231
asosida stanokning qo’shimcha sozlash mexanizmlariga ta’sir yetadi yoxud
yaroqsiz detal
3 (brak « + ») yoki
4 (brak «—») paydo bo’lganda stanokni
to’xtatadi. Yaroqli detallar
2, masalan, yig’ish joyiga keladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, bunday qurilmalar qo’shimcha sozlovchi
qurilmalar (sozlagichlar) deb yuritiladi.
Qo’shimcha sozlagichlar ishlov berilgan detallarnigina emas, balki asbob
kesuvchi hirrasining, jilvirtosh kesuvchi sirtining holatini ham tekshirishi mumkin.
Qo’shimcha sozlagichlar jilvirlash stanoklaridan tashqari, tokarlik, tish kesish va
boshqa stanoklarda ham keng ishlatiladi.
Ishlov berish jarayonida ho’shimcha sozlash bilan birga tekshirish ishlarini
ham bajaradigan avtomatik yordamchi sozlagichlar (8.17-rasm,
g) ahamiyatga
molikdir. O’zgartkich
1 ishlov berish jarayonida detallar
2 o’lchamlarini avtomatik
ravishda tekshiradi, o’zgartkich
3 esa ishlov berilgan detal
4 ning o’lchamlarini
haytadan tekshiradi va shu tarzda birinchi o’zgartkichning ishini tekshiradi va
zarur bo’lsa, uni qo’shimcha sozlaydi.
Avtomat liniyalarda passiv va aktiv tekshirish qurilmalari ishlatiladi. Hozirgi
paytda buyumlarni berilgan dastur bo’yicha tekshirish tobora keng qo’llanilmoqda.
Ichi bo’sh silindr, yarimsfera, konus tipidagi detallarni, sirti egri chiziqli
detallarni, shuningdek teshiklar, chiqiqlar va o’yiqlar oralig’ini tekshirish uchun
koordinata o’lchash mashinalaridan foydalaniladi. Bu mashinalarda har bir
koordinata fotoelektrik qurilmalar yordamida o’lchanadi va o’lchash golovkalari
berilgan dastur bo’yicha avtomatik ravishda. suriladi.