|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 3/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganNazorat uchun savollar:
1. Mutaxassislik fanlarining maqsad va vazifalari haqida ma’lumot bering
2.Mutaxassislik fanlarining o’rganadigan masalalari haqida ma’lumot bering.
3.Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasida qo’llaniladigan qanday ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalaniladi?
4.Mutaxassislik fanlarini o’qitish tamoyillari haqida ma’lumot bering.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi.–T.: Noshir, 2009. – 163 b.
2. A’zimova I., Mavlonova K., Quronov S., Sh.Tursun. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” , 1-sinflar uchun darslik, -Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2021.
3. A’zimova I., Mavlonova K., Quronov S., Sh.Tursun. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” , 2-sinflar uchun darslik, -Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2021.
4. G‘afforova G, Shodmonov Y, G‘ulomova X , “Ona tili”, 1 - sinf, -T,: “Sharq”, 2019.
2-Mavzu:Boshlang'ich sinf Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi
mazmuni.
REJA:
Davlat ta'lim standartining maqsad va vazifalari.
Davlat ta'lim standartining asosiy prinsiplari,tarkibiy qismlari.
Davlat ta'lim standartini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari
talablariga rioya etilishni nazorat qilish.
Tayanch tushunchalar: davlat ta’lim standarti, tayanch о‘quv reja, malaka talablari, nazorat turlari va tavsiyalar.
Umumiy о‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti (keyingi о‘rinlarda davlat ta’lim standarti deb ataladi) davlat ta’lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi;"Ta’lim tо‘g‘risida"gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuni;О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish tо‘g‘risida" 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori;О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bо‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash tо‘g‘risida" 2013 yil 8 maydagi 124-son qarori;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy о‘rta ta’lim tо‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash tо‘g‘risida"gi 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori;
O`zDSt 1.0-98. "О‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar";
O`zDSt 1.1-92. "О‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. О‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va rо‘yxatdan о‘tkazish tartiblari";
O`z DSt 1.5-93. "Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni kо‘rib chiqish, tekshirish, о‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi";
O`z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bо‘lgan talablar.
O`z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
Davlat ta’lim standartini bajarish О‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat kо‘rsatayotgan barcha umumiy о‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
|
| |