• DAVLAT TA’LIM STANDARTI TALABLARIGA RIOYA ETILISHINI NAZORAT QILISH
  • DAVLAT TA’LIM STANDARTINI JORIY ETISH TARTIBI




    Download 8,11 Mb.
    bet6/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    DAVLAT TA’LIM STANDARTINI JORIY ETISH TARTIBI
    О‘zbekiston Respublikasida davlat ta’lim standartini joriy etish, muvofiqlashtirish, unga metodik rahbarlik qilish О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
    Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun о‘rnatiladigan davlat ta’lim standartlari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
    Davlat ta’lim standartini joriy etish, shu jumladan umumta’lim fanlari bо‘yicha ta’lim mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan minimal talablarni, umumiy о‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qо‘yiladigan malaka talablarini tasdiqlash pedagogik tajriba-sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlanib, ularga ekspert baho berilgach amalga oshiriladi.
    Davlat ta’lim standartiga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish belgilangan tartibda О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
    DAVLAT TA’LIM STANDARTI TALABLARIGA RIOYA ETILISHINI NAZORAT QILISH
    Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning maqsadi - davlat ta’lim standarti talablarini bajarish darajasini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida ta’lim sifatini ta’minlashdan iborat.
    Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilish ustidan nazorat О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan quyidagi kо‘rinishlarda amalga oshiriladi:
    davlat ta’lim standarti talablari asosida barcha umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida о‘quvchilar egallashi lozim bо‘lgan malaka talablariga baho berish;
    tayanch о‘quv reja va о‘quv dasturlarining bajarilishini tahlil qilish;
    umumiy о‘rta ta’lim muassasasida davlat ta’lim standartlari talablari bajarilishi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni, foydalanilgan pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining natijaviyligini tahlil qilish.
    Umumiy о‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
    ichki nazorat - О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy о‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi;
    tashqi nazorat - ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;
    davlat-jamoatchilik nazorati - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi;
    milliy va xalqaro darajada baholash - Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi.
    Umumiy о‘rta ta’lim muassasasi о‘quvchilarining bilimi sifatini nazorat qilishning reyting tizimi tartibi О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
    Davlat ta’lim standarti talablarining bajarilmaganligi uchun javobgarlik qonun hujjatlariga muvofiq umumiy о‘rta ta’lim muassasasi rahbariyatiga yuklanadi.

    Download 8,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DAVLAT TA’LIM STANDARTINI JORIY ETISH TARTIBI

    Download 8,11 Mb.