliyati soni bilan tavsiflanadi. Harakat faoliyati quwat ta’minoti tavsifi va organizmning funksional tizimi ishiga mashqdagi shiddat o'zgarishi to‘g‘ridan - to‘g‘ri ta’sir qiladi. Past quwatda, ya’ni, quwat sarflash katta bo’lmaganda qon aylanish va nafas organlari past kuchlanishda organizm 131 uchun zarur kislorod bilan ta’minlaydi. Mashq bajarishni boshlaganda hosil boiadigan kislorod qarzi aerob jarayon to‘liq ta’sir qilmasdan oldin ishni bajarish jarayonida to‘liq qoplanadi va keyinchalik haqiqiy turg‘un holat sharoitida yuzaga keladi. Bunday mashq shiddati subkritik (yuqori tanglik holati) nomini olgan. Shug’ullanuvchining mashq bajarishdagi shiddaat oshishi, quvvat sarflashdagi (kislorod tanqisligi) holatiga erishib maksimal aerob imkoniyatga teng bo‘ladi. Bunday mashq shiddati kritik (tanglik holati) nomini olgan. Yuqori kritik mashq shiddati nadkritik (tang holat usti) nomini oldi. Bunday mashq shiddatida kislorodga talab organizmni aerob imkoniyatini deyarli oshiradi va ish kislorod qarzi yig'ilishi bilan olib borilib anaerob quvvat ta’minoti hisobiga o‘tadi. Mashq davomiyligi - uning bajarilish shiddati nisbatan teskari bog'liqlikga ega. Mashqni bajarilish davomiyligi 20 - 25 soniyadan 4 — 5 daqiqagacha oshishi bilan, ayniqsa uning shiddati zudlik bilan pasayadi. Mashq davomiyligining oshishi uning shiddatini pasayishiga olib keladi. Mashq davomiyligi uning quvvat ta’minot turiga bog‘liq. Mashqlarni takrorlash soni ulami organizmga ta’sir darajasi bilan aniqlanadi. Aerob sharoitdagi ishda takrorlashlar sonining oshishi qon aylanish va nafas organlari faoliyatini yuqori darajada uzoq muddat ushlab turishga undaydi. Aerob sharoitda takrorlashlar soning oshishi kislorodsiz mexanizmni layoqatsizlikka yoki markaziy asab tizimi faoliyatini qurshovga oladi. Bunday holatda mashqlarni bajarish to‘xtaydi yoki ulami shiddati pasayadi. Dam olishdagi interval davomiyligi hajm kattaligini aniqlashda va trenirovka yuklamasining organizmga javob reaksiyasi tavsifidagi xususiyati bilan katta ahamiyatga ega. Dam olish intervali davomiyligini vazifa va foydalaniladigan trenirovka metodi bog’liqligidan kelib chiqib rejalashtirish lozim. Masalan, aerob ishchanlik darajasini oshirishga yo’naltirilgan interval I i trenirovkada dam olish intervali YUQCH (yurak qisqarish chastotasi) daqiqada 120 — 130 zarbaga pasayishiga e’tibor qaratish lozim. Ushbu holat nafas olish va qon aylanish tizimi faoliyatida ijobiy siljishga, yurakning mushak imkoniyatlarini oshishiga olib 132 keladi. Bitta mashg‘ulot doirasida turli mashqlar yoki mashqlarni takrorlash oralig'ida dam olish davomiyligini rejalashtirishda intervalni uchta shaklga ajratish maqsadga muvofiq. 1. To'liq interval - fuknsiyalarning qo‘shimcha kuchlanishsiz ishni takrorlash imkonini beruvchi, ya’ni, amaliy jihatdan dastlabki bajarishgacha bo‘lgan ishchanlik qobiliyatining tiklanishini navbatdagi takrorlashgacha kafolatlaydi. 2. Kuchlanishli (to'liqsiz) interval, jismoniy va psixologik zaxiralarni o‘sishi bilan ma’lum vaqt davomida tashqi son ko‘rsatkichlaming ahamiyatsiz o‘zgarishida aks etishi shart etnas, ammo, navbatdagi yuklama u yoki bu holatdagi to'liq tiklanmaslik holatiga tushadi. 3. Minimaks interval. Bu mashqlar orasidagi juda kichik dam olish intervali bo'lib, undan keyin ma’lum bir sharoitda kuch qonuniyatlarinig tiklanish jarayoni (superkompensatsiya) yuqori ishchanlik qobiliyati kuzatiladi. Dam olish tavsifi ayrim mashqlar orasida faol va sust boMishi mumkin. Shug'ullanuvchi sust dam olishda hech qanday ish bajarmaydi, faol dam olishda oraliqdagi qisqa tanaffusni qo'shimcha faoliyat bilan to'ldiradi. Kritik (tang) holatiga yaqin tezlik bilan bajariladigan mashqlarda faol dam olish nafas olish jarayonini yuqori darajada ushlashga yordam beradi va ishdan dam olishga o'tish va undan qaytishni inkor qiladi. Bunda yuklama yanada aerob bo'ladi. Chidamlilikni tarbiyalash metodlari Umumiy chidamlilikni rivojlantirishning asosiy metodlari: 1) o‘zgaruvchan shiddatli va sust yuklamali mashq (muntazamlilik) metodi; 2) mashqlarni intervalli takrorlash metodi; 3) aylanma trenirovka metodi; 4) o'yin metodi; 5) musobaqa metodi; 133 Maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun qo'llaniladigan metodlar (3-jadval). Chidamlilikning maxsus turlarini riojlantirishdagi yuklamalami tafsifi ko’rsatgichlari va metodlari (V.I.Lyax 1998) 3-jadval Chidamlilik turlari Yuklama Dam olish Mashq (vostta) Metod Takrorlas h soni Davomijffigi Shiddati Kuchlilik (anaeroboerob 10-daqiqa 15-30 martagacha 10-somyadan 30-soniyagacha Ortachadan submaksimalgacha 20-40 soniya to’liqsiz Mashq aylanma terenerovka 20-30 soniya ish, 20-30 soniya dam olish Intervalli Tezlik, anaerobkreatinfasfat quwat manba hisobiga asoslanib 3-5 marta 8-soniyadan 45-soniyagacha Maksimal Sust 3x100 m, 4x60 m Takroriy Tezlik anaerobglikolitik quwat taminoti mehanizimig a asoslanib 1-2 marta 45-soniyadan 2-daqiqagacha Submaksimal 85-95 % maksimal quwatdan 30-60 soniya to’liqsiz Maromli yugirish 2x200m Intervalli Tezlik anaerobaerop quwat taminoti asoslanib 1-3 marta 2-10 daqiqa O’rtacha maksimal quwatdan 60-65 dan 70-75 % gacha To’liqsiz 2x3 daqiqa yugirish kamida 1-daqiqa faol dam olish Intervalli Kardinats ion 1-3 marta 2-10 daqiqa O’rtacha maksimal quwatdan 60-65 dan 70-75 % gacha To’liqsiz Maxsus tanlangan gimnostika mashqlari, o’yin mashqlari va o’yinlar O’yin 1) uzluksiz mashq metodi (muntazamlilik va ketma - ketlik); 2) intervalli mashq metodi (intervalli va takroriy); 3) o'yin va musobaqa metodlari. 134 Muntazamlilik metodi — kuchlanishli yoki muntazam tezlikdagi uzluksiz davomiylikdagi ish tartibi bilan tavsiflanadi. Bunda shug‘ullanuvchilar belgilangan tezlik, doimiy marom, kuchlanish shiddati, harkat amplitudasini saqlashga harakat qiladilar. Mashqlami kichik, o‘rta va maksimal shiddatda bajarish mumkin. Ketma - ketlik metodi - muntazamlilik metodidan mashqlami uzluksiz borishida yuklama variatsiyasining ketma - ketligi (masalan, yugurishda) kuchlanish shiddati, harakat amplitudasi, marom, tezlikni o'zgartirishga qaratilgan yo‘l orqali farqlanadi. Intervalli metod oldindan rejalashtirilgan dam olish intervalli va qat’iy me’yorlangan, muntazam yuklamali va standart mashqlami bajarishni nazarda tutadi. Qoidaga muvofiq, mashqlar orasidagi interval 1 - 3 daqiqa (ayrim holatda 15-30 soniya). Bunday yuklamalar maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun samarali va organizmga aerob - anaerob ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma trenirovka metodi - intervalli ish yoki uzluksiz shakldagi funksional tizim va turli mushak guruhlariga ta’sir qiluvchi mashqlami bajarishni nazarda tutadi. Odatda, aylana shug‘ullanuvchilar 1 martadan 3 martagacha bajarib o‘tadigan 6-10 mashqni (bekat) qamrab oladi. Musobaqa metodi - shug‘ullanuvchilami chidamlilik darajasini oshirish vositasi sifatida turli musobaqalardan foydalanishni nazarda tutadi. О 'yin metodi - hayajonli, har doim o‘zgaruvchan vaziyat mavjud boMgan o‘yin jarayonida chidamlilikni rivojlantirishga e’tibor qaratilgan. Chidamlilikni tarbiyalash uchun u yoki bu metoddan foydalanishda har doim yuklamaning aniq parametri aniqlab olinadi. Umumiy chidamlilikni tarbiyalash metodikasi Umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun aerob tartibda bajariladigan davomiyligi 15 — 20 daqiqadan kam bo'lmagan siklik mashqlar keng qoMlaniladi. Ular uzluksiz standart, uzluksiz o’zgaruvchan va intervalli yuklamalarda bajariladi. Shu asosda quyidagi qoidalarga amal qilinadi. 135 1. Bajara olish. Qoidaning mohiyati shundan iboratki, yuklama talablari shug‘ullanauvchilar imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligi e’tiborga olinadi. Mashg'ulotlar jarayonida ma’lum vaqtdan keyin inson organizmi fiziologik holatida o‘zgarish yuzaga kelib, organizm yuklamalarga moslashadi. Maqsadga muvofiq, yuklamani qiyinlashishiga qarab uni bajara olishni ko‘rib chiqish lozim. Shu tariqada, yuklamani bajara olish shunday qiyinchilik talabini belgilaydiki, shug‘ullanuvchi organizmiga sogiigi uchun zarar yetkazmasdan ta’sir qilish imkoniyatini yaratadi. 2. Muntazamlilik. Inson organizmiga jismoniy mashqlaming ta’sir qilish samarasi ko’pchilik jihatdan yuklama talablarining tizimli va ketma - ketlik asosdagi ta’sirida aniqlanadi. Umumiy chidamlilikni tarbiyalashda dam olish va yuklamalami takrorlashga qattiq e’tibor qilinganda, shuningdek, mashg'ulotni uzluksiz olib borishda ijobiy siljish imkoniyatiga erishiladi. Shug'ullanishni boshlaganlar bilan ishlashda chidamlilikni tarbiyalash bo'yicha jismoniy mashqlar mashg’ufoti kuni dam olish kuni bilan mos kelishi lozim. Yugurishdan foydalanganda yurish bilan mos kelishi lozim, bu yerda yurish navbatdagi yugurish oldidan dam olish sifatida qo'llaniladi. 3. Ketma - ketlik. Ushbu qoida yuklama talablarini tizimli asosda oshirishni belgilaydi. Agarda yuklama asta sekinlik bilan oshirilsa u holda, nafas olish va yurak - tomir tizimida ahamiyatli funksional o‘zgarishga erishiladi. Shu tariqada, organizmning turli tizimlarida erishilgan o’zgarishlami mustahkamlash davomiyHgi va yuklamani oshirish chorasini topish lozim. Mashqlarni muntazam qo‘llash metodidan foydalangan holda, birinchi navbatda yuklama davomiyligi va shiddatni aniqlash lozim. Ish yurak qisqarishini daqiqasiga 140 - 150 marta zarba bilan amalga oshiriladi. 8 — 9 yoshli maktab o‘quvchilari uchun ish davomiyligi 10 - 15 daqiqa; 11 -12 yoshda 15 - 20 daqiqa; 14 - 15 yoshda 20 - 30 daqiqadan iborat. Umumiy chidamlilikni tarbiyalashda intervalli mashq metodi ahamiyatli samara beradi. Anaerob ish yurak faoliyatida funksional o'zgarish faollaligini kuchli qo‘zg‘otuvchi hisoblanadi. Kislorodga bo’lgan talab va qon aylanish hajmi 136 oshadi. Ushbu metodni qo'llashning asosiy qiyinligi shundaki, yuklama va dam olish mosligini to‘g‘ri tanlashdan iborat. Agarda ish shiddati tang holatdan yuqori (maksimumdan 75 - 85 %), yurak qisqarishi yuklama oxirida daqiqasiga 180 marta zarba bo‘lsa, u holda YUQCH 120 — 130 zarba daqiqasiga pasayganda takroriy ish beriladi. Takroriy ish davomiyligi faol dam olish tavsifida 1-1,5 daqiqadan iborat. Intervalli takrorlash mashq metodidan yetarli darajadagi malakali sportchilar ishida foydalaniladi. Uni 2 - 3 oydan ortiq qo'llash tavsiya qilinmaydi. Maxsus chidamlilikni rivojlantirish metodi Maxsus chidamlilikni rivojlantirish metodikasi juda rang - barang. Bu chidamlilikni talab qiluvchi faoliyat turlarining nihoyatda hilma - xilligi bilan bog‘liq (hozirgi paytda chidamlilikning 20 dan ortiq turga ajratiladi). Shu bilan birga, chidamlilikni namoyon qiladigan har qanday faoliyatni amalga oshirish muayyan fiziologik mexanizmlar va ustuvor ta’minlash manbalarining ishtirok etishini talab qiladi. Shu sababdan maxsus chidamlilik turlarini tarbiyalash metodi, eng awalo, muayyan faoliyat turlarining sifat xususiyatlarini taqozo etuvchi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning quwati hamda koMamini oshirishga yo‘naltiriladi. Faoliyat shiddat va uni bajarishga sarflanishi mumkin bo‘lgan vaqt oralig'idagi aloqadorlikni tahlil etish asosida faoliyat quwat ta’minotini ma’lum mexanizmlari bilan ta’minlanadigan nisbiy quwat zonalari belgilanadi. Yuklamalarning maksimal zonasida chidamlilik anaerob kreatin - fosfat quwat manbayi imkoniyatlariga bog‘liq. Ishning chegaraviy davomiyligi 15-20 soniyadan oshmaydi. Maksimal zonada chidamlilik darajasini oshiruvchi asosiy vositalar sirasiga 5-10 soniya davom etadigan jismoniy mashqlar kiradi, bu esa 20 - 50 metrli kesmalami maksimal tezlikda yugurib o‘tishga mos keladi. Takroriy metoddan foydalaniladi. Yugurib o‘tishlar orasida 2 - 3 daqiqalik faol dam olish amalga oshiriladi. Maktab o‘quvchilarida yurak qisqarish soni 115 - 120 zarba/daqiqaga tushaganida mashqni takrorlashga tushish mumkin. Bunday 137 chidamlilik o‘rta maktab yoshida (o‘g‘il bolalarda 14 - 16, qizlarda esa 13 — 14 yoshda) eng yuqori shiddat bilan rivojlantirilishi mumkin. Yuklamalarning submaksimal zonasida chidamlilikni oshirish quwat ta’minoti anaerob — glikolitik imkoniyatlari bilan ta’minlanadi. Ishning davomiyligi 2,5 — 3 daqiqagacha. Submaksimal zonada chidamlilikni rivojlantirishning asosiy vositalari siklik va asiklik xususiyatli mashqlar hisoblanadi. Ulami bajarish davomiyligi 40 soniyadan 2 daqiqagacha. Yurak qisqarish soni 160 - 190 va undan ortiq zarba/daqiqagacha oshishi mumkin. Keyingi mashqni yurak qisqarish soni 110 - 120 zarba/daqiqaga tushganda boshlash tavsiya etiladi. Takroriy va uzluksiz metod, dam olish 3 - 6 daqiqa davomida faol tarzda. Katta yuklamalar zonasidagi chidamlilik aerob quwat ta’minoti mexanizmlarining maksimal imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. Asosiy vositalari siklik mashqlar bo‘lib, ulami bajarganda, tiklanish asosan ish vaqtida sodir bo‘ladi. Ishning davomiyligi 3-1 0 daqiqa. Yuklama quwati maksimalning 60 - 75% qismiga teng. Sensitiv davrlar - o‘g‘il bolalarda 8 - 11 va 15 - 17 yoshlar, qizlarda esa 9-12 va 13 -14 yoshlar. Mo ‘tadil yuklamalar zonasidagi chidamlilik Ish davomiyligi asosan aerob, qisman anaerob jarayonlar bilan ta’minlanadi. Mazkur qobiliyatlarni rivojlantirish vositalari yurak qisqarish soni 130 - 140 zarba/daqiqa bo‘lganda bajariladigan siklik mashqlar hisoblanadi.
Download 49.83 Kb.




Download 49.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harakatlarga o‘rgatishdagi boshlang'ich tushunchalar

Download 49.83 Kb.