• DAVLAT TA’LIM STANDARTINING ASOSIY PRINSIPLARI
  • DAVLAT TA’LIM STANDARTINING MAQSAD VA VAZIFALARI




    Download 8,11 Mb.
    bet4/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    DAVLAT TA’LIM STANDARTINING MAQSAD VA VAZIFALARI
    Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy о‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
    Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
    umumiy о‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qо‘yiladigan talablarni belgilash;milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida о‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
    о‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy о‘rta ta’lim muassasalarining о‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qо‘yiladigan talablarni belgilash;
    kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
    ta’lim va uning pirovard natijalari, о‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
    davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qо‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
    DAVLAT TA’LIM STANDARTINING ASOSIY PRINSIPLARI
    Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
    о‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
    umumiy о‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
    davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
    umumiy о‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
    umumiy о‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
    umumiy о‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
    о‘quvchilarda fanlarni о‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
    rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida meyorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.

    Download 8,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    DAVLAT TA’LIM STANDARTINING MAQSAD VA VAZIFALARI

    Download 8,11 Mb.