DAVLAT TA’LIM STANDARTINING TARKIBIY QISMLARI




Download 8,11 Mb.
bet5/165
Sana21.05.2024
Hajmi8,11 Mb.
#248969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

DAVLAT TA’LIM STANDARTINING TARKIBIY QISMLARI
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
umumiy о‘rta ta’limning tayanch о‘quv rejasi;
umumiy о‘rta ta’limning о‘quv dasturi;
umumiy о‘rta ta’limning malaka talablari;
baholash tizimi.
Umumiy о‘rta ta’limning tayanch о‘quv rejasi (keyingi о‘rinlarda - tayanch о‘quv reja deb ataladi) umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida о‘qitiladigan о‘quv fanlari nomi, о‘quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bо‘yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Tayanch о‘quv reja umumiy о‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Tayanch о‘quv reja umumta’lim fanlari bо‘yicha belgilangan ta’lim mazmunini о‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan о‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bо‘lgan umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining ruxsati bilan umumiy о‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kengashlariga dars jadvalini tuzishda tayanch о‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib о‘qitish maqsadida 15%gacha о‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
Umumiy о‘rta ta’limning о‘quv dasturi (keyingi о‘rinlarda - о‘quv dasturi deb ataladi) tayanch о‘quv rejaga muvofiq о‘quv fanlarining sinflar va mavzular bо‘yicha hajmi, mazmuni, о‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
О‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Qonunchilikda belgilangan holatlarda, о‘quv rejalari va dasturlari xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilishi mumkin.
Umumiy о‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bо‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, о‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qо‘yiladigan talablardan iborat bо‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:
bilim - о‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
kо‘nikma - о‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qо‘llay olish;
malaka - о‘rganilgan bilim va shakllangan kо‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qо‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
kompetensiya - mavjud bilim, kо‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qо‘llay olish qobiliyati.
Baholash tizimi - davlat ta’lim standarti bо‘yicha umumiy о‘rta ta’limning malaka talablarini о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy о‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.

Download 8,11 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   165




Download 8,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



DAVLAT TA’LIM STANDARTINING TARKIBIY QISMLARI

Download 8,11 Mb.