• Kadrlarni izlab topish va tanlashda ijtimoiy tarmoqlarning ba’zi bir afzalliklari orasida
  • Tashkilotlar amaliyotida quyidagi jarayonlarni amalga oshirishda ijtimoiy tarmoq texnologiyalari eng keng tarqalgan




    Download 37,34 Mb.
    bet31/73
    Sana21.05.2024
    Hajmi37,34 Mb.
    #248646
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
    Bog'liq
    Media savodxonlik umk 04 09 2023 06

    Tashkilotlar amaliyotida quyidagi jarayonlarni amalga oshirishda ijtimoiy tarmoq texnologiyalari eng keng tarqalgan:
    1) personal izlab topish va yollash;
    2) o‘qitish va rivojlantirish;
    3) moslashtirish;
    4) innovatsiyalarni joriy qilish;
    5) ish unumdorligini boshqarish.
    Ijtimoiy tarmoqlar katta miqdordagi ma’lumotlarni, shu jumladan, insonlarning shaxsiy bo‘lgan moddiy va ma’naviy ma’lumotlarini umumlashtirib saqlashga imkon beradigan bulutli boshqaruv texnologiyasining bir turi hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarning formati turli xil masalalarda, shaxslarni har tomonlama baholashga imkon beradi. Shu jumladan xodimlarni boshqarish bilan bog‘liq tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish, shuningdek, tashqi bozorni kuzatish orqali zarur bo‘lgan xodimlarni topish, iste’dodlarni jalb qilish imkoniyatini beradi. Ijtimoiy tarmoq vositalari tashkilotning ko‘plab biznes-jarayonlariga integratsiyalashuvi ham muhimdir.
    Kadrlarni izlab topish va tanlashda ijtimoiy tarmoqlarning ba’zi bir afzalliklari orasida:

    • katta auditoriyani qamrab olish;

    • ma’lumot manbalariga kirishning tezkorligi;

    • nomzod to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni to‘plash;

    • arzimagan moddiy resurslarni sarflagan holda tezda mutaxassis topish imkoniyati mavjud.

    Ushbu afzalliklar bilan bir qatorda, bo‘sh resursga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ma’lumotni tarmoq manbalari jalb qilgan holda joylashtirish qidiruv sifatini oshirishga, eng mos bo‘lganlar bilan o‘zaro munosabatlarni samarali yo‘lga qo‘yishga imkon beradi. Bu esa bo‘sh ish o‘rnini yopish to‘g‘risida qaror qabul qilishda eng yuqori tezlikni ta’minlaydi.
    Superjob portal tadqiqot markazi ish beruvchilarning 1000 nafar vakillari o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. So‘rov davomida har ikkinchi kompaniya xodim yollashda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanayotganligini, har uchinchi kompaniya ijtimoiy tarmoqlardan nomzodlarning akkauntlarini kuzatishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ish beruvchilarning uchdan bir qismi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Yana 17% ish beruvchilar esa ijtimoiy tarmoqlardan faqat xodimlarni yollashda foydalanishini bildirgan (1-rasm).
    Tekshiruv uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanayotgan yollovchilar 2012 yilda 23%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 48 %ni tashkil etib, oxirgi 3 yilda intensiv ko‘paygani kuzatilmoqda.
    Bugungi kunda, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pgina tashkilotlar o‘zlarining HR brendini targ‘ib qiluvchi, mehnat bozorida tan olinishi va nomzodlarning tashkilotga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradigan bir qator strategik va taktik boshqaruv vazifalarini hal qilishga imkon beradigan o‘zlarining profillari, akkauntlari va sahifalariga ega.
    Tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlari, resurslari tashkil qilayotgan tadbirlari tashkilot xodimlari bilim, fikr almashishlari, o‘zlarining martaba imtiyozlari va maqsadlarini namoyish etishlari va boshqalarni amalga oshirishi mumkin. Bunday holda, ijtimoiy tarmoqlar muhim ijtimoiy funksiyani bajaradi. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan ma’lumotlar xodimlar va tashkilotlar faoliyati natijalarini baholash va boshqaruv jarayonlariga tuzatish kiritish uchun foydalaniladigan manba hisoblanmoqda.
    Kerakli ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish orqali insonlar o‘zlarining kasb sohalarida o‘xshash ish tajribasiga ega bo‘lgan hamkasblarini topish, bilim va ko‘nikmalarni birlashtirish orqali o‘zlarining qobiliyatlari va iste’dodlarini rivojlantirish, tashkilot ishiga g‘oyalar va takliflar bilan tanishish, boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishda ishtirok etish, iste’molchilar va sheriklar bilan munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    Kadrlarni qidirish, tanlash, baholash uchun qo‘shimcha vosita bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar joy almashtirish, xodimlarni o‘qitish jarayonlarida, treninglar va murabbiylik mashg‘ulotlarini tashkil etishda faol foydalanilmoqda.



    Download 37,34 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




    Download 37,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashkilotlar amaliyotida quyidagi jarayonlarni amalga oshirishda ijtimoiy tarmoq texnologiyalari eng keng tarqalgan

    Download 37,34 Mb.