|
Shamiyeva Dildoraning dasturlash tillari fanidan amaliy topshirig`I 2
|
bet | 5/9 | Sana | 17.06.2024 | Hajmi | 32,05 Kb. | | #264140 |
Bog'liq dasturlash tillari Shamiyeva.D amaliy2.2Misol: (func_default.py nomi bilan saqlang)
def say(message, times = 1):
print(message * times)
say('Salom')
say('Dunyo', 5)
Natija:
Salom
DunyoDunyoDunyoDunyoDunyo
Bu qanday ishlaydi:
say funksiyasi satrni ko'rsatilgan miqdorda ekranga chop etish uchun foydalaniladi. Agar biz qiymat ko'rsatmasak satr bir marta chop etiladi. Biz bunga times parametriga boshlang'ich 1 qiymatini berib erishishimiz mumkin.
say funksiyasini birinchi marta chaqirganimizda biz unga faqat satr qiymatini beramiz va funksiya uni bir marta chop etadi. Ikkinchi marta chaqirganimizda esa berilgan satrni 5 marta takrorlashni ko'zda tutgan holda unga 5 qiymatli argument beramiz. Boshlang'ich qiymat bilan parametrlar ro'yxati oxiridagi parametrlar qiymatlanishi mumkin. Shunday qilib boshlang'ich qiymatli parametrlar qiymatsiz parametrlardan oldin kelmasligi kerak.
Bu parametrlarga qiymatlar ularning joylashuviga qarab biriktirilishi bilan bog'liq. Misol uchun, def func(a, b=5) mumkin, lekin def func(a=5, b) kabi e'lon qilish mumkin emas.
Kalit argumentlar (Ключевые аргументы)
Agar biror funksiya ko'p parametrga ega bo'lsa va uni chaqirish joyida bu parametrlardan faqat ayrimlariga qiymat ko'rsatilishi kerak bo'lsa, u holda bu parametrlar qiymatlari ularning nomi bo'yicha berilishi mumkin – bu kalit parametrlar deyiladi. Bu holda argumentlarni berish uchun ularning pozitsiyasi emas, nomi (kalit) ishlatiladi.
Bunday uslubni ikki xil afzalligi mavjud: birinchidan, funksiyadan foydalanish oson bo'ladi. Sababi argumentlarning ketma-ketligini rioya qilish zarur bo'lmaydi; ikkinchidan, faqat tanlangan argumentlarga qiymat berish mumkin bo'ladi va qolgan argumentlar boshlang'ich qiymatlarga ega bo'ladi.
Misol: (func_key.py nomi bilan saqlang)
def func(a, b=5, c=10):
print('a teng', a, ', b teng', b, ', c teng, c)
func(3, 7)
func(25, c=24)
func(c=50, a=100)
Natija:
$ python func_key.py
a teng 3, b teng 7, c teng 10
a teng 25, b teng 5, c teng 24
a teng 100, b teng 5, c teng 50
|
| |