|
Seminar mashg‘ulotlar mazmuni 1-mavzu: pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, mohiyati va predmeti
|
bet | 7/10 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 25,7 Kb. | | #132703 |
Bog'liq pedagogika seminarMetodologik asos nima?
Metodologik asos – muayyan nazariya va ta’limotlarning etarlicha ilmiy asoslanishi, shaxs faoliyatini to‘g‘ri uyushtirilishi uchun asos (negiz) bo‘lib xizmat qiladigan muhim, etakchi g‘oyalar.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot nima?
Pedagogik ilmiy-tadqiqot pedagogik hodisa hamda jarayonlar mohiyatini o‘rganish, ularning qonuniyatlarini aniqlash maqsadida tashkil etiladigan ilmiy-amaliy qiymatga ega izlanishdir.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari nima?
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, ob’ektiv-sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish, bilish usullaridir.
Qanday metodlar pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari sanaladi?
Suhbat, anketa, test, intervyu, pedagogik tahlil, pedagogik kuzatish, hujjatlarni tahlil qilish (ta’lim muassasasi hujjatlarini o‘rganish), bolalar ijodini o‘rganish, modellashtirish, pedagogik tajriba, matematik-statistik metodlar pedagogik tadqiqot metodlari sirasiga kiradi.
Suhbat metodi qanday maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi?
Suhbat metodi pedagogik kuzatish chog‘ida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarni boyitish, vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoning echimini topishga imkon beradigan pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari sub’ektlarining imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga xizmat qiladi.
Qanday shartlarga amal qilish suhbat metodining samaradorligini ta’minlaydi?
Quyidagi shartlarga amal qilish suhbat metodining samaradorligini ta’minlaydi:
1) maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savollarning mazmuni aniqlash, savollar o‘rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta’minlash;
2) suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;
3) suhbat ishtirokchilarining sonini aniqlashtirish;
4) suhbatdosh to‘g‘risida avvaldan muayyan ma’lumotlarga ega bo‘lish;
5) suhbatdosh bilan munosabatning samimiy bo‘lishiga erishish;
6) suhbatdoshning o‘z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;
7) savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;
8) olingan ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish
|
| |