• Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  • 6-mavzu: BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI TA’LIMIDA NUTQIY VA LINGVISTIK KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI Reja
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet14/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Nazorat uchun savollar:
    1. Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslari qanday talablarga javob berishi lozim?
    2. Boshlang‘ich sinf Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida qaysi metodlardan foydalaniladi?
    3. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida qo‘llaniladigan innovatsion pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumot bering.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

    1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi.–T.: Noshir, 2009. – 163 b.

    2. A’zimova I., Mavlonova K., Quronov S., Sh.Tursun. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” , 1-sinflar uchun darslik, -Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2021.

    3. A’zimova I., Mavlonova K., Quronov S., Sh.Tursun. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” , 2-sinflar uchun darslik, -Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2021.

    4. G‘afforova G, Shodmonov Y, G‘ulomova X , “Ona tili”, 1 - sinf, -T,: “Sharq”, 2019.



    6-mavzu: BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI TA’LIMIDA NUTQIY VA LINGVISTIK KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI
    Reja:

      1. Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limida nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi.

      2. Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o‘rgatishning ahamiyati.

      3. O‘quvchilarda grammatika va so‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari.



    Tayanch so‘z va iboralar: boshlang‘ich ta’lim, ona tili, metod, metoika, ona tili o‘itish metodikasining predmeti, til, nutq, tamoyil, tekshirish usullari, o‘qish, yozish.

    "Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e'tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma'nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste'dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda"1 - deb so‘z yuritadi mamalakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekistonda ta'lim-tarbiya sifati, jumladan, boshlang‘ich ta'lim samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, o‘quv uslubiy ta'minotini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar natijasida boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o‘qitish, modulli ta'lim texnologiyalarini qo‘llash, o‘quv materiallarini strukturalashtirish, ta'lim mazmunini ilmiy tashkil etish va fanlami o‘zlashtirishda kompetensiyadan foydalanish ta'lim samarasini yuksaltirmoqda.


    Darhaqiqat, mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va islohotlar, tabiiyki, ta'limda kompetentli yondashuvni talab etmoqda. Ta'limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o‘quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini samarali ravishda qo‘llashga o‘rgatish tusuniladi. Shuningdek, bunday yondashuvga asoslangan ta'lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umum-madaniy ko‘nikmalarni shakllantiradi. O‘qituvchilar o‘z faoliyatida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini topishi, eng muhimi, o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishlari va darslar davomida o‘quvchilar ongiga singdirib borishlari lozim. Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh kadr bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
    Xo‘sh, hozirgi kunda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTS nima uchun zarur bo‘lib qoldi. Bu savolga javob berish uchun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning asosiy tarkibiy qismlariga e'tibor qaratish lozim.Ya'ni ta'lim tizimi, shaxs,davlat va jamiyat, fan va ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan milliy modelning ayrim qismlaridagi ulkan o‘zgarishlar xususan davlat va jamiyatning tubdan o‘zgarishi, hayotimizga kirib kelgan axborot-kommunikatsion vositalar,fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari va oldingi yoshlardan tubdan farq qiluvchi o‘zgacha fikrlovchi yoshlarning vujudga kelganliklarini javob tariqasida aytish mumkin2.
    O‘zbekiston Respublikasida ta'limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.
    Kommunikativ kompetensiya - ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya - vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi - aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Shuningdek, har bir umumta'lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
    Kompetensiyalar o‘quvchilarni turli ko‘nikmalarni egallash, kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotlarida samarali harakat qilishga xizmat qiladi, shuningdek, bunday kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o‘quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog‘lom raqobat hamda umummadaniy ko‘nikmalarni shakllantiradi.
    O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishdamaqsadga muvofiq ishlashning etakchi sharti − o‘quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko‘rsatilgan omillar tilnio‘rgatish bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarinishakllantirish usulini belgilaydi:
    1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang‘ich sinflarda tilni o‘rgatishning yetakchi yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.
    2. Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo‘lib, tafakkur so‘z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o‘zicha yashamaydi.
    3. Til va tafakkur atrofimizni o‘rab olgan moddiy borliqqa nisbatan ikkilamchidir. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi. So‘z tushunchaning shartli nomini o‘zida aks ettiradi. Dunyoda yo‘q narsa ongda ham, tilda ham bo‘lmaydi. Bu holat o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini, ya’ni til atrofni o‘rab olgan muhitni, voqelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati vaziyatida o‘rganilishini belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy masalalardan biriga, ya’ni nima birlamchi: tabiat (materiya)mi yoki ongmi degan savolga javob tayyorlash hisoblanadi; materiya − birlamchi, ong − ikkilamchidegan tushunchadan o‘quvchilarning xabardor bo‘lishiga yordam beradi.
    4. Til − barcha tomonlari o‘zaro dialektik bog‘lanishda va birlikda bo‘lgan murakkab, ko‘p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning barcha jihatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi, shunday sharoitdagina til o‘zining aloqa quroli vazifasini bajara oladi.
    Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi)ni o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish ona tilini o‘rgatishdagi yetakchi tamoyil bo‘lib, uni amalga oshirish o‘quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o‘zaro bog‘langan muhim tomonlarga ega bo‘lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o‘zaro bog‘langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.
    Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o‘quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to‘g‘ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o‘qituvchining tutgan metodologik yo‘lining aniqligi, o‘quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o‘rgatishga asos bo‘ladigan til materialining yuqori sifatli bo‘lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. Shubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo‘lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to‘g‘ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi.
    Tilni ijtimoiy hodisa sifatida tanishtirish muhim ahamiyatga ega.Tilning ijtimoiy mohiyati uning aloqa vazifasini bajarishida ko‘rinadi Uning jamiyat hayotidagi ahamiyatini aniq tushunishga yordam berish uchun quyidagi jihatlarga ahamiyat berish kerak:
    a) o‘quv jarayonida har bir til birligining nutqimizdagi o‘rnini o‘quvchilar o‘zlashtirishini ta’minlash zarur. O‘quvchilar tilning aloqa vazifasini tilning asosiy birliklari (fonema, morfema, so‘z, so‘z birikmasi, gap)ning vazifasini tushunish jarayonida o‘rganadilar.
    b) o‘quvchilarning tilning o‘zaro aloqa vositasi ekanligini tushunishlari “Til har bir kishi, umuman, jamiyat hayotida qanday o‘rinni egallaydi?” savoliga javob topishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar sinfdan sinfga o‘tishi bilan bu savolga javob chuqurlashib va kengayib boradi. Til kishilarning birgalikdagi mehnat faoliyatida, yangiliklarni maslahatlashib tushunishida, yangi mashinalar ixtiro qilishda zarurligi haqida misollar topib, o‘z fikrlarini tasdiqlaydilar. Yoshlari ulg‘aygan sari o‘quvchilar odamning odam bo‘lishida tilning ahamiyatini tushuna boradilar. Mehnat va nutq kishini yaratadi, uni hayvonot olamidan ajratadi. Odam mehnat jarayonida o‘zining fikrlash faoliyatini rivojlantirish va nutqini o‘stirish bilan o‘zini doimo takomillashtirib boradi. Olamni, koinotni o‘zgartira borib, kishi yanada kamol topa boradi, uning tili ham boyiydi. Kishilar bilan, jamiyat a’zolari bilan aloqa, munosabat, birgalikdagi mehnat har bir kishining o‘sishi, rivojlanishidagi zaruriyshartlardan hisoblanadi.
    v) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarashini shakllantirishda tilning kelib chiqishi, tilda yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi haqida ularniig saviyasiga mos bo‘lgan «sir»ni echish (tushuntirish) ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga tilning bir kishi tomonidan maxsus o‘ylab chiqarilmaganini, u ibtidoiy odamlarning mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yaratilganini va asta-sekin rivojlanib borganini tushuntiradi: “Bizdan juda uzoq vaqtlar ilgari tilda faqat bir necha o‘ngina so‘z mavjud edi, kishilar atrofdagi tabiatni, narsalarni bilib, ish qurollari yaratib, nimadir ishlab chiqarganlari sari tilda yangi so‘zlar paydo bo‘la boshladi. Atrofimizda mavjud bo‘lgan shaxs va narsalarga, ularning belgilariga, jarayonga, juda ko‘p boshqa narsalarga kishilar nom qo‘yganlar. Shunday qilib, til yangi so‘zlar bilan boyidi va boyib bormoqda”.
    Tilning rivojlanishi, ayrim so‘zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o‘rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o‘rinda «So‘zning tarkibi» bo‘limi katta imkoniyatga ega. O‘quvchilar bu bo‘lim materiallarini o‘rganish jarayonida tilimizning yangi so‘zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so‘z yasalishi bilan tanishadilar. Ma’lumki, ko‘pgina yangi so‘zlar tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo‘zchi kabi. Tilda yangi so‘zning paydo bo‘lishi o‘zidan keyin bir xil asosli so‘zlar guruhining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi.
    Boshlang‘ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o‘rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda rivojlanadiganhodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratpsh muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo‘lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘qituvchi va o‘quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos mate­rial beradi.
    Kichik yoshdagi o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini tekshirish shuni ko‘rsatadiki, tilga ilmiy qarash asoslarini shakllantirish uning muhim bog‘lanishlarini bilishga ham yordam beradi. Xususan, o‘quvchilarning so‘zning tovush tomoni bilan uning leksik ma’nosi, so‘zning morfemik tarkibi bilan leksik ma’nosi, so‘zning grammatik ma’nosi bilan uning ma’lum so‘z turkumiga tegishliligi o‘rtasidagi bog‘lanish kabilarni bilib olishi shu maqsadga xizmat qiladi. Bu bog‘lanish tilning fonetik, leksik, so‘z yasalishi va grammatik tomonlarining bir-biriga ta’sir qi­lishini xarakterlaydigan umumiy bog‘lanishlarning xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘quvchilarning xarakterli bog‘lanishlarni tushuntirishlari tilni egallash nuqtai nazaridangina emas, balki dunyoqarashlarini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega.
    Tildan bilim berishda o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O‘qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo‘lgan daliliy materiallarni yig‘ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Til­ga oid bilimni o‘rganish natijasida o‘quvchilar nutk faoliyatining sifati o‘zgaradi, ongliligi ortadi. Tilni o‘rganishni hayot bilan bog‘lash dunyoning moddiyligini tushunishga asos yaratadi. Bu bilan bir paytda ona tili darslarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lmish o‘quvchilarda to‘g‘ri kuzatish va o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma shaklda aniq bayon etish ko‘nikmasini o‘stirish masalasi hal qilinadi. Bunda o‘qituvchidan o‘quvchilarda dialek­tik fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishga alohida e’tibor berish talab etiladi.
    Dialektik tafakkur keng ma’noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog‘liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig‘indisi bilan rivojlanishda ko‘rish ko‘nikmasini ta’riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o‘quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o‘z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o‘rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o‘zaro bog‘liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko‘nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o‘quvchilarning o‘quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo‘lmoqda. Tilni o‘rganishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o‘quvchilarning o‘zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish etakchi hisoblanadi. O‘rganiladigan grammatik va so‘z yasalishiga oid, leksik tushunchalarning mavjud belgilarini aniqlash jarayonida faol qatnashish, bilib olingan dalillarni o‘xshash va farqli tomondan qiyoslash, shuningdek, o‘rganilgan nazariy bilimlarni har xil nutqiy faoliyatga ijodiy tatbiq etish − bularning barchasi o‘quvchilarda dialektik fikrlash ko‘nikmasini o‘stirish uchun zamin va shart-sharoit yaratadi. Bunda muhim omillardan biri o‘quvchilarning aqliy faoliyatini o‘qituvchi tomonidan maqsadga muvofiq boshqarish, ularda orfografik, grammatik yoki leksik-uslubiy vazifalarni hal qilishning umumiy metodlarini shakllantirish hisoblanadi.
    Ona tilini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktab­da ona tilini o‘rgatishga asos bo‘ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiy ifodaliligi o‘quvchilarning fikrlashfaoliyatiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o‘quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o‘stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Keyigi yillarda maktab ona tili darsliklari va o‘qituvchilar uchun nashr qilingan qo‘llanmalar materiali mazmuniga qo‘yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog‘lanishi, matnlarning g‘oyaviy-mavzuviy yo‘naltirilganligi, kichik yoshdagi o‘quvchilarga mosligidir.
    Shunday qilib, tilni o‘rganish jarayonida kichik yoshdagi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o‘qituvchining metodologik yondashuvi, o‘quvchilar o‘zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o‘quvchilar o‘rganib oladigan bilish usuli, tilni o‘rganishga asos bo‘ladigan materialning bilim berishdagi, g‘oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchita’sir ko‘rsatar ekan.
    O‘quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.