Nazorat va standartlashtirishda tovar yorliqlari




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/44
Sana12.05.2023
Hajmi0.94 Mb.
#58859
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
572- бахолаш Шаблон docx (3), Qiyomat va Oxirat [@kitoblar pdf], vohidjonga mal bazasi, Mavzu Pedagogik texnikani takomillashtirishda hozirgi zamon ta-fayllar.org, moliyaviy-menejment-tizimini-rivojlantirish-tamoyllari
5.5. Nazorat va standartlashtirishda tovar yorliqlari 
va shtrixli kodlarining ahamiyati
Ba’zan biror mahsulot xarid qilganimizda, uning ko‘rinarli 
joyida yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar 
bilan belgilangan shakllarni ko‘rishimiz mumkin. Ularga shtrix-
kod nomi berilgan. Xo‘sh, shtrix-kodlar nima va qachon paydo 
bo‘lgan?
Shtrix-kodlarni mahsulotlarga nisbatan tatbiq etish g‘oyasi 
ilk bora XX asrning 30-yillarida AQSHning Garvard biznes 
maktabida yaratilgan bo‘lib, undan amalda foydalanish bir 


107
necha o‘n yillardan so‘nggina, ya’ni 60-yillardan boshlangan. 
Shtrix-kodlarni dastlabki qo‘llovchilar temiryo‘lchilar bo‘lib, 
shu­ usul­ orqali­ temiryo‘l­ vagonlari­ identifikatsiyalashtirilgan.­
Mikroprotsessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan 
boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini 
yaratdi. 1973-yil AQSHda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) 
qabul qilinib, 1977-yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi 
EAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda 
undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng 
ravishda foydalanilmoqda.
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) 
va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat 
bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix-
kodlar maxsus optik qurilmalar – skanerlar yordamida o‘qishga 
mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrix-
lar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar 
kompyuterga uzatiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda 
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni 
shtrixli kodlash kirib kelgan. «GS1 International» (EAN 
Uzbekistan) (Belgiya, Brussel) xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan 
bizning­ mamlakatimizga­ 478­ raqamli­ identifikatlashtirish­ kodi­
berildi.
U bo‘yicha bu tovar qayerda ishlab chiqarilganligini aniqlash 
mumkin. Mamlakat kodidan keyingi raqamlar tovarni ishlab 
chiqarayotgan yoki realizatsiya qilayotgan korxonani belgilaydi. 
Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning iste’molchilik 
xossalari, o‘lchami, massasi, tarkibi, shakli, o‘ramining ko‘rinishi 
va boshqa ma’lumotlar shifrlab qo‘yilgan.
Bu­ raqamlar­ qatoriga­ muvofiq­ kompyuter­ yordamida­ shtrixli­
kod shakllantiriladi. Oxirgi 13-raqam tekshirish uchun va barcha 
kiritilgan axborotning shtrixli kodini skaner bilan o‘qilishi 


108
to‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli kodga o‘zgarib 
turuvchi, masalan, sifati va bahosi haqidagi ko‘rsatkichlar 
kiritilmaydi.
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bizda tashkil etilgan «GS1 
International» (EAN Uzbekistan) tovarlar va xizmatlarni 
avtomatik­identifikatlashtirish­Markazida­ro‘yxatga­olinadi.
Shtrixli kodlash texnologiyasini joriy etishning iqtisodiy 
samarasi aylanma mablag‘lar harakatini tezlashtirish, tovar 
zaxiralarini boshqarish tezkorligini ta’minlash, omborxonalarda 
saqlash xarajatlarini kamaytirishdan tashkil topadi.
Shtrixli kodning borligi psixologik ahamiyatga ham ega, 
xaridor, albatta, «zebra» belgili tovarni tanlaydi. Lekin shtrixli 
kod shaxsan iste’molchi uchun axborotga ega emasligini 
ta’kidlash kerak. Ammo o‘z hurmatini bilgan ishlab chiqaruvchi 
o‘zining obro‘si uchun yagona ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar 
berib, albatta, tovarlar va o‘zi haqida umumiy ma’lumotlarini 
bildiradi. Bu ma’lumotlarni soxtalashtirish mumkin emas. Garchi 
ayrimlar intilsa ham, natijada ular bozorda aks reklamaga ega 
bo‘ladilar, bu esa chiqimlarga olib keladi.
Tizimni O‘zbekistonda joriy etish respublikaning dunyo 
bozoriga faol chiqishi bilan bog‘liqdir. Dunyo bozorida 
raqobat keskindir va unda muvaffaqiyatli qatnashish uchun 
to‘g‘ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishda menejerga yordam 
beradigan axborotga ega bo‘lish kerak. Endi bizning tijorat 
tashkilotlarimizga bevosita O‘zbekistonda u yoki bu tovarni ishlab 
chiqaruvchi xorijiy korxonalar to‘g‘risida ishonchli axborotni 
olish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Xorijiy tijoratchilarning 
so‘rovi bo‘yicha ham O‘zbekiston korxonalari to‘g‘risidagi 
o‘xshash axborotlarni berish mumkin. Ya’ni shtrixli kod ishchan 
sherikchilikni yengillashtiradigan tashrif kartochkasidir.
Tovarlarni raqamlash bilan mashg‘ul bo‘lgan qator xorijiy 
tashkilotlar bilan kelishilgan holda ma’lumotlar banklarini 


109
ayirboshlash rejalashtirilmoqda, bu esa O‘zbekiston tovarlarini 
import qilishni mo‘ljallagan mamlakatlarda bizning korxonalar 
uchun mahsulotlarning manzilli reklamasini ta’minlaydi. Bunday 
xizmatlar dunyo bozorida keng qo‘llaniladi.
Bu muhim ishga «O‘zstandart» bo‘linmalaridan tashqari 
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (TIAV), Respublika tovarlar 
ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari palatasi jalb qilingan. 
Natijada tovarni bojxonadan olib o‘tish uchun TIAVda 
shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishda shtrixli kodning borligi 
talab qilinadigan tartib joriy qilinadi. Ichki bozorda ham ko‘p 
ishlarni bajarish lozim bo‘ladi. Xususan, shtrixli kodlarni o‘qib 
oladigan kassa apparatlari joriy qilingan. Bundan bir necha yil 
ilgari bizda faqat ikkita shunday supermarketlar mavjud bo‘lgan 
bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni aytish juda ko‘p. Chunki 
zamonaviy do‘konlarning barchasida shtrix-kodlarni o‘qiydigan 
kassa apparatlari va shtrix-kod chop etuvchi elektron tarozilar 
to‘liq joriy etib bo‘lingan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Vaqt o‘tishi bilan savdo korxonalarining texnik jihozlanishi 
bilan faqat eksport qilish uchun mo‘ljallangan tovarlarni emas, 
balki ichki bozor uchun mo‘ljallangan tovarlarni ham shtrixli 
kodlar bilan markalash zarurati kelib chiqadi. «O‘zstandart»da 
O‘zbekiston­Respublikasining­qonun­hujjatlariga­muvofiq,­shtrixli­
kodlash tizimini qo‘llash tartibini aniq belgilaydigan me’yoriy 
hujjatlar va usuliyatli materiallar ishlab chiqildi. Shtrixli kodlash 
bo‘yicha uchta asosiy davlat standartlari tasdiqlandi, shtrixli 
kodning to‘g‘ri ishlatilishi ustidan nazorat yo‘lga qo‘yilmoqda. 
Begona belgilashlarni o‘zlashtirish uchun jinoiy jazo beriladi. 
Hozir ushbu to‘lqinda har xil «bosmaxonachilar» paydo 
bo‘lishi mumkinligini eslatib qo‘yish o‘rinli bo‘ladi. Shtrixli 
kodning asl nusxa maketi faqat «O‘zstandart»ning SMSITIda 
amal qilayotgan shtrixli kodlash Markazida shakllanadi
tayyorlanadi va Davlat reyestrining kompyuterida ro‘yxatga 


110
olinadi. Shunday qilib shtrixli kodlash lozim bo‘lgan tovarlarning 
barcha­ tavsiflarini­ hisobga­ olib­ boradi.­ Bizning­ va­ xorijiy­
tadbirkorlar o‘zlarining mahsulotlari realizatsiya qilinishi haqida 
to‘la axborot oladi va uni sotib olishda tanlash imkoniyatiga ega 
bo‘ladi.
Shtrixli kod bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni xalqaro talablar 
bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda, 
ushbu muhim sohada mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kurslar 
amal qilmoqda.
Xullas, O‘zbekiston tovarlarining raqobat qila olish imkonini 
oshirish, ularning tovarlarni raqamlash xalqaro tizimiga kirishi, 
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, «O‘zbekistonda 
tayyorlangan» nomli markali mahsulot ishlab chiqarishning 
avtomatlashtirilgan hisobini ta’minlash uchun maqsadli ishlar 
olib borilmoqda.
Ko‘pgina iqtisodiy rivojlangan davlatlarda mahsulotning 
o‘ramida (upakovkasida) shtrix-kodning bo‘lishi majburiy sana-
ladi. Aks holda savdo tashkilotlari mahsulotdan voz kechishlari 
mumkin. Bu xalqaro savdoga ham tegishlidir. Ushbu tizimning 
iqtisodiy jihatdan samaraliligi mahsulotning 85 foizidan ko‘pi 
kodlashtirilganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, 
mahsulotga nisbatan bo‘lgan talab va ehtiyojlarni shakllantirish, 
jamlash, hisobga olish, mahsulotning kelish-ketishini hisob qilib 
borish, munosiblik hisoblarida va hujjatlarni rasmiylashtirishda 
hamda mahsulotlarni saqlash va sotuvidagi nazoratlarni amalga 
oshirishda alohida o‘rin tutadi.
EAN assotsiatsiyasi turli davlatlar uchun kodlar ishlab chiqqan 
bo‘lib, ushbu kodlardan foydalanish uchun markazlashgan tarzda 
litsenziyalar tavsiya etadi. Masalan, Fransiya uchun davlat kodi 
sifatida 30–37, Italiya uchun 80–87 oraliqlari tavsiya etilgan. 
Ba’zi davlatlarning kodlari uch xonali sondan iborat. Masalan, 
Gretsiya – 520, Rossiya – 460, Braziliya – 789.


111
Asosan, EAN ning ikki kodidan ko‘proq foydalaniladi: 13 raz-
ryadli va 8 razryadli raqamli kodlar. Bunda eng ingichka shtrix 
birlik sifatida olinadi. Har bir raqam (yoki razryad) ikki shtrix 
va ikki probeldan iborat bo‘ladi. 13 razryadli kodning tarkibida 
quyidagi kodlar ko‘rsatiladi:
– davlat kodi («davlat bayrog‘i»);
–­ korxona­(firma)­–­tayyorlovchi­kodi;
– mahsulotning kodi;
– nazorat soni.
Tayyorlovchi korxonaning kodi har bir davlatda tegishli 
organlar tomonidan tuziladi. Odatda, bu kod beshta raqamdan 
iborat bo‘lib, davlat kodidan keyin keladi.
Mahsulot kodi tayyorlovchi tomonidan tuziladi va u ham 
beshta raqamdan iborat bo‘ladi. Bu kodning rasshifrovkasi 
standart emas, u mahsulotga taalluqli bo‘lgan muayyan xusu-
siyatlarni (belgilarni) yoki faqat tayyorlovchining o‘zigagina 
ma’lum bo‘lgan va shu mahsulotning qayd etish tartib raqamini 
ifodalashi ham mumkin.
EAN-8 kodi uzun kodlarni belgilab bo‘lmaydigan ki-
chik o‘ramlar (upakovkalar) uchun mo‘ljallangan. EAN-8 kodi 
quyidagi kodlar tartibidan iborat:
– davlat kodi («davlat bayrog‘i»);
–­ korxona­(firma)­–­tayyorlovchi­kodi;
– nazorat soni.
Ba’zan, tayyorlovchi korxona kodining o‘rniga mahsulotning 
qayd etish tartib raqami keltirilishi ham mumkin.
Raqamlar qatori skaner uchun emas, balki xaridorlar uchun 
mo‘ljallangan. Talabgor (xaridor) uchun ma’lumot faqat mahsulot 
tayyorlangan davlatni bildirish bilan chegaralanadi, chunki dav-
lat kodi maxsus nashrlarda va ma’lumotnomalarda keltirilib tura-
di yoki ma’lumot bazalarida va banklarida saqlanishi mumkin. 
To‘liq shtrixli kod tashqi savdo tashkilotlariga yoki savdo obyekt-


112
lariga mahsulotning aniq kelib chiqish rekvizitlarini bilish va 
kerak bo‘lsa, mahsulotning kontrakt (shartnoma) talablariga mos 
kelmaydigan parametrlari va ko‘rsatkichlari borasida aniq man-
zilga raddiya yoki norozilik bildirish imkoniyatini yaratadi.
Nazorat soni EAN algoritmi bo‘yicha kodning skaner vosita-
sida to‘g‘ri o‘qilganligini tekshirish uchun xizmat qiladi.
Chetki shtrixlar
Davlat 
kodi
Davlat 
kodi
Tayyor-
lovchi kodi
Tayyor-
lovchi kodi
Mahsulot
kodi
Nazorat
kodi
Nazorat
kodi
Markaziy
shtrixlar

Download 0.94 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Nazorat va standartlashtirishda tovar yorliqlari

Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish