|
Pedagogika fanining asoslari nimalardan iborat?
|
bet | 2/10 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 25,7 Kb. | | #132703 |
Bog'liq pedagogika seminarPedagogika fanining asoslari nimalardan iborat?
Pedagogika fanining asoslari ta’lim va tarbiya jarayonining mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, bosqichlari, samarali shakllari, metodlari, vositalari, texnologiyalari, o‘qituvchi hamda ta’lim oluvchi (o‘quvchi, talaba) munosabatlari, ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish va baholash, ta’lim-tarbiya jarayonlarining natijalaridan iborat.
Pedagogika fani qanday vazifalarni hal qiladi?
Pedagogika fani quyidagi vazifalarni hal qiladi:
- barkamol shaxs, malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon mohiyatini o‘rganish;
- shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash;
- rivojlangan mamlakatlar ta’lim tajribasi asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish;
- ta’lim muassasalari va ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash;
- ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish;
- pedagog kadrlarni mutaxassislik bilimlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or usullari bilan qurollantirish;
- ta’lim va tarbiya, ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish;
- o‘qitish va tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish;
- oila tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogik fanlar tizimi nima?
Pedagogik fanlar tizimi – shaxsni o‘qitish va tarbiyalashning u yoki bu masalalarini o‘rganuvchi fanlar majmui.
Pedagogika fanlar tizimi qanday fanlardan tarkib topadi?
Zamonaviy sharoitda pedagogik fanlar tizimi quyidagi fanlardan tarkib topmoqda:
1. Pedagogika nazariyasi.
2. Pedagogika tarixi.
3. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi.
4. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi.
5. Korrektsion (maxsus) pedagogika.
6. Xususiy metodika (xususiy fanlarni o‘qitish).
7. Pedagogik mahorat.
8. Pedagogik texnologiya.
9. Ijtimoiy pedagogika.
10. Kasbiy pedagogika.
11. Ta’lim menejmenti.
12. Qiyosiy pedagogika.
13. Kreativ pedagogika.
14. Neyropedagogika.
15. Hamkorlik pedagogikasi.
16. Harbiy pedagogika.
17. Pedagogik innovatika.
|
| |