• "nonlocal" zahira sozi Biz qanday qilib global va mahalliy ozgaruvchilarga murojat qilishni korib chiqdik. Yana bir korinish maydoni borki, bu maydon global
  • Natija: $ python func_nonlocal.py x teng 2 maxalliy x 5 ga ozgardi Bu qanday ishlaydi
  • Natija: $ python func_global.py x teng 50 Global x qiymatini 2 ga o'zgartiramiz x ning qiymati 2 Bu qanday ishlaydi




    Download 32,05 Kb.
    bet4/9
    Sana17.06.2024
    Hajmi32,05 Kb.
    #264140
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    dasturlash tillari Shamiyeva.D amaliy2.2

    Natija:
    $ python func_global.py
    x teng 50
    Global x qiymatini 2 ga o'zgartiramiz
    x ning qiymati 2
    Bu qanday ishlaydi:
    "global" zahira so'zi funksiya ichidagi o'zgaruvchini global o'zgaruvchi ekanligini bildiradi va bu shuni anglatadiki qachonki biz bu o'zgaruvchi qiymatini funksiya ichida o'zgartirsak, bu o'zgarish asosiy blokdagi o'zgaruvchi qiymatida xam aks etadi.
    Bitta "global" zahira so'zi yordamida bir necha o'zgaruvchini aniqlash mumkin:
    global x, y, z
    "nonlocal" zahira so'zi
    Biz qanday qilib global va mahalliy o'zgaruvchilarga murojat qilishni ko'rib chiqdik. Ya'na bir korinish maydoni borki, bu maydon global va mahalliy maydonlar o'rtasini bildiruvchi "mahalliy emas" (нелокальной) ko'rinish maydoni mavjud. Bu ko'rinish maydoni siz funksiya ichida funksiya aniqlaganingizda uchraydi.
    Pythonda funksiyani xohlagan joyingizda aniqlashingiz mumkin.
    Misol: (func_nonlocal.py nomi bilan saqlang)
    def func_outer():
    x = 2
    print("x teng", x)
    def func_inner():
    nonlocal x
    x = 5
    func_inner()
    print("maxalliy x", x, "ga o'zgardi")
    func_outer()
    Natija:
    $ python func_nonlocal.py
    x teng 2
    maxalliy x 5 ga o'zgardi
    Bu qanday ishlaydi:
    func_inner funksiyasi birinchi qatorida aniqlangan x o'zgaruvchi mahalliy ko'rinish maydonida emas (o'zgaruvchini aniqlash func_inner blokiga kirmaydi), global ko'rinish maydonida ham emas (o'zgaruvchi dasturning asosiy blokida ham emas). Biz aynan x o'zgaruvchini ishlatish uchun uni quyidagich e'lon qilamiz: nonlocal x.
    "nonlocal x" yozuvini "global x" yozuviga, keyin esa "global" zahira so'zini o'chirib tashlang va bu ikki holdagi o'zgarishlarni kuzating.
    Argumentlarning qiymat ko'rsatilmaganda ishlatiladigan qiymati (Значения аргументов по умолчанию)
    Ko'p hollarda funksiyaning ba'zi parametrlari majburiy bo'lmasligi mumkin. Agar dasturchi bunday parametrlar uchun qiymat bermasa, u holda funksiya aniqlanishida ko'rsatilgan qiymat (значение по умолчанию) ishlatiladi. Buning uchun funksiya e'lon qilinish joyida parametr nomidan keyin o'zlashtirish operatori (=) va undan so'ng biror qiymat beriladi.
    E'tibor bering, funksiya aniqlanishida ko'rsatilgan qiymat (значение по умолчанию) konstanta bo'lishi kerak. Yoki aniqroq qilib aytganda qiymati o'zgarmas bo'lishi kerak.

    Download 32,05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 32,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Natija: $ python func_global.py x teng 50 Global x qiymatini 2 ga o'zgartiramiz x ning qiymati 2 Bu qanday ishlaydi

    Download 32,05 Kb.