• Maktabgacha ta’lim pedagogikasining tadqiqot ob’ekti nima
  • Korrektsion (maxsus) pedagogika qanday muammolarni o‘rganishga xizmat qiladi
  • Xususiy metodika (xususiy fanlarni o‘qitish) qanday pedagogik masalalarni tadqiq qiladi
  • Pedagogik mahoratning tadqiqot ob’ekti nima
  • Pedagogik texnologiya qanday masalalarni tadqiq qiladi
  • Pedagogika nazariyasi qanday muammolarni tadqiq qiladi?




    Download 25,7 Kb.
    bet3/10
    Sana08.01.2024
    Hajmi25,7 Kb.
    #132703
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    pedagogika seminar

    Pedagogika nazariyasi qanday muammolarni tadqiq qiladi?
    Pedagogika nazariyasi – har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirish, unda dunyoqarash va yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.
    Pedagogika tarixi qanday masalalarni o‘rganadi?
    Pedagogika tarixi – pedagogik fikrlarning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixini, turli davrlarda bola tarbiyasini tashkil etishga oid bilimlarning shakllanishini tadqiq qiladi.
    Maktabgacha ta’lim pedagogikasining tadqiqot ob’ekti nima?
    Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshi bolalarini tarbiyalash, ularga boshlang‘ich bilimlarni berish masalalarining tadqiqi bilan shug‘ullanadi.
    Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi qanday jarayonni o‘rganadi?
    Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh, psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o‘rganadi.
    Korrektsion (maxsus) pedagogika qanday muammolarni o‘rganishga xizmat qiladi?
    Korrektsion (maxsus) pedagogika – imkoniyati cheklangan kar-soqov (surdopedagogika), ko‘r (tiflopedagogika), aqliy jihatdan rivojlanishda ortda qolgan (oligofrenopedagogika) bolalarga ta’lim berish va ularni tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.
    Xususiy metodika (xususiy fanlarni o‘qitish) qanday pedagogik masalalarni tadqiq qiladi?
    Xususiy metodika (xususiy fanlarni o‘qitish) – turli o‘quv fanlari (mas., fizika, matematika, biologiya, kimyo, tarix, huquq, jismoniy tarbiya va h.o.lar)ni o‘qitishning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qiladi.
    Pedagogik mahoratning tadqiqot ob’ekti nima?
    Pedagogik mahorat – bo‘lajak pedagog (o‘qituvchilar)da pedagogik jarayonni metodik jihatdan to‘g‘ri, samarali tashkil etish, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini oqilona yo‘lga qo‘yish, bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash masalalarini o‘rganadi.
    Pedagogik texnologiya qanday masalalarni tadqiq qiladi?
    Pedagogik texnologiya – ta’lim hamda tarbiya jarayonlarini texnologik yondashuv asosida takomillashtirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etish yo‘llarini tadqiq qiladi.

    Download 25,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 25,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogika nazariyasi qanday muammolarni tadqiq qiladi?

    Download 25,7 Kb.