• O‘quv qo‘llanmalari deganda nima tushuniladi va ular qanday yaratiladi
  • Metodik ishlanma deganda nima tushuniladi
  • Didaktik materiallar to‘plamiga nimalar kiradi
  • Darsliklar qanday yaratiladi va unga qanday talablar qo‘yiladi?




    Download 8,11 Mb.
    bet10/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Darsliklar qanday yaratiladi va unga qanday talablar qo‘yiladi?
    Darsliklar DTS asosida belgilangan ta’lim sohasining har bir sinfda (chorakda)
    haftada, kunda yetkaziladigan axborot va ma’lumotlar, tushuncha va tasavvurlarning majmui bo‘lib, muallif yoki mualliflar guruhi tomonidan yaratiladi va bir necha
    (kafedra yoki uslubiy sho‘ba, ta’lim markazi IMK, vazirlik nashr bo‘limi, nashriyot
    nashr) bo‘limlaridan muhokamadan o‘tkaziladi. Dastlab kichik tirajda chop etilib,
    tajriba-sinovdan hamda tanlovlardan o‘tkaziladi va so‘ngra zaruriy nusxalarda chop
    etishga ruxsat beriladi. Darsliklarda mavzu nomi, bayoni, savollar, testlar, suratlar,
    chizmalar, grafiklar beriladi va ular o‘quvchilar, tinglovchilar va boshqa ta’lim
    oluvchilar uchun chiqariladi.
    O‘quv qo‘llanmalari deganda nima tushuniladi va ular qanday yaratiladi?
    O‘quv qo‘llanmalari – darsliklarni (yoki uning qismlarini) o‘qitish usullari, uslublari, yo‘llari va vositalari, jihozlari, texnologiyasi haqida ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarga yo‘l ko‘rsatadigan metodik maslahatlar majmuidir.
    O‘quv qo‘llanmasi DTS, o‘quv rejasi, dasturidagi ta’lim mazmunining yanada
    qulayroq, qisqa va mazmunli holda, ayniqsa, murakkab mavzular bo‘yicha yangicha
    ta’lim usullari, uslublari asosida (masalan, test-reyting nazorat uslubi, pedagogik
    texnologiyalar asosida va hokazo) qaytadan ishlab chiqishi mumkin. Qo‘llanmalar
    biror sinf yoki darslikning biror qismi bo‘yicha ham tayyorlanishi mumkin.
    Metodik ishlanma deganda nima tushuniladi?
    Metodik ishlanmalar – biror sinfdagi, biror bo‘lim yoki mavzuni o‘ziga xos
    usulda bayon qilish, yoki biror pedagogik, psixologik, didaktik muammoning
    yechimlarini o‘ziga xos, original usulda topish, ko‘rsatib berishga bag‘ishlangan
    tavsiyalardir.
    Didaktik materiallar to‘plamiga nimalar kiradi?
    Didaktik materiallar to‘plami (DMT) ga – biror mavzu yoki muammoni
    ko‘rsatmali (yozma yoki chizma) uslubda har bir ta’lim oluvchiga mos holda
    yetkazib beradigan ko‘p nusxadagi materiallardir. DMT ga plakatlar, stendlar,
    chizmalar, jadvallar, testlar, texnologik va xavfsizlik, operasion xaritalar, yo‘l-
    yo‘riqlar, kartochkalar, nazorat ishlari, biletlari va boshqalar kiradi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsliklar qanday yaratiladi va unga qanday talablar qo‘yiladi?

    Download 8,11 Mb.